1-Mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. (ма`ruza) Mavzu rejasi


Ratsionalistik (bixevioristik') paradigma



Yüklə 195,02 Kb.
səhifə28/66
tarix16.02.2023
ölçüsü195,02 Kb.
#84475
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66
shaxzod aka

2. Ratsionalistik (bixevioristik') paradigma (P.Blum, R.Gane, B.Skinner va boshqalar). Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta'lim mazmuni emas, balki o'quvchilar tomonidan turli bilimlarning o'zlashtirilishini ta'minlovchi samarali usullari yotadi. Ta'limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinnerning ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior — xulqi) konsepsiyasi tashkil qiladi.
Maktabning maqsadi — o'quvchilarda g'arb madaniyati ijtimoiy qoidalari, talablari va ko'zlagan maqsadlariga mos keladigan moslashtiruvchi «xulqiy repertuar»ni shakllantirishdir. Shu bilan bir vaqtda, «xulqi» atamasi bilan «insonga xos hamma ta'sirlanishlar — uning fikrlari, sezgi va harakatlari» ifodalanadi (R.Tayler).
Bunda ta'limning asosiy metodlari, o'rgatish, trening, test sinovlari, individual ta'lim, tuzatishlari bo'lib qoladi. Buning oqibatida, ta'limninggina emas, balki dars berishning ham ijodiy xarakterini aniqlash muammosi muhokama qilinmaydi.
P.Blum barcha o'quvchilar faqat o'zlashtiribgina qolmay, balki muvaffaqiyatli o'qishlari mumkin deb hisoblaydi. O'quvchining optimal qobiliyatlari ma'lum sharoitlarda, o'quvchiga ta'lim berish natijasi uning sur'ati bilan aniqlanadi. Olimning fikricha, ta'lim oluvchilarning 95 foizi ta'lim muddatlariga bo'lgan cheklashlar olib tashlanganda o'quv kursining butun mazmunini o'zlashtirib olishga qodirlar.
3. Gumanistik (fenomenologik-) paradigmaga ko'ra (A.Maslou, A.Kombs, K.Rodjers, L.S.Vigotskiy va boshqalar) ta'lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida o'ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ular bolani rivojlantirish maqsadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga yo'naltiradi. Ta'limning fenomenologik (fenomen yunoncha «phainomenon» — hisoblangan, ya'ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o'quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo'lishni ko'zda tutadi. Uning vakillari o'quvchini nodir shaxs deb hisoblaydilar. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta'lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o'quvchi hamda o'qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.
Gumanistik paradigma g'oyalari 1991-yildan keyin respublika uzluksiz ta'lim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida o'quvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, «erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash» masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda, respublika ta'lim muassasalarida quyidagi g'oyalarga amal qilinmoqda: «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga o'rganmasa, berilgan ta'lim samarasi past boiishi muqarrar. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir».

Yüklə 195,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin