54
Birinchidan, didaktika alohida o‘qituvchining faoliyati bilan
shug‘ullanmaydi. U o‘qitish ishlari bilan mashg‘ul barcha o‘qituvchilar
faoliyatining umumiy tomonlarini o‘rganadi. Alohida olingan
o‘qituvchining
faoliyati,
qobiliyati,
tafakkuri,
inidividual
xususiyatlarini psixologiya o‘rganadi. Shuningdek,
didaktika alohida
o‘quvchining faoliyatini emas, aksincha, o‘qish ishlari bilan mashg‘ul
yoshlar faoliyatining umumiy tomonlarini tadqiq qiladi. Ta’limning
ruhiyaviy tomonlari (xotira, tafakkur, emotsiyalar va sh.k.)ni
sharhlashda didaktika psixologiya fani yutuqlariga tayanadi.
Psixologiya didaktika uchun amaliy fandir. Shularga ko‘ra,
V.V.Krayevskiy ta’limga psixologik va didaktik yondashishining
farqlarini chegaraladi.
Ikkinchidan, o‘qitish va o‘qish jamoa (kollektiv) sub’yektlar
faoliyati sifatida o‘zaro uyg‘unlashib, uchinchi bir yaxlit faoliyatni-
ta’limni yuzaga chiqaradi. Ta’limni
tashkil etish, boshqarish, nazorat
etishning asosiy prinsipi-subordinatsiya yagona prisip bo‘lmay qoldi.
Ta’limda ikkala sub’yekt faoliyatini o‘zaro uyg‘unlashtirishning yana
bir prinsipi koordinatsiyaning mavjudligini tan olish imkoniyati
tug‘ildi. Ikkala sub’yekt faoliyati o‘zaro muvofiqlashgandagina ta’lim
amalga oshadi. Demak, ta’limni o‘qituvchining o‘quvchi
bilan birga
qurishi, birga amalga oshirishi mumkinligi isbotlandi.
Uchinchidan, didaktikaning tadqiqot predmeti munozara bahsini
yangicha sharhlash, uni ikki sub’yekt (o‘qitish o‘qishga barobar)
faoliyatining o‘zaro uyg‘unlashuvi kontekstida qarash imkoniyati
tug‘ildi. Didaktikaning munozara bahsini
yangicha talqin etish
V.V.Krayevkiyni
ta’lim
to‘g‘risida
quyidagicha
xulosalarni
chiqarishga olib keldi: ta’lim-bu
-ma’lumotga, binobarin, ijtimoiy maqsadni amalga oshirishga
yo‘nalgan,
-ilmiy asoslangan loyihalar (dastur, darslik va sh.k.) asosida
amalga
oshiriladigan,
-jarayoniy
va
mazmuniy
nuqtayi
nazarlarni
o‘zida
mujassamlashtirgan,
-turli munosabatlarni ta’lim, o‘qitish, o‘qish, ta’lim loyihasi kabi
didaktik kategoriyalarda aks ettiradigan,
-jamoa (kollektiv) sub’yektlar faoliyatida yuzaga chiqaradigan,
- tadqiq qilish (o‘rganish) va qurish (tuzish) obyekti bo‘la oladigan
faoliyatdir.