44
ikkinchi darajali hodisa sifatida qaraladi; ta’limda bolalarning faolligi,
binobarin, tashabbuskorligi, qiziqishlari, intilishlari chegaralab
qo‘yilgan; ma’lumot mazmuni va uni o‘zlashtirish jarayoni real ijtimoiy
ehtiyojlarga mos kelmaydi; maktablarda hayot uchun foydali
bilimlar
o‘rgatilmaydi.
D.Dyuining didaktik qarashlari pragmatizm falsafasiga asoslangan
edi, u bola uchun, ijtimoiy hayot uchun foydali bilimlarni haqiqat deb
tushunardi. D.Dyui o‘zining falsafiy, didaktik mushohadalarida klassik
haqiqatlarni ma’lum darajada inkor etgan, binobarin, ilmiy bilishni
ikkinchi darajali hodisa sifatida kamsitgan, amaliyotni birinchi o‘ringa
qo‘ygan pedagog edi. Bu D.Dyuining didaktik sistemasini ma’lum
darajada chegaralanganini ham ko‘rsatadi.
D.Dyuining didaktik tizimi, garchand unda qator g‘ayriilmiy
qarashlar bo‘lsa-da, eng ilg‘or yo‘nalish edi: u eng avvalo o‘z
pedagogik qarashlarini maktab faoliyati bilan bog‘ladi. 1896-1902-
yillarda Chikago shahrida maxsus maktab tashkil etdi. Bu “laboratoriya
maktabi” deb atalardi; laboratoriyada ilmiy-tadqiqotlarni eksperimental
usullar asosida olib bordi. U eksperimentni maktab hayotiga ilmiy-
didaktik tadqiqotlarga olib kirgan birinchi pedagoglardan edi; D.Dyui
o‘z didaktik qarashlarida o‘quvchini ta’lim jarayoni sub’yekti sifatida
ajratadi. Uning fikricha, maktab bolalarni hayotga tayyorlash joyigina
emas, shu bilan birga, u bolalarning faoliyat ko‘rsatish, yashash
maskani hamdir.
D.Dyuining didaktik tizimida bolalarning
individual va kollektiv
faoliyatini qo‘shib olib borish g‘oyasi markaziy o‘rinni egallaydi. U
amaliy mashg‘ulotlar, qo‘l mehnati xususiyatlarini tahlil etib, ta’limda
o‘quvchining mavqeini, uning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish
masalalarini o‘rganadi. Uning ta’kidlashicha, indivudual va kolektiv
ishlarni qo‘shib olib borish yo‘li bilan ta’limda “tashkiliy
hamkorlikka”erishish mumkin. Amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok
etish, deb qayd etgan edi. D.Dyui, bolalarning o‘rganilayotgan o‘quv
predmetiga oid adabiyotlar ustida mustaqil ishlashni inkor etmaydi.
Binobarin, D.Dyui o‘z didaktik tizimida bolalarning mustaqil ishlari,
ularda mustaqillikni tarbiyalash muammolariga alohida e’tibor beradi.
D.Dyui “Kitobiy bilimlarga”, “bilimlarni tayyor holicha”
o‘rganishga tamoman qarshi edi. U didaktika
tarixida birinchilardan
bo‘lib, muammoli ta’limni asoslagan didaktdir. D.Dyui fikriga ko‘ra,
bilish va bilim turli aqliy qiyinchiliklarni hal etish, hayotida uchragan
45
qiyinchiliklarni bartaraf etishdir. Tafakkur narsa-hodisalar to‘g‘risida
fikrlash
muammolarini
sezish, ularning
mohiyatini anglash,
qiyinchiliklar (masalan bilish jarayonidagi qiyinchiliklar) ni yengish
natijasida pozitiv ziddiyatlarning rolini ilk bor asoslagan didakt ham
D.Dyui edi.
Ta’lim jarayonidagi pozitiv (ijobiy) ziddiyatlar hozirgi didaktikaga
ta’limni harakatlantiruvchi kuchlar (M.A. Danilov), bilish jarayonidagi
to‘siq (L.M.Fridman), amaliy va bilish faoliyatidagi qarama-
qarshiliklar (E.Lingard), ma’lum va noma’lum elementlar o‘rtasidagi
munosabatlar (I.Y.Lerner), o‘rganilgan va o‘rganiladigan bilimlar
o‘rtasidagi farq (M.I.Maxmutov) shaklida ta’riflanadi. Bulardan
ko‘rinadiki hozirgi muammoli ta’lim nazariyasining otasi ham D.Dyui
edi.
D.Dyui bolalar oldiga qo‘yiladigan muammolarning mohiyati,
ta’lim jarayonidagi ziddiyatlarning xususiyatlariga asoslanib, o‘quv-
tarbiya sharoitida o‘quv muammolaridan foydalanish metodikasini ham
ishlab chiqdi. O‘quvchi muammoni qabul qila turib, o‘zi uchun yangilik
ochishni fahimlashi, yangi bilimlarga ehtiyojini sezish zarur.
D.Dyuining ta’kidlashicha, tafakkur, tafakkur jarayonlari yashash
uchun kurash jarayoni bo‘lib, u insonning taraqqiyot darajasini ham
belgilaydi. Har qanday o‘quv muammosini
hal etish, uning yozishicha,
oldin qiyinchilikni sezish, so‘ngra qiyinchilikni bartaraf etish, oxirida
qilingan ishni baholash bilan yakunlanadi. Ana shular ga ko‘ra, D.Dyui
ta’limning quyidagicha yangi modelini yaratdi: ta’lim jarayonidagi
qiyinchiliklarni sezish, qiyinchilikni aniqlash va chegaralash,
qiyinchilikni bartaraf etishga oid farazni so‘z bilan shakllantirish, yangi
xulosani qayd etish: xulosani tekshirish uchun tajribalar o‘tkazish.
Demak, D.Dyui ta’lim jarayonida o‘quvchini bilishini olimning ilmiy
bilishiga yaqinlashtirib tashkil etish g‘oyasini ko‘tarib chiqqan
didaktdir.
D.Dyui tomonidan asoslangan didaktik tizim markazida o‘quvchi
turadi. Ta’limning samaradorligi esa ularni bilish va faoliyatlarining
jadallashishiga bog‘liq ekanligi isbotlangan. Ta’limning verbal
metodlari I.Gerbart didaktikasida e’tibordan chetda qolgan edi, D. Dyui
didaktikasida esa uiga alohida o‘rin ajratilgan. Bu jarayonda o‘qituvchi
yordamchi, maslahatchi mavqeiga ega bo‘lib, o‘quv
jarayoni
yo‘nalishlarini belgilashga safarbar etilgan. D.Dyuining ta’biricha,
bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish jarayoni o‘quvchilarning
46
amaliy faoliyatlari natijasidagina samarali kechishi mumkin.
O‘quvchilarning muammolarni bartaraf etishlari uchun o‘qituvchi
o‘quv rejasi bilan bogliq holda qulay sharoitlar yaratishi kerak.
Qo‘yilgan muammolar esa o‘quvchilarning tayanch bilimlari va yosh
xususiyatlariga mos kelishilozim. Muammolarni echish jarayonida
o‘quvchilarning bir necha bosqichlarni o‘tishlari talab etiladi
(muammolarni his etish, aniklash,
taklif etilmagan echimlarni
shakllantirish, mazkur echimlarni amalga oshirish, natijalarni taxdil
qilish va b.).
Dostları ilə paylaş: