1-Mavzu: Psixologik maslahatning umumiy muammolari Reja



Yüklə 142,54 Kb.
səhifə3/34
tarix10.04.2023
ölçüsü142,54 Kb.
#95548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
1-Mavzu Psixologik maslahatning umumiy muammolari Reja

î-shart. Psixologga yordam so‘rab murojaat etayotgan odam
psixologik xususiyatdan xayoliy emas, balki haqiqiy muammoga
hamda uni iloji boricha tezroq hal etish yaqqol ifodalangan istakka
ega bo'lishi kerak.
Yuqorida biz ba’zi odam lar nima bo‘lsa ham hal qilishni
istaydigan murakkab muammolari bo‘lgani uchun emas, aslida
psixolog-maslahatchiga masalan, shunchaki qiziqqanliklaridan va
o‘z holatlarini o‘zgartirish kerakligidan bir maqsad bilan kelishlarini
aytib o‘tgan edik. Psixolog-maslahatchi b u n d ay odamlarga
tolg‘ridan to ‘g‘ri qandaydir yordam ko'rsatishi qiyin bo‘ladi, faqat
ularning izzat-nafslarini (ambitsiya) va o ‘zlariga ishonchlarini,
kekkayishlarini biroz pasaytirishi mumkin.
Agarda odamda haqiqiy muammo mavjud boMsa, lekin uni
to‘la anglab yeta olmayotgan bo‘lsa, buning oqibatida undan xoli
bo‘lish istagi bo‘lmasa, unda bunday odamga psixolog-maslahatchi
faqatgina mijoz bilan suhbati natijasida u o‘zining muammosini
anglab yetib va undan iloji boricha tezroq xoli bo‘lish istagi paydo
b o ‘lgan holatdagina yordam bera oladi. Agarda mijoz o ‘z
muammosini yaxshi tushunsa, lekin o‘z psixologiyasini, o‘z xulqini
o‘zgartirishni xohlamasa unda bunday odamga hatto tajribali
psixolog-maslahatchi ham yordam bera olishi qiyin bo'ladi.
2-shart. Mijoz yordam so‘rab murojaat etgan psixolog-psixologmaslahatchiik maslahat o‘tkazish tajribasiga va kerakli kasbiy
psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Shu sababli psixologik
m aslahat shifokor am aliyotiga o'xshab ketadi. Psixologmaslahatchidan shifokor kabi birinchi navbatda mijozga zarar
yetkazib q o ‘ymasligi va maslahat muvaffaqiyatli o ‘tishi uchun
qo‘lidan kelgan barcha harakatlarni qilishi talab etiladi.
3-shart. Psixologik maslahat uchun sarflanadigan vaqt ancha
uzoq davom etadigan boMishi kerak. Bu vaqt davomida psixologmaslahatchi mijozni bezovta qilayotgan muammoni oxirigacha
tushunib olishi va muammoni hal etishning eng to‘g‘ri yoMini topishi
hamda mijozning o‘zi bilan bu muammoni muvaffaqiyatli hal etishi
kerak. Bu yerda m uam m oni hal etish uchun yo‘naltirilgan
harakatlarni nazorat qilish, olingan natijalarga baho berish va
boshlangan ishni oxirigacha yetkazish, ya’ni mijozni ham psixologmaslahatchini ham to la qoniqtiradigan natijaga erishish uchun
kerak boMgan vaqt ham ko‘zda tutiladi.
Ba’zan psixologik muammoni hal etish maslahatdan ijobiy natija
olinm agandek yoki olingan natija mijoz kutgandek emasday
tuyuladi. Psixolog esa o‘zi tomonidan ish to‘g‘ri bajarilgan va kerakli
natija yaqqol ko‘rinib turibdi, deb ishonishi mumkin. Bunda
psixolog-maslahatchi oldida qo‘shimcha, mijozga muammo ancha
qoniqarli hal etilganligini isbotlash vazifasi yuzaga keladi. Ba’zan
esa aksincha boMadi, mijoz ish yaxshi bajarildi deb o‘ylaydi,
psixolog-maslahatchi esaboshlangan ish hali oxiriga yetkazilmagan
deb hisoblaydi. Ushbu holatda psixolog-maslahatchi bunga mijozni
ishontirishga va muammo t o l a ha] etilishi uchun q o ‘lidan kelgan
barcha ishlami amalga oshirishga harakat qilishi talab etiladi.
Agarda psixologik maslahat muddatdan oldin, ya’ni kerakli
natija olishdan oldin to‘xtatilgan bo‘lsa, bunda psixolog-maslahatchi
bu haqida mijozni ogohlantirishi kerak.
4-shart. Mijoz psixolog-maslahatchidan oigan tavsiyalariga to‘la
amal qilishi kerak. Aks holda mijozning m uam m osi hal etilishi
qiyin bo‘ladi va maslahatchining tavsiyalari uning uchun harakat
qiiishga ko‘rsatma emas, balki faqatgina tilakligicha qoladi.
5-sharí. Psixologik maslahat qulay sharoitlarda o ‘tkazilishi kerak.
Bu vaziyat qanday boMishi kerakligi to‘g‘risida keyinchalik to‘xtalib
o‘tamiz. Hozir esa ko‘pchi!ik hollarda psixologik maslahat maxfiylik
holatida 0‘tkaziIishi kerakligini, u psixolog-maslahatchi va mijozni
uzoqlashtirishi emas, balki yaqinlashtirishi kerakligini, mijozdagi
keskinlikni yo‘qotish psixolog-maslahatchi bilan ochiq-oydin
munosabatda bo‘lishga imkon beradigan bolishi kerakligini aytib
o‘tamiz.


Yüklə 142,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin