Hamkorlik pedagogikasi. Hamkorlik pedagogikasi xx asrning 80-
yillarining boshida sobiq SSSR hududida shakllangan bo‘lib,u ochiq
ta’lim tizimining rivojlangan ko‘rinishdir. Hamkorlik pedagogikasi
namoyondalari o‘z qarashlarini asoslash uchun klassik va progressiv
didaktik tizimlarni tanqid etishadi: ta’limning asosiy harakatlantiruvchi
kuchi o‘quvchidir. O‘qituvchi aytadi, so‘raydi, talab etadi, tanqid etadi,
ma’qullaydi, qoralaydi, majbur etadi, tekshiradi; u doimo qat’iy,
kulmaydi, bolalarga tabassum qilmaydi. O‘quvchilar o‘qituvchi aytgan
ishlarni bajarishadi, ular ijrochilardir. O‘quvchi ijrochi rolida ishtirok
etgan ta’lim jarayonida o‘quv-tarbiya ishlarining samaradorligini
oshirish mumkin emas.
Hamkorlik pedagogikasi targ‘ibotchilari faoliyatida pedagogik
nazariya va pedagoik amaliyotning qator jumboqli masalalari hal etildi:
Sh.A.Amonashvili 6 yashar bolalarni o‘qitish tajribasi asosida ta’limda
ijtimoiy qimmatga ega motivlarning rolini, ularning bola shaxsini
rivojlanishidagi o‘rnini asosladi; S.N.Lisenkova boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari faoliyatini boshqarishning original usulini kashf etdi. U
o‘qitgan boshlang‘ich sinflarda bolalar o‘quv mehnati sohasidagi o‘z
yutuqlaridan sevinishadi, bolalar tayanch sxemalarga rioya qilishib,
o‘zlarining yutuq va kamchiliklariga izoh berishadi; V.F.Shatalovning
ilmiy-pedagogik va amaliy faoliyatida pedagogik jarayondagi eng
mushkul masalalardan biri bolalarda har kuni aqliy mehnat bilan
shug‘ullanish ko‘nikmasini shakllantirish muammosi hal etildi. U
ishlagan sinflarda o‘quvchilarning o‘z shaxsiy shanini anglash, o‘z
kuchi va qobiliyatiga qat’iy ishonchini hosil qilish, mustaqillikni
shaxsiy sifatga aylantirish kabi didaktik muammolar ham amaliy, ham
nazariy isbotlandi.
3.2.Shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim