43
ikkinchi tomondan esa, o‘sha davrdagi mavjud pedotsentirizm
nazariyasini yangi goyalar bilan boyitishdi.
Yangi tarbiya nazariyasi konsepsiyasi o‘z davrida progressiv va
shu bilan birga, ziddiyatlarga boy pedagogik qarash edi. Bu nazariya
tarafdorlari bolaning qiziqishlari, ehtiyojlari nuqtayi nazaridan maktab
muammolarini hal qilishar, ta’limning mazmuni metodlari, vositalarini
tanlashda o‘quvchining xususiyatlarini hisobga olishardi. Ularning
tashabbusi bilan ilmiy ishlar sohasida pedagogik eksperiment qo‘llana
boshlandi. Shu bilan birga, ular ta’limning izchilligi, o‘quv dasturlari,
darsliklarining ta’limdagi rolini inkor etishigacha etib borishdi.
Yangi tarbiya tarafdorlari qarashlarida o‘ta so‘l fikrlar bilan birga
ilg‘or, progressiv g‘oyalar ham mavjud edi: Gugo Gauding (1860-
1923) an’anaviy “kitobiy bilimlar maktabini” bolalarda “ijodiy
intilishlarni har tomonlama rivojlantirish” maktabiga aylantirish
shiorini o‘rtaga tashladi; Ovidiy Dekroli (1871-1932) mavjud
maktablarning an’anaviy prinsiplar doirasidan chiqa olmayotganini
tanqid etib “hayot uchun va hayot orqali o‘qitish” maktabini yaratish
muammosini kun tartibiga qo‘ydi; Eduard Klapared (1873-1940)
dasturlar, darsliklarda o‘quvchilarning qiziqishlari, ehtiyojlari hisobga
olinmaganligini qoralab, bolalar psixologiyasi va imkoniyatlariga mos
maktab yaratish masalasini o‘rtaga tashladi; Genrix Rovid (1877-1944)
amaldagi maktablarning hayotdan, ishlab chiqarishdan uzilib qolganini
ta’kidlab, “Yangi faol maktab yaratish” g‘oyasini olg‘a surdi.
Yangi tarbiya tarafdorlari o‘z didaktik qarashlarida I.F.Gerbart va
uning izdoshlari bilan munozara qilishar, ularni formalizm, rigorizm
(qoida, prinsiplar doirasidan chiqa olmaslik), avtoritarizmda
ayblashardi. Ana shunga ko‘ra, ular pedagogika tarixida
“progressivistlar”-“ilg‘orchilar” nomini olishdi.
Dostları ilə paylaş: