1-Mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. (ма`ruza) Mavzu rejasi


Zamonaviy pedagogikada ta'lim paradigma (modeli)lari



Yüklə 195,02 Kb.
səhifə27/66
tarix16.02.2023
ölçüsü195,02 Kb.
#84475
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66
shaxzod aka

Zamonaviy pedagogikada ta'lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» — misol, namuna) — pedagogika fani rivojining ma'lum bosqichida ta'limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko'rsatmalar to'plami bo'lib, u ta'limning konseptual modeli sifatida qo'llaniladi. Bugungi kunda ta'limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:

  1. An'anaviy — konservativ paradigma (bilim paradigmasi).

  2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma.

  3. Fenomenologik (gumanistik) paradigma.

  4. Texnokratik paradigma.

  5. Ezoterik paradigma.

Ayni vaqtda ta'lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv mavjud:
1. Qadriyatli (aksiologik) yondashuv-madaniyat inson hayotining
mazmuni sifatida tushuniladi.

  1. Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma'naviy boyliklarini yaratishga yo'naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi.

  2. Shaxsiy yondashuv — madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon bo'ladi.

Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir qator paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi. Har bir paradigma muayyan ta'limiy muammolarni hal etishga yo'naltiriladi. Xususan:

Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud:
1. Bilim olishning an'anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshqalar) Unga ko'ra ta'limning asosiy maqsadi — «Bilim, qanchalik qiyin bo'lmasin bilim olish». An'anaviy paradigma maktabning maqsadi yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari — bilim, ko'nikma va malakalar, ilg'or g'oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish hamda ularni yoshlarga yetkazish muhim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maqsadi: ta'lim olish, taraqqiyot va madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish.

Yüklə 195,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin