1-Mavzu: Psixologik maslahatning umumiy muammolari Reja


Psixologik maslahatning inaqsad va vazifalari



Yüklə 142,54 Kb.
səhifə2/34
tarix10.04.2023
ölçüsü142,54 Kb.
#95548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
1-Mavzu Psixologik maslahatning umumiy muammolari Reja

Psixologik maslahatning inaqsad va vazifalari
Maslahat berish psixologik amaliyotning asosiy turi sifatida
quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
I. Munozarada yuzaga keigan m uam m oni zudlik bilan hal
etishda unga yordam ko‘rsatish. O dam larda ko‘pincha darhol
aralashish, kechiktirilmaydigan yechimlarni talab etuvchi, mijoz
hal etish uchun kokp vaqt, kuch va vositaiarni sarflash imkoniyatiga
ega bo‘lmagan yechimlarni talab etuvchi muammolar yuzaga keladi.
Bunday muammolarni odatda operativ deb ataydilar va kerakli
yechimlar ham shunday deb ataladi. Operativ muammolarni hal
etishda og‘zaki maslahat shaklida zudlik bilan psixologik yordam
olish juda muhim hisoblanadi. Bolaning ota-onasi bilan o ‘zaro
munosabatlarda jiddiy nizolar yuzaga kelishi, ularning vaqtida hal
etilmasligi bola jismoniy va psixik sog‘lig‘iga juda katta salbiy ta ’sir etishi mumkin. Biror-bir tashkilot ishchisida ham keskin, darhol
hal etilishi kerak b o ‘Igan muammo paydo bo'lishi mumkin.
Masalan, yaqin kunlarga belgilangan o‘zining bevosita boshlig‘i
bilan qisqa vaqtli uchrashuv vaqtida ular o ‘rtasidagi
munosabatlardagi muammoni hal etish zaru rb o ‘ladi. Misol: oilada
eri yoki xotinida kutilmaganda oralaridagi munosabat yoki
qarindoshlardan bin bilan munosabati keskin yomonlashadi. Mana
shu sababli oilada og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan
keskin vaziyat yuzaga kelishi mumkin.
2. Mijozga psixologning doimiy aralashishisiz o ‘zi mustaqil hal
eta oladigan m asalalarni yechishda, y a’ni odatda maxsus
professional psixologik biiimlar kerak boMmagan faqatgina muloqot,
sog‘lom mazmunga asoslangan hayotiy maslahat kerak bo‘lgan
masalalarni hal etishda yordam ko‘rsatish. Masalan, mijoz uchun
mehnat va dam olish qulay kun tartibini tanlab olishi, turli
faoliyatlar o'rtasida vaqtni to'g'ri taqsimlash shunday masalalar
hisoblanishi mumkin.
3. Mijozga aslida uzoq vaqt davomida ozmi-ko‘pmi doimiy
psixoterapevtik ta ’sir ko‘rsatish kerak bo‘lgan, lekin u yoki bu
sabablar oqibatida ushbu vaziyatda bunday imkoniyati bo‘lmagan
holatida vaqtinchalik yordam ko‘rsatish bunday holatda psixologik
m aslahatdan m ijoz duch kelgan rnuam m oning yanada
og‘irlashishiga y o ‘l q o ‘ymaydigan, salbiy jarayonlarning tez
rivojlanishini oldini oluvchi mijozga vaqtinchalik operativ yordam
ko‘rsatish vositasi sifatida foydalanish m um kin. Mijozda
kutilmaganda depressiya holati yuzaga kelishi shunday muammoga
misol bo‘lishi mumkin.
4. Mijoz okz muammosini tokg‘ri tushunib, umuman uni o‘zi
hal etishga tayyor bo‘lgan, lekin biror narsadan shubhalangan,
o‘zining to‘g‘ri yo‘l tutayotganiga tola ishonchi bo‘lmagan hollarda,
psixolog-m aslahatchi muloqot natijasida ular tom o n id an
professional va ruhiy qo‘llab-quwatlanadi, bu esa unda o‘ziga
ishonchini kuchaytiradi.
5. M aslahat o lish d an boshqa hech qanday im koniyati
bo‘Imaganda mijozga yordam ko‘rsatish. Bunday holatda psixologmutaxassis mijozga psixologik maslahat berar ekan, aslida u ancha toMa va uzoq vaqtli psixokorreksion yoki psixoterapevtik yordamga
muhtojligini tushuntirishga harakat qiladi.
6. Psixologik maslahat mijozga psixologik yordam ko‘rsatish
boshqa turlari o4rniga emas, balki faqat psixolog emas, uning o ‘zi
ham yuzaga kelgan muammoni hal etish bilan shug‘ullanishini
ko‘zda tutib ular bilan birgalikda, qo'shim cha mashg'ulot sifatida
olib boriladi.
7. Psixolog-maslahatchida tayyor yechim bolm agan, chunki
vaziyat uning imkoniyati doirasidan chiqqan, mijozga qanday bo‘lsa
ham mayli juda oz va samarasi yetarli bolm agan yordam ko£rsatish
kerak boMgan hoilarda, psixologik m aslahat quyidagi asosiy
vazifalarni hal etadi:
A) Mijoz duch kelgan muammoni aniqlashtirish, tushunib olish.
B) Mijozda yuzaga kelgan m uammoning mohiyati to‘g‘risida,
uning jiddiyligi darajasi haqida unga t L i s h u n t i r i b berish, mijozni
muammo bilan tanishtirish.
D) Mijoz paydo bo‘lgan muammoni mustaqil hal eta olishi
mumkinligini aniqlash maqsadida psixolog-maslahatchining mijoz
shaxsini o'rganishi.
E) Mijoz muammosini hal etishni eng yaxshi yoMini ko‘rsatish
bo‘yicha mijozga maslahat va tavsiyalarni aniq ifoda etish.
F) Mijoz o‘z imkoniyatlarini hal etishga kirishgan holatida
mijozga qo‘shimcha amaliy maslahatlar sifatida kundalik yordam
ko'rsatish.
G) Mijozga kelajakdashu kabi muammolarni yuzaga kelishining
oldini olishni olrgatish, psixoprofilaktik vazifasi.
H) Psixolog-maslahatchi mijozga uning o ‘zi qollashi mum kin
boMgan oddiy, hayotiy zarur psixologik bilim va malakalarni berish.
Aytib o‘tilgan vazifalarni harbirini ko‘rib chiqamiz.
Muammoni aniqlashtirish mijozni diqqat bilan tinglab, uni bir
qancha vaqt kuzatib psixolog-maslahatchi uning m uam m osi
mohiyati aslida nimadan iborat ekanligi to ‘g‘risidagi xulosaga
kelishidan iborat bo‘ladi. Ba’zida uning xulosalari mijozning fikri
bilan mos keladi, ba’zan esa umuman mos kelmaydi.
Xulosalar mos kelmagan holda psixolog-maslahatchi mijozga
u maslahatni nima uchun dastavval mijozning o ‘zi o ‘ylagan, undan farq qiluvchi aynan mana shu xulosaga kelganligini tushuntiradi.
Shunday tushuntirish davomida psixolog-maslahatchi uning
m uam m osi n im a d a n iborat ekanligini dalil, asoslar bilan
tushuntirish bilan birga nima uchun ushbu muammo yuzaga
kelganligini va uni qanday qilib amaliy hal etish mumkinligini
ham ko‘rsatib beradi. Keyin, mantiqiy zarur va odatda avvalgisi
bilan birga amalga oshiriladigan qadam — bu mijoz shaxsini
psixologik o‘rganish hisoblanadi. Buni o‘rganmay turibbirinchidan
— mijozning o kz muammosini to'la, chuqur tushunib yetishga,
ikkinchidan - uni hal etishda mijozning faol ishtirok etishiga
tayanib bo‘lmaydi. Maslahat olib borishda mana shu ishni bajarib
psixolog mijozga uning muammosini tushuntirish, shu bilan birga
uning individual xususiyatlarini hisobga olish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Shundan keyin psixolog-maslahatchi muammoning mohiyatini
o‘zi tushunishi va mijoz individualligini hisobga olib, uni hal etish
bo‘yicha tavsiyalarni ifoda etib beradi. Bunday tavsiyalar qisqacha,
oddiy va mijoz tushunadigan bo‘lishi kerak.
H ardoim ham mijoz psixolog-maslahatchidan oigan maslahat
va tavsiyalarini amalga oshirishga kirisha olmaydi. Ko'pincha
o'zining tajribasizligi yoki bilmasligi sababli xatoga yo‘l qo‘yadi va
psixolog-maslahatchi tomonidan kundalik yordamga muhtoj
bo‘ladi. Psixolog-maslahatchi esa mijozni tinglab, o‘zi va u uchun
muammoni aniqlashtirib, uni to'g'ri hal etish bo‘yicha tavsiyalar
taklif etib, o‘zining professional burchini to la bajardi, deb o‘ylashi
kerak emas. Mijozning oigan maslahat va tavsiyalarini xatosiz
amalga oshirishni ta’minlash ham psixolog-maslahatchining vazifasi
hisoblanadi. T V g fcri mijoz psixolog-m aslahatchidan oigan
tavsiyalarni bajarishni xohlamasligi ham mumkin. Odamlar
hayotlarida duch keladigan muammolar shunday bo‘ladi-ki, ular
takroran yuzaga keladi, ularni bir marotaba ha! qilinishi ular
kelajakda yana bir bor yuzaga kelmasligiga to la kafolat bo‘la
olmaydi. Shuning uchun mijoz bilan maslahat berish ishlarini olib
borganda kelajakda bunday muammolar yuzaga kelmasligiga
harakat qilish kerak. Xususan mana shu psixoprofilaktikaning
vazifalaridan biri hisoblanadi. Uni hal etib psixolog-maslahatchi mijozning olzi o ‘z harakatlari bilan hayotida kelajakda shunga
o'xshash muammo takror yuzaga kelishining oldini olish va hal
qila olishga erishadi. Mijoz psixoprofllaktik masalani mustaqil hal
qilishga qodir boMishi hamda o‘ziga o kzi zarur yordamni ko‘rsata
oladigan boMishi uchun psixolog-maslahatchi b a’zida ixtiyoriy
ravishda uning uchun kasbiy zarur bolmagan vazifani oladi: mijozga
foydali bo'lgan oddiy psixologik bilimlar beradi.
Psixologik maslahat turlari
Turli odamlar psixologik maslahatga muhtoj bolganligi va turli
masalalarda ular yordam so‘rab murojaat etganliklari sababli
psixologik maslahatni mijozlar individual xususiyatlariga va
muammolariga qarab turlarga ajratish mumkin. Birinchi navbatda
intini-shaxsiy deb ataluvchi psixologik m a slah atn i ajratib
ko‘rsatamiz, ko‘pchilik odamlarda ko‘pincha m ana shunday
maslahatga talab yuzaga keladi. Ushbu turga shaxs sifatida odamga
chuqur ta ’sir ko‘rsatadigan, unda kuchli hayajonlar uyg‘otadigan,
atrofdagi o d am lard an yashiriladigan m a salala r b o ‘yicha
maslahatlarni kiritish mumkin. Bular odam nima bo‘lsa ham ularni
yo'qotishni xohlaydigan psixologik yoki xulqi muammolari,
shaxslararo m unosabatlar bilan bog‘liq m u a m m o lar, turli
qolrqinchlar, muvaffaqiyatsizliklar, shifokor aralashuvini talab
etmaydigan psixogen kasalliklar va boshqalar. Bunga odamning
0‘zidan o‘zi qoniqmasligini intim, masalan jinsiy muammolarni
ham kiritish mumkin. Keyingi ahamiyati bo'yicha va hayotda ko'p
uchraydigan psixologik maslahatning keyingi turi - oilaviy maslahat
hisoblanadi. Bunga odamning o ‘z oilasida yuzaga keladigan
masalalar bo‘yicha maslahatlarni kiritish mumkin. Bular xususan
boMajak turmush o‘rtog‘ini tanlash, oilada o lzaro munosabatlarni
to‘g;ri tashkil etish va boshqarish, oilaviy munosabatlarda bo‘lishi
mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olish va bartaraf qilish, erxotinlarning qarindoshlari bilan munosabatlari, kundalik oilaviy
muammolar bo‘lishi mumkin.
M aslahatlarning uchinchi turi — psixologik-pedagogik
maslahatdan iborat. Bunga maslahatchining mijoz bilan bola!arni
tarbiyalash va o‘qitishni, biror ishga 0‘rgatish ham da kattalarning
pedagogik malakasini oshirishni, pcdagogik rahbarlik, bolalar va
kattalar guruhlari, jamoalarni boshqarishni kiritish mumkin.
Psixologik-pedagogik maslahatning eng ko‘p tarqalgan to‘rtinchi
turi — amaliy maslahatlar. U o‘z navbatida odamlar faoliyati turlari
necha xil bo‘lsa, shuncha turlariga ega boMadi. Umuman olganda,
odamlarning amaliy ish bilan bogliq muammolarini hal etish amaliy
maslahat deb ataladi. Bunga inson uchun kasb tanlashni, odamda
qobiliyatlarini rivojlantirish, lining mehnatini tashkil qilish, ish
bajarish qobiliyatini oshirish, ish bo‘yicha muzokaralar olib borish
masalalarini kiritish mumkin.
Aytib o‘tilgan psixologik maslahat turlarining har biri boshqasi
bilan o ‘xshashdir, masalan har xil faoliyat turlarida bir turli
vaziyatlarda o ‘zining psixologik talqin qilinishi bo‘yicha bir xil
m uam m olar yuzaga kelishi mumkin. Lekin shu bilan birga
psixologik m aslahatlar aytib o ‘tilgan har bir turida o'zining
xususiyatlari mavjud. Ularni ko‘rib chiqamiz.
Intim -shaxsiy maslahatlar odatda begona shaxslardan sir
tutilishini va shu bilan bir vaqtda maslahatchi va mijoz muloqotlari
uchun o c h iq boMishini, ular o 'rtasid a o ‘zaro ishonchli
munosabatlarni talab etadi. Bunday psixologik maslahat alohida
vaziyat yaratilishini talab etadi, chunki ko'nglidagini ochiq aytishni,
tavbani eslatadi.
Maslahatning bu turi bevosita taalluqli boMgan muammolari
tabiati bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yoki qisqa vaqtli bo‘lishi mumkin
emas. U birinchidan - psixolog-maslahatchining hamda mijozning
katta psixologik tayyorgarligini, ikkinchidan - psixologmaslahatchining mijoz bilan uzoq vaqt, odatda oson bo’lmaydigan
suhbatini, uchinchidan - mijozda paydo bo'lgan muammoni hal
etish uchun ancha uzoq vaqtni ko‘zda tutadi. Uzoq vaqt talab
etilishi intim -shaxsiy xususiyatdagi m uam m olar darhol hal
etilmasligi bilan bog‘liq.
Oilaviy maslahat o ‘z navbatida psixolog-maslahatchi oilaviy
muammoning mohiyatini, ularni hal etish usullarini bilishni, iloji
bo‘lsa shaxsiy oilaviy hayotida ularni bilishni talab etadi. Oilasi
bo'lm agan o dam lar oilaviy maslahatlar bilan muvaffaqiyatli
shug‘ullanishlari qiyin bo‘ladi, aksi ham bo'lishi mumkin. Oila
qurishga yoki oilani saqlab qolishga urinm agan inson yaxshi
psixolog-maslahatchi boMishi qiyin. U ning shaxsiy tajribasi
odamlarga salbiy mazmunda foydali boMishi mumkin. Oilaviy
munosabatlarda salbiy hayotiy tajribaga ega odam boshqalarga
oilaviy hayotda nimalarga yoM qo‘ymaslikni aytib berishi mumkin,
lekin oilani saqlab qolish va o‘zaro munosabatlarni yaxshilash
yo‘Ilarini ko‘rsata olmayapti. Biroq bu qoidada ham o‘zgacha
holatlar bo‘lishi mumkin. Psixologik amaliyotda oilaviy hayotda
o ‘zlari ko‘p marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan odamlar ham
oilaviy masalalar bo‘yicha yaxshi psixolog-maslahatchi bo‘lib
chiqqanlari m a’lum.
Psixologik-pedagogik m aslahat bcrish o ‘z navbatida
maslahatchining pedagogik m a’Iumotga, o ‘qitish, odamlarni
tarbiyalash tajribasiga ega boMishini talab qiiadi. Sobiq o'qituvchi
va tarbiyachilar pedagogik ish tajribasi hamda kerakli m a’Iumotga
ega b o‘lib, odatda psixologik-pedagogik masalalar b o Lyicha yaxshi
psixolog-maslahatchi b o lib chiqadilar.
Psixologik-pedagogik maslahatga nisbatan aytilgan gaplar amaliy
maslahatga ham taalluqlidir. Bu ish bilan psixologik maslahat olib
bormoqchi boMgan faoliyat sohasini shaxsiy tajribasi orqali yaxshi
bilgan odamlar shug‘ullanishlari mumkin.
Psixologik maslahatning samarali bo‘lish sharti
Psixologik maslahat keraklicha muvaffaqiyatii boMishi uchun,
ya’ni iloji boricha ijobiy natijalarga erishish uchun maslahat berish
jarayonida qator shartlarga amal qilish kerak. Ushbu shartlar
mohiyatini ochib beramiz va tushuntirib beramiz.

Yüklə 142,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin