6.2. Shaxsiy konfliktlar muommasi O`z-o`zini anglash, o`zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko`pincha konkret shaxs
tomonidan og`ir kechadi, ya`ni, inson tabiati shundayki, u o`zidagi o`sha jamiyat normalariga
to`g`ri kelmaydigan, no`maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni “yashirishga” harakat qiladi,
hattoki, bunday tasavvur va bilimlarongsizlik sohasiga stqtb chiqariladi (avstraliyalik olim
Z.Freyd nazariyasiga ko`ra). Bu ataylab qilinadigan ish bo`lmay, u har bir shaxsdagi o`z
shaxsiyatini o`ziga xos himoya qilish mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni
ko`pincha turli hil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi. Lekin shuni alohida
ta`qidlash lozimki, “Men” –obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o`sha shaxsni o`rab turgan
tashqi muhit, o`zgalar va ularning munosabati katta rol o`ynaydi. Odam o`zgalarga qarab,
g`o`yoki oynada o`zini ko`rganday tasavvur qiladi. Bu jarayon psixologiyada refleksiya deb
ataladi. Uning mohiyati – aynan o`ziga o`xshash odamlar obrazi orqali o`zi to`g`risidagi obrazni
shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya “Men” – obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir.
Masalan, ko`chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o`z yutuqlaringiz va
mashg`ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan bo`lib, uning qaergadir
shoshayotganligiga e`tibor bermadingiz. Shu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni
tinglayotganligidan, hayoli boshqa erda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda
“mahmadona, laqmaroq” bo`lib qolganingizni sezasiz. Keyingi safar shu o`rtoqingiz bilan
uchrashganda, oldingi xatoga yo`l ko`ymaslik uchun “o`rtoq, shoshmayapsanmi?” deb so`rab
ham qo`yasiz. Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir. Ya`ni, suhbatdosh o`rniga turib,
o`zingizga tashlangan nazar (“men unga qanday ko`rinyapman?”) –refleksiyadir.
6.3.Hozirgi zamon menejmenti Shaxsning o`zi haqidagi obrazi va o`z-o`zini anglashi yosh va jinsiy o`ziga xoslikka ega.
Masalan, o`ziga nisbatan o`ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa
o`smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo`ladigan “kattalik” hissi qizlarda ham, o`smir
yigitchalarda ham nafaqat o`ziga, balki o`zgalar bilan bo`ladigan munosabatlarini ham
belgilaydi, qizlardagi “Men” – obrazining yaxshi va ijobiy bo`lishi ko`proq bu obrazning ayollik
sifatlarini o`zida mujassam eta olishi, ayollik hislatlarining o`zida ayni paytda mavjudligiga
bog`liq bo`lsa, yigitlardagi obraz ko`proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechoqli uyqun
ekanligiga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun ham o`smirlikda o`g`il bolalardagi bo`yning pastligi,
muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan “Men” - obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib
chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan go`zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator
boshqa sifatlarning bor – yo`qligiga bog`liq holda “Men” obrazi mazmunan idroq qilinadi,
qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo`lgan ayrim toshmalar yoki shunga o`xshash
fiziologik nuqsonlar kuchli salbiy emotsiyalarga sabab bo`lsa-da, baribir, chiroyli kiyimlar,
19
taqinchoqlar yoki sochlarning o`ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida
qaraladi.
Har birimizning jamiyatdagi o`rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo
bo`lgani, jamiyatga qo`shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim
vazifalaridan biridir.
Bu jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi.