Nazorat savollari
1. Konfliktdan chiqish taktikasi qanday bo`lishi mumkin?
2. Konfliktning oldini olishning yo`nalishlari haqida.
3. Konfliktni hal etishning universal vositalari haqida.
4. Konfliktni bartaraf etish yo`llari haqida.
Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar
1. Antsupov A. Ya., Shipilov A. I. Konfliktologiya: Uchebnik dlya vuzov. - M.: YuNITI,
1999. - Razd. I, III.
2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III.
3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1.
8-ma`ruza
8-Mavzu: Muzokara konfliktni hal qilishning usuli sifatida
Reja:
1.
Muzokaraga umumiy tavsifnoma, muzokaraga kirishish strategiyalari
2.
Muzokara dinamikasi, muzokaraga kirishishning asosiy usullari
3.
Muzokara jarayonida vositachilik
Tayanch tushunchalar:
Muzokaraga umumiy tavsifnomasi, muzokaraga kirishish strategiyalari haqida, muzokara
dinamikasi, muzokaraga kirishishning asosiy usullari haqida, muzokara jarayonida vositachilik.
8.1.Muzokaraga umumiy tavsifnoma, muzokaraga kirishish strategiyalari
Konfliktni hal qilishda muzokaraga kirishish jarayonida asosiy va natijali usullardan biri, bu
jarayonga uchinchi kishining qatnashishi hisoblanadi. Konfliktologiyada bu jarayon mediatsiya
deb yuritiladi, professional vositachini esa— mediator deb ataydi
22
Vositachilikda ham, boshqa professional faoliyatdagi kabi, mutaxassislar bir birlari bilan
xama narsalarda kelishib olmaydi. Qaysidir echimini topalmayatgan savollar, vositachining faol
yoki passiv pozitsiyani konfliktga uchragan tomonlar bilan uchrashgan paytda egallashidan
tashkil topadi.
Hozirgi davrda konfliktologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir
bo`layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tatbiqiy sohalarini doirasini ham
kengaytirdi. Uning asosiy tatbiqiy - muzokara sohalariga sanoat sotsial psixologiyasi,
boshqaruv psixologiyasi, oila va nikoh borasidagi sotsial psixologik ishlar, siyosat va
iqtisodiyotni takomillashtirish muammolari, qonunbuzarlikning oldini olish ehtiyoji hamda
ommaviy axborot vositalari borasidagi muzokara vazifalar kiradi. Barcha muzokara sohalarga
xos umumiy xususiyatlar mavjudki, ularga:
a) ularning bevosita jamiyat talab-ehtiyojiga ko`ra tashkil etilishi;
b) tatbiqiy ishlar “tili"ning mavjudligi muammosi, ya`ni, professional til(jargon) bilan
tadqiqot natijalarini bayon etishdagi uyg`unlik masalasi;
v) muzokara ehtiyojlarga monand ilmiy farazlarni ishlab chiqish;
g) shartnomalarga mos tarzda buyurtmalarlarni o`z muddati va bosqichlarda
bajarish majburiyati;
d) samaradorlik mezonlarining o`ziga xosligi, ya`ni, bajarilgan ishga qarab
samaradorlikni baholash;
e) "nazariyotchi" bilan "muzokaraotchi" rollarining aniq farqlanishi muammolari
kiradi.
Dostları ilə paylaş: |