Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati.
Bilim olish
faoliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish
va faoliyat qonunfyatlariga ega. Bilim olish borliqni idrok etish,
o‘rganish, mashq iqilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda
faoliyat
ko‘nikma,
malakalarining
mustahkamlanib,
mavjud
bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim
olishning muhim komponenti motiv. ya’ni, ta’limiy xarakterdagi
harakat yoki faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag‘batni his etish,
ehtiyojning yuzaga kelishidir.
70
O‘qishning keyingi komponenti o‘quv harakatlari (operatsiyalari)
sanalib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. O‘quv
harakatlari o‘quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida
namoyon bo‘ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki
(kuzatilmaydigan) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Tashqi o‘quv
harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar
o‘tkazish); perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish)
hamda nutqdan foydalanish kiradi.
Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» — eslab qolish
madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va
tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual)
kiradi.
Har qanday bilimni o‘zlashtirishda o‘quvchilardan idrok etish
madaniyatiga ega bo‘lish va o‘quv materialini anglab et ish talab etadi.
Pedagogik jarayonda o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning
ma’nosini etarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida
qabul qilinishi va yodlab olinishi xavflidir.
O‘quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini to‘la tushungan
holda o‘zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o‘zini o‘zi nazorat
qilishning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
O‘zini o‘zi nazorat qilishda o‘quvchilar ular qo‘llayotgan aqliy
mehnat vositalarining samaradorligi, shuningdek, o‘z mehnati
natijalarini baholashi kerak.
Natijalarni baholash. nazorat qilish va tahlil etish o‘quv
harakatlarining ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida
o‘quvchi tomonidan o‘zini nazorat qilish, o‘zini baholash va o‘zini
analiz qilishni amalga oshirish o‘qituvchining shunga o‘xshash
o‘rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida shakllanadi. Bu harakatlarni
shakllantirish o‘quvchilarni o‘z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb
etish, o‘zaro nazoratni tashkil etish, o‘rnatilgan mezonlar asosida o‘z
faoliyati natijalarini o‘zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi.
5.Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish
Lotincha Intensio tushunchasi - kuchaytirish, tezlatish degan
mahnoni anglatadi.
Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish - vaqtning har bir bo‘lagi
uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish demakdir.
Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish shartlari:
1.
Pedagogik
jarayoning
maqsadga
yo‘naltirilganligini
71
kuchaytirish,
o‘quv-tarbiya
tadbirlarida
ilgari
surilayotgan
vazifalarning jiddiyligini oshirish bilan birga ularning shu sinfga,
o‘quvchilarga, jamoaga qulayligini ham hisobga olish kerak.
2.
O‘quvchilarning o‘qish, ijtimoiy, mehnat va boshqa faoliyati
asoslarini chuqurlashtirish.
3.
Eng zarur axborotlarni saqlagan holda mazkur sinf o‘quvchisiga
yetkaziladigan axborot hajmini oshirish.
4.
O‘quv, ijtimoiy mehnat va boshqa faoliyatlar tezligini oshirish.
5.
O‘quvchilarning mustaqil bilish va ijtimoiy foydali faoliyatlarini
aktivlashtiruvchi kompleks shakl va metodlarni joriy etish.
6.
Axborot va ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llash.
7.
O‘quvchilarning mustaqil bilishini yo‘lga qo‘yish orqali o‘z-
o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘ziga tahsir ko‘rsatish, majburiyat olish, baho
bera olish, o‘z-o‘ziga hisob berishdan iborat usullardan unumli
foydalanish ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishga kuchli yordam
beradi.
6. Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish.
Yaxlit pedagogik jarayonni o‘timallashtirish (lotincha optimus -
eng mahqul) - eng qulay, eng mahqul degan mahnoni bildirib, keng
mahnoda olib qaralganda, ushbu sharoit uchun har qanday vazifalarni
hal etishning eng qulay, eng mahqul, to‘g‘ri variantlarini tanlash
demakdir.
Mahlum mezonlar nuqtai nazaridan qaralganda, yaxlit pedagogik
jarayonni o‘timallashtirish ushbu sharoit uchun ta’lim-tarbiyaning eng
maqbul vazifa, mazmun, shakl va metodlarini ilmiy asoslangan holda
tanlash va amalga oshirish deganidir.
Optimallashtirishda
boshlang‘ich
holatdan
qaror
qabul
qilingungacha bo‘lgan jarayon quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
1. Qo‘yilgan vazifalarni hal etishning bir nechta variantlarini qarab
chiqish.
2. Ushbu sharoit uchun tanlab olingan variantning asosliligini,
zarurligini anglab etish.
3.
Ushbu vazifalarni hal etish uchun tavsiya etilgan usullarning
samaradorligini qiyosiy tahlil etish orqali anglash.
4.
Taqdim etilgan variantlarni eng maqbul ikkita variantgacha
qisqartirish.
5.
Ikkalasini vaqt va samara nuqtai nazaridan taqqoslash.
6.
Eng mahqul variantni o‘timallashtirish mezoni nuqtai nazardan
72
tanlash.
Lekin eng maqbul variantni tanlash o‘qituvchidan fikrlashning
muammoli-tadqiqot usulidan foydalanishni taqozo etadi.
Ta’lim jarayonini o‘timallashtirishda uning mezoni faoliyatni
to‘g‘ri baholashga yordam beradi.
O‘quvchi u yoki bu materialni o‘zining maksimal darajadagi
imkoniyati doirasida o‘zlashtiradi (natijaga real erishish mumkin
bo‘lgan imkoniyat). Bu esa, o‘z o‘rnida, o‘qitishni o‘timallashtirish
uchun o‘quvchilarning real o‘quv imkoniyatlarini o‘rganishni talab
etadi.
Real o‘quv imkoniyatlari ichki (sog‘liq, bilim darajasi, fikrlash
qobiliyati, o‘qishga munosabat, mashuliyat hissi) va tashqi (oila,
tengdoshlar, jamiyat tahsiri) sharoitlarning o‘zaro uzviyligida namoyon
bo‘ladi.
O‘qituvchi bolaning bugungi real o‘quv imkoniyatlarini bilishigina
emas, shuningdek, yaqin rivojlanish zonasini, Ya’ni yaqin rivojlanish
imkoniyatlarini anglab etishi ham zarur bo‘ladi.
Shunday qilib, optimallashtirishning birinchi mezoniga ko‘ra,
o‘quvchi shunday o‘zlashtirish darajasiga erishishi kerakki, ushbu
daraja uning yaqin rivojlanish zonasidagi imkoniyatlariga to‘g‘ri kelsin.
Optimallashtirishning ikkinchi mezoni shuki, o‘quvchi va
o‘qituvchi dars va uy mashg‘ulotlariga ajratilgan vaqtga qat’iy amal
qilsinlar.
Tarbiyada birinchi mezon erishilgan natijaning qo‘yilgan maqsad
va vazifalarga to‘g‘ri kelishida ifodalanadi.
Ikkinchi mezon tarbiyachining tarbiyalanuvchi uchun ajratilgan
mehyorlarga qathiy amal qilishida ko‘rinadi.
O‘qituvchi amaliy faoliyatidagi pedagogik jarayonlarning asosiy
komponentlarini optimallashtirish usullari tizimi quyidagicha:
1.
Ta’lim-tarbiya jarayoni uchun eng mahqul (ratsional) vazifalar
kompleksini tanlaydi.
2.
Ushbu sinf xususiyatidan kelib chiqib, vazifalarni aniqlashtiradi.
3.
Qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur mazmun tanlaydi.
4.
Ushbu mazmunni amalga oshirish uchun eng maqbul metod,
shakl va vositalar tanlaydi.
5.
Tezkor tarzda jarayonga o‘zgartirishlar kiritadi va unga ko‘ra
metod, shakl va vositalarni o‘zgartiradi.
6.
Qilingan ishlar chuqur va har tomonlama tahlil etiladi (natija va
73
vaqt nuqtai nazaridan).
7.
Pedagogik jarayonni harakantiruvchi kuchlar.
Pedagogik jarayonning asosiy elementlari: maqsad, vazifa, vosita
va natija. Vosita keng ma’noda mazmun, shakl va usullarni o‘z ichiga
oladi. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar: qo‘yilgan
talablar bilan tarbiyalanuvchi imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlardir.
Xuddi shu qarama-qarshilik rivojlanish uchun asosiy manba bo‘lib
xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |