5
1-MAVZU. “PEDAGOGIK FANLARNI O‘QITISH
METODIKASI” FANINING PREDMETI, MAQSAD VA
VAZIFALARI
Tayanch so‘zlar:
fan,
pedagogika,
metod,
metodika, o‘rgatish, o‘qitish, o‘rganish, ta’lim, o‘qitish
metodikasi, bilim, ko‘nikma, malaka, predmet, maqsad,
vazifa, fanlararo bog‘liqlik.
1.1. Metodika tushunchasi.
Pedagogika fani o‘qituvchilarining mavjud amaliy tajribalari,
shuningdek, oliy o‘quv yurtlari didaktikasi bo‘yicha individual
tadqiqotlar pedagogika o‘qitish metodikasi bo‘yicha nazariy qoidalar,
tamoyillar, qoidalar va tavsiyalarni tizimlashtirish imkonini berdi.
Pedagogika fan sohasida ma’lum o‘quv fanini o‘qitish
qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, matematika
metodikasi, tarbiyaviy ishlar metodikasi va shu kabilar.
“Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham
bog‘liklikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni,
qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida
ifoda etadi. Pedagog olim A.M.Stolyarenkoning fikricha, “O‘quv
fanlarini o‘qitish metodikasi ma’lum bir pedagogik vazifalarni hal etish
bilan bog‘liq metod, metodik usullar, vosita va tashkiliy chora-tadbirlar
majmuidir”
1
.
G.M.Kodjaspirova, A.Yu.Kodjaspirovlarning fikricha, “O‘qitish
metodikasi pedagogik faoliyatni amalga oshirishning aniq usullari,
uslublari va texnikasidir”
2
.
1
Столяренко А.М. С81 Психология и педагогика: Учеб.пособие для вузов. — М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2004.
- 423 с. ISBN 5-238-00259-9
2
Коджаспирова Г. М., Коджаспиров А. Ю. Педагогический словарь. – Academia, 2005.
Dostları ilə paylaş: