№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti


Bogdan Navrochinskiy (1882-1974)



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Bogdan Navrochinskiy (1882-1974).
D.Dyuining izdoshlaridan 
biri polyak didakti Bogdan Navrochinskiy edi. B.Navrochinskiy o‘z 
didaktik tadqiqotlarida I.F.Gerbart va D.Dyuining ta’limini tashkil etish 
modellarini o‘zaro taqqoslab darsni tashkil etishning ikki xil usulini 
ajratadi: darsni tashkil etishning gerbartcha usuli, darsni o‘tkazishning 
dyuicha usuli.
B.Navrochinskiy I.F.Gerbart va uning izdoshlari faoliyatini qisman 
o‘rganib, darsni tashkil etishning quyidagi bosqichlarni ajratadi: 
mavzuni o‘rganishda tayyorgarlik; faktik materiallar tahlili; o‘rganilgan 
va endi o‘rganiladigan haqiqatlar o‘rtasida bog‘lanishga kelish; 
bilimlarni taqqoslash.
B.Navrochinskiy, D.Dyui va uning izdoshlari faoliyatini o‘rganib 
darsni tashkil etishning quyidagi shaklini aniqlaydi: amaliy va nazariy 
qiyinchiliklar bilan to‘qnashish: muammoni shakllantirish uchun 
faktlarni idrok etish faktlararo aloqa asosida amaliy va nazariy farazni 
o‘rtaga tashlash: eksperiment, kuzatish asosida qo‘yilgan farazni 
isbotlash, qo‘yilgan farazning to‘g‘riligini tekshirish. 
B.Navrochinskiy an’anaviy va progressiv didaktik tizimlarni 
taqqoslab o‘rganish natijasida darsni tashkil etishning quyidagicha 
yangi qolipini ishlab chiqdi: o‘quvchilarning amaliy va nazariy 
qiyinchiliklar bilan to‘qnashuvi: o‘rganiladigan asosiy masalani 
aniqlash: qo‘yilgan savolga javob topish va aytib berish chiqarilgan 
xulosa bo‘yicha mashq qilish. 
Shunday qilib, B.Navrochinskiy muammoli ta’limini dars 
jarayoniga moslashtirish, uni maktab sharoitiga muvofiqlashtirish, 
o‘qitish jarayonini ilmiy izlanish jarayoniga yaqinlashtirish g‘oyasi 
uchun kurashgan progressiv didaktdir. 
Selesten Frene (1896-1966).
Mashhur fransuz pedagogi S.Frene 
maktabni bolalarga mofiqlashtirish g‘oyasini himoya qilgan didaktdir. 


47 
U ta’limning bolalarning mustaqil faoliyati sifatida sharhladi va 
bolalarning o‘z faoliyati, tajribasidan o‘tgan faktlar asosida o‘quv-
tarbiya jarayonini tashkil qilardi. S.Frene maktabida o‘rganiladigan 
bilimlarning mazmuni, ta’lim vositalari bolani o‘rab olgan muhitga 
ko‘ra belgilanadi. Maktabni bolalar faoliyat ko‘rsatadigan muassasaga 
aylantirish maqsadida to‘rtta laboratoriya, to‘rtta ustaxona tashkil 
etilgan. 
S.Frene maktabi qoshida tashkil etilgan laboratoriyalarda 
quyidagicha ishlar bajarilgan: ma’lumotnoma, lug‘at, xaritalar ustida 
mustaqil ishlab, turli bilimlarni informatsiya shaklida to‘plash 
laboratoriyasi; hayvonlarni parvarish qilish, o‘simliklarni o‘stirish 
laboratoriyasi. Bu laboratoriyada bolalar turli kuzatishlar olib borib, 
natijalarni yozib borishgan; o‘lchash, bichish, chizish, turli 
mexanizmlar bilan ishlash laboratoriyasi; ximiya, fizika, biologiyadan 
tajribalar o‘tkazish laboratoriyasi. 
S.Frene tashkil etgan ustaxonalar ham bolalarning mustaqil 
faoliyatiga asoslangan bo‘lib, ularda quyidagicha ishlar amalga 
oshirilgan: yigirish, to‘qish, tikish dastgohlarida ishlash, turli taomlarni 
tayyorlashga oid ustaxona: yog‘och, temirga ishlov berish ustaxonasi: 
badiiy faoliyatga oid ustaxona. Bu erda bolalar rasm chizish, musiqa, 
fotografiya, magnit lentalariga yozish ishlarini o‘rganishgan: 
tipografiya, poligrafiyaga oid ustaxonada bolalar o‘zlari uchun zarur 
kitob, risolalar, ko‘rsatma qurollarini tayyorlashgan, shunday qilib, 
S.Frene tashkil etgan maktab laboratoriya, sinflar esa informatsiya 
markazlari shaklini olgan edi.
S.Frene ustaxonalar, laboratoriyalar tajribasini umumlashtirib, 
ta’limning quyidagicha modelini yaratadi: sinab ko‘rish, xatolarni 
bartaraf etish bosqichi. Bu bosqichda bolalar o‘rganilayotgan muammo, 
narsa-hodisalar bilan bevosita muloqot qilishgan, o‘z faoliyatlaridagi 
to‘g‘ri xati-harakatlarini, faoliyat usullarini ajratib olishgan. Faoliyatni 
tartibga solish bosqichi. Bu bosqichda oldingi tajribalarda ajratilgan 
turli xati-harakatlar tartibga solingan. O‘yin vositasida ishlash bosqichi. 
Bu bosqichda bolalar o‘yin orqali hayotiy muammolarni yechgan, turli 
kasblarga oid faoliyat usullarini egallashgan.
S.Frenening pedagogik tizimida o‘quv-tarbiya ishlari o‘quv 
haftalari asosida rejalashtirilgan, haftalik rejalarini tuzish uchun bolalar 
o‘z sinflarida haftaning ma’lum kunida to‘planishgan. O‘quvchilar 
o‘quv dasturlarini mustaqil tahlil etib, o‘zlarini qiziqtirgan 


48 
muammolarni bir hafta uchun ajratib olishgan va hafta davomida o‘zlari 
tanlagan muammolar ustida o‘qituvchilar rahbarligida mustaqil 
ishlashgan. O‘quv haftasi oxirida bolalar o‘zlari bajargan va bajara 
olmagan ishlari to‘g‘risida hisobot berishgan. Shunday qilib, S.Frene
tashkil etgan maktablarda o‘quv daturlari rejalari, ta’lim vositalari va 
uning tashkiliy formalari bolalarning mustaqil faoliyati asosida 
belgilangan.
Pragmatizm falsafasiga asoslangan progressiv didaktik 
tizimlarning qator yutuqlari bilan birga kamchiliklari ham mavjud edi: 
ta’limni o‘quvchilarning mustaqil faoliyati shaklida tashkil etish ko‘p 
vaqtni olardi. Bolalar axborot tanqisligi tufayli o‘sha davr 
fani,texnikasi, madaniyati, ishlab chiqarishning umumiy asoslari bilan 
to‘liq tanisha olmasdi: ta’lim bolalar tajribasidan o‘tgan faktlarni tahlil 
etish, xulosalar chiqarish yo‘li bilan tashkil etilgani sababli nazariy 
bilimlar ikkinchi darajali hodisa sifatida qaralardi: ta’limda turli-tuman 
emotsiyalar, bolalarning qiziqishlariga ko‘proq e’tibor berilardida, fan 
asoslarini tmizimli o‘rgatishga yetarli vaqt ajratilmasdi.
Yuqoridagi kamchiliklardan xalos bo‘lishning asosiy yo‘li 
psixologiya, pedagogika yutuqlari asosida didaktik hodisalarni 
sharhlashdir. Umuman, ta’lim, xususan, muammoli ta’lim masalalarini 
o‘rganishga, o‘z didaktik tizimlarini asoslashga polyak didakti Vinsenti 
Okon, rus didakti Issak Yakovlevich Lerner, tatar pedagogi Mirza 
Ismagilovich Maxmutov zamonaviy fan, ishlab chiqarish nuqtayi 
nazaridan yondashishdi. Bular to‘g‘risida keyingi faslda so‘z yuritiladi.
Xuddi shunday didaktik tizimlardan biri amerikalik faylasuf, 
psixolog hamda pedagog D.Dyui tomonidan ilgari surilgan. Bu tizim 
I.Gerbart tizimiga muqobil tarzda vujudga kelgan. 
Shuning uchun ham u o‘quvchilarni ilmiy bilimlar bilan tizimli 
tarzda ta’miilash imkoniyatiga ega emas. va shu sababli ushbu tizim 
o‘quvchilarda qiyiichiliklarii bartaraf etish uchun muayyai izlanishlarni 
amalga oshirish ko‘iikmalarini etarlicha hosil qshsh olmaydi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin