Musiqiy pedagogika -
musiqiy ta'lim va tarbiyaning samarali
usullarini, shakllarini o'rganish va rivojlantirish, shuningdek musiqa
sohasida turli yo'nalishlarda ijodiy ko'nikmalarni, tajriba va amaliy
malakalarni shakllantirish va rivojlantirishni o'z ichiga olgan
pedagogika fanining sohasi.
Mutaxassislik — 5A-bosqichning o‘quv rejalar va fanlar dasturi
bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va
beriladigan “magistr” akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining
muayyan turini bajarishni ta’minlovchi muayyan mutaxassislik
bo‘yicha bilimlar, uquvlar va ko‘nikmalar kompleksi.
Muzey pedagogikasi - muzeylarning madaniy va ma'rifiy
faoliyatining xususiyatlari, ularning turli toifalari bo'yicha shaxsga
ta'sir o'tkazish usullari, muzeylarning ta'lim muassasalari bilan o'zaro
munosabatini o‘rganadigan fan.
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini
anglatadi.
N
azoratning guruhli shakli - talabalarning ma’lum bir qismi
nazorat qilinadi. O‘qituvchi tomonidan talabalar guruhiga vazifa
beriladi va uni shu guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa
talabalar ham qatnashishi mumkin.
N
azoratning individual shakli- har bir talabaning bilim, ko‘nikma
va malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi.
Nazoratning bu shaklida odatda talabalar javob berish uchun sinf
taxtasi oldiga chaqiriladi.
N
azoratning kombinatsiyalangan (biriktirilgan)shakli -
individual nazoratni ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni
taqozo etadi. Bu nazoratni hajmi katta mavzularni barcha talabalardan
so‘rash kerak bo‘lgan vaqtda foydalanadi. Har bir o‘quvchiga alohida
topshiriq beriladi va bir vaqtda birnecha o‘quvchini tekshirish mumkin
bo‘ladi.