48
muammolarni bir hafta uchun ajratib olishgan va hafta davomida o‘zlari
tanlagan muammolar ustida o‘qituvchilar rahbarligida mustaqil
ishlashgan. O‘quv haftasi oxirida bolalar o‘zlari bajargan va bajara
olmagan ishlari to‘g‘risida hisobot berishgan. Shunday qilib, S.Frene
tashkil etgan maktablarda o‘quv daturlari rejalari, ta’lim vositalari va
uning tashkiliy formalari bolalarning mustaqil faoliyati asosida
belgilangan.
Pragmatizm falsafasiga asoslangan progressiv didaktik
tizimlarning qator yutuqlari bilan birga kamchiliklari ham mavjud edi:
ta’limni o‘quvchilarning mustaqil faoliyati shaklida tashkil etish ko‘p
vaqtni olardi. Bolalar axborot tanqisligi tufayli o‘sha davr
fani,texnikasi, madaniyati, ishlab chiqarishning umumiy asoslari bilan
to‘liq tanisha olmasdi: ta’lim bolalar tajribasidan o‘tgan faktlarni tahlil
etish, xulosalar chiqarish yo‘li bilan tashkil etilgani sababli nazariy
bilimlar ikkinchi darajali hodisa sifatida qaralardi: ta’limda turli-tuman
emotsiyalar, bolalarning qiziqishlariga ko‘proq e’tibor berilardida, fan
asoslarini tmizimli o‘rgatishga yetarli vaqt ajratilmasdi.
Yuqoridagi kamchiliklardan xalos bo‘lishning asosiy yo‘li
psixologiya, pedagogika yutuqlari asosida didaktik hodisalarni
sharhlashdir. Umuman, ta’lim, xususan, muammoli ta’lim masalalarini
o‘rganishga, o‘z didaktik tizimlarini asoslashga polyak didakti Vinsenti
Okon, rus didakti Issak Yakovlevich Lerner, tatar pedagogi Mirza
Ismagilovich Maxmutov zamonaviy fan, ishlab chiqarish nuqtayi
nazaridan yondashishdi. Bular to‘g‘risida keyingi faslda so‘z yuritiladi.
Xuddi shunday didaktik tizimlardan biri amerikalik faylasuf,
psixolog hamda pedagog D.Dyui tomonidan ilgari surilgan. Bu tizim
I.Gerbart tizimiga muqobil tarzda vujudga kelgan.
Shuning uchun ham u o‘quvchilarni ilmiy bilimlar bilan tizimli
tarzda ta’miilash imkoniyatiga ega emas. va shu sababli ushbu tizim
o‘quvchilarda qiyiichiliklarii bartaraf etish uchun muayyai izlanishlarni
amalga oshirish ko‘iikmalarini etarlicha hosil qshsh olmaydi.
Dostları ilə paylaş: