5.2.Hozirgi zamon bosqichida ta’lim mazmunini belgilovchi
muhim g‘oyalar (asoslar)
Ta’lim mazmuni – bu jamiyatning shaxsni ma’naviy rivojlanishi
darajasiga qo‘yilgan talablar, jamiyatning ijtimoiy tajriba va
madaniyatini aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modelidir. Ijtimoiy
tajriba quyidagi to‘rt element bilan tavsiflanadi:
- inson tabiat, jamiyat haqidagi bilimlari
- faoliyatning ko‘nikma, malaka va usullari;
- yangi vazifalarni hal etish bo‘yicha ijodiy faoliyat tajribasi;
- atrofdagilar bilan o‘zaro emotsional (hissiy) – qadriyatli
munosabatlar tajribasi.
Shularga muvofiq zamonaviy didaktika g‘oyalariga ko‘ra ta’lim
mazmunining tarkibida quyidagilar o‘z aksini topadi: 1) olam haqidagi
bilimlar; 2) faoliyatni amalga oshirish usullari tajribasi; 3) ijodiy
faoliyat tajribasi; 4) atrof-muhitga emotsional (hissiy) qadriyatli
munosabat tajribasi.
Bilim va ko‘nikmalar ijodiy faoliyat asosi bo‘lib qolishi mumkin,
lekin unga tayyorlikka kafolat bo‘la olmaydi. Ijodga, ta’limning o‘ziga
xos turi sifatida maxsus o‘qitish kerak bo‘ladi. Atrof-muhitga
emotsional-umumiy munosabatda bo‘lish u haqida bilish, lekin ularga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmaslikni nazarda tutadi. Uni rivojlantirish
uchun o‘qitish jarayonida maxsus ishlash olib berish zarur.
Ilmiy asoslangan ta’lim mazmunini qanday aniqlash mumkin?
Ta’lim mazmuniga nima ta’sir ko‘rsatadi? U nimaga bog‘liq bo‘ladi?
Ta’lim mazmunini aniqlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat
bo‘ladi:
-
fan, texnika, madaniyatning jamiyatda rivojlanganligi darajasi;
-
ta’limning maqsad va vazifalari;
-
o‘quvchilarning yoshi xususiyatlari;
-
o‘quvchi shaxsining ehtiyojlari.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim mazmuni o‘quvchilarda atrof-
muhit haqida umumiy tasavvurlarni hosil qilishi, ularni o‘zlarining
amaliy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni izlashg va bu
bilimlarni hayotiy muammolarni hal etishda qo‘llashga o‘rgatishi
kerak. Ta’lim mazmuni o‘quv rejalari, o‘quv dasturlarida, darsliklarda
80
aks ettiriladi, XX asr 80-yillarida amaliy qo‘llanilgan o‘rta umumta’lim
maktabi namunaviy o‘quv rejalari maktabni yangilash vazifalariga,
o‘quv-tarbiyaviy jarayonni hozirgi zamon talablari asosida tashkil
qilishga mos kelmas edi. Bu o‘quv rejasining eng asosiy kamchiligi
– uni shakllantirishning haddan tashhari markazlashtirilishidir, bu esa
maktablarning hammasi bir xil bo‘lishi, taklif etilayotgan ta’lim
idealining bir xilligiga olib keladi, unda shaxs, jamiyat va davlatning
turli
ta’limiy
talablari
hisobga
olinmaydi; ko‘p
predmetlilik, o‘quvchilarga vazifalar ortiqchalik, og‘irlik qiladi va
ta’lim mazmunining sun’iy qisqaligi, aralashligi yuzaga keladi; bu
ta’limning texnokratik yo‘nalishi uning insonparvarlik va madaniy,
badiiy-yaratuvchilik rolini yo‘qotishiga olib keladi. O‘quv rejasining
ana shu va boshqa ko‘plab kamchiliklari didakt olimlar va
amaliyotchilar tomonidan keskin va haqli ravishda tanqid qilindi.
Hozirgi sharoitda o‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari uchun ta’lim mazmuni (o‘quv rejalari)ni ishlab chiqishda
ta’lim mazmunida quyidagi g‘oyalar yetakchi o‘rin tutadi:
-
insonparvarlashtirish;
-
integratsiya;
-
standartlashtirish;
-
ko‘p bosqichlilik;
-
axborotlashtirish;
-
individuallashtirish;
-
ketma-ketlik.
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish ta’lim muassasasining
o‘quvchiga e’tibor haratishi, uning shaxsi, xohish-istak va qiziqishlarini
hurmat qilishi, birinchi navbatda o‘quvchilarning qobiliyatlarini
rivojlantirish, ularning mustaqil hayotda o‘z yo‘llarini topib olishlari
uchun sharoit yaratishni ko‘zda tutadi. Insonparvarlashtirish gumanitar
va tabiiy fanlarni optimal nisbatlarda bo‘lishi, matematik, biologik,
texnik kurslar mazmunini insoniylik haqidagi bilimlar bilan boyitishni
ko‘zda tutadi. Ta’lim mazmunida insonparvarlik g‘oyalarining aks
etishi o‘quvchilarda fikrlash layoqatining shakllanishiga yordam
beradi.
Ta’limni insonparvarlashtirish bu ta’lim tizimi va butun ta’lim
jarayonini har bir inson huquqlarini hurmat qilish, pedagoglar o‘rtasida
o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirish, ularning
81
sog‘liqlarini saqlash va mustahkamlash, shaxsiy qadr-qimmatlarining
his etishlarini ta’minlash va shaxsiy imkoniyatlarini rivojlantirishga
xizmat qiladi.
Ta’limni insonparvar (gumanitar)lashtirish yangi tayanch o‘quv
rejasining ikkinchi muhim g‘oyasidir. Ta’limni gumanitarlashtirish
birinchi navbatda tayanch o‘quv rejasida gumanitar fanlar hajmini
oshirishda o‘z ifodasini topadi. Bu xususan estetik tarbiyani tashkil
etishga
o‘quv vaqtini ikki barobar ko‘paytirishga imkon
beradi. Gumanitarlashtirish – bu ta’limning bosqichi va turidan qat’iy
nazar asosiy ijtimoiy muammo - inson farovonligi muammosini hal
etishga
imkon
beruvchi
ta’lim
mazmunini
o‘zlashtirishga
yo‘naltirishdir.
Ta’lim yangi mazmunini ishlab chiqishning uchinchi g‘oyasi –
ta’limni differentsiyalashtirish. Bu yo‘nalish majburiy kurslar bilan
birga katta sinflarda chuqurlashtirilgan va ixtisoslashtirilgan o‘qitish,
fanlarni tanlash asosida olib borishni ko‘zda tutadi. Sinfda, sinflar
o‘rtasida hamda turli yoshdagi o‘quv guruhlarida fakultativ kurslarni
individual, guruhli mashg‘ulotlar hamda qiziqishlariga ko‘ra
to‘garaklarni rivojlantirish ham ko‘zda tutiladi. Differentsatsiyalash –
bu zamonaviy sharoitda ta’limni rivojlantirish umumiy yo‘nalishi
hisoblanadi. Respublikada o‘tgan asrning 90-yillarida ta’limni
differentsatsiyalash maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar va sinflar
(fizika, ximiya, matematika, chet tillarini chuqur o‘rganish bilan)
litseylar, gimnaziyalar ochildi.
Kurslarni integratsiyalashtirish ta’limning yangi mazmunini ishlab
chiqishga qaratilgan yana bir g‘oya o‘quvchilarda dunyoni yaxlit
tasavvur
qilish
layoqatini
rivojlantirishda
umumlashtiruvchi,
dunyoharashni shakllantirish imkonini beruvchi integrativ fanlarni
yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi yagona (tayanch) o‘quv rejasida integratsiyalash hisobiga
o‘quv fanlari soni kamaytirildi, soatlarning umumiy hajmi
ixchamlashtirildi. Xususan, “Tarix” fani umumiy tarix va O‘zbekiston
xalqlari tarixiga asoslanadi.
Standartlashtirish – bu majburiy o‘quv fanlari to‘plamini soatlari
aniq belgilangan hajmini belgilash. Ta’lim standartlari yordamida
ta’lim muassasalarida o‘quv ishlarining normativlari moslashtiriladi,
o‘quvchilar bilimlarini baholashning yagona mezonlari ishlab
chiqiladi.
82
Ko‘p bosqichlilik – bu ta’limning har bir bosqichida o‘quvchining
imkoniyat va qiziqishlari darajasiga javob bera oladigan bilim
darajasiga erishish imkonini beruvchi ko‘p bosqichli ta’lim jarayonini
tashkil etishdan iborat. Turli bosqichlarning har birida o‘qitishning
yakuniy holati ta’limning sifatli yakunlanganligi hisoblanadi.
Fundamentallashtirish
–
shaxs (o‘quvchi)ni ijtimoiy faoliyatiga
nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashni kuchaytirish. Bu yerda maktab
bo‘lsa ham, litsey, kollej yoki oliy o‘quv yurtining ta’lim tizimi, o‘quv
rejasi, barcha fanlar bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqur va tizimli
o‘zlashtirishga alohida ahamiyat beriladi.
Ta’limni axborotlashtirish o‘quvchilarni
o‘qitish
jarayonida
hisoblash texnikasi va axborot texnologiyalaridan ommaviy va keng
foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ta’limni axborotlashtirish oxirgi o‘n
yillikda keng tarqaldi, buning boisi shuki, zamonaviy video-
radiotexnika va kompyuterlarning ta’lim tizimida qo‘llanilishi mumkin
bo‘lganligi hamda foydalanish nisbatan oddiyligidir.
Individuallashtirish ta’lim-tarbiya
jarayonida
o‘quvchi
va
o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning hamma turlaridan
foydalangan holda ularning individual xususiyatlarini hisobga olish va
rivojlantirish demakdir.
Uzluksizlik jamiyat hayotining tez o‘zgarib borishi odamni doimiy
ravishda ta’lim olish (mustaqil ta’lim olish)ga undovchi jarayon
mohiyatini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |