1-Mavzu Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifal
4.3.Konfliktlarni boshqarish xususiyatlari Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko`rinishlariga kelsak uni har bir shaxsning hayotiy
vaziyatlarga mos keladigan, o`sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko`rinishlari va turlari haqida
gapirish mumkin. Lekin umumiy holda har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda
bo`ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq –
atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o`z ko`l ostida ishlayotgan xodimlar bilan
muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot – bu odamning
shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suhbatdoshlarning fikr-o`ylari, niyat-
maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, dustlar suhbatdoshi,
poezdda uzoq safarga chiqqan yo`lovchilar suhbati,tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda,
shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo`lgani uchun
ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko`proq vaqtini oladi va bunda ular
charchamaylilar. Lekin shuni ta`qidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham
5.2.Guruhiy konfliktning yuzaga kelish mexanizmlari
13
qobiliyatlarkerak, ya`ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko`ngilliga, suhbatlashish yo`llarini
bilish, til topishish qobiliyati, o`zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik
muloqotning samarasiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun hamhamma odam ham rahbar
bo`lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo`l uravermaydi, chunki buning uchun
undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
Muloqot mavzui va yo`nalishiga ko`ra uning: a) ijtimoiy yo`naltirilgan (keng
jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot); b) guruhdagi
predmetga yo`naltirilgan (o`zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish mobaynidagi muloqot
– mehnat, ta`lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni bajarish jarayonida guruh a`zolarining
muloqoti); v) shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o`z muammolarini ochish
maqsadida o`rnatgan munosabatlari); g) pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtiroq
etuvchilar o`rtasida amalga oshiriladigan murakkab o`zaro ta`sir jarayoni) turlari farqlanadi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita “yuzma-yuz”
bo`lishi yoki u yoki bu texnik vasitalar (telefon, telegraf va shunga o`xshash) orqali amalga
oshiriladigan; biror prfassional faoliyat jarayonidagi muzokara yoki do`stona bulishi; sub`ekt –
sub`ekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki sub`ekt –ob`ektli (monolagik) bo`lishi mumkin.
Har bir muloqot turining o`z qonun-qoidalari, ta`sir usullari va yo`l-yo`riqlari borki,
ularni bilish har bir kishining, ayniqsa odamlar bilan doimo muloqotda bo`ladiganlarning
burchidir.