ushbu yodgorlikni Nikomaxning о‘g‘li,
buyuk donishmand va avliyo
Arastu xotirasiga о‘rnatdi” .
Sharq asotirlarida yozilishicha, bir kuni Iskandar Zulqarnayndan
sо‘radilar:
- Ne sababdan ustozing Arastuni otang Sulton Faylaqus (Filipp)dan
ham a’lo kо‘rasan?
Shoh Iskandar shunday javob qaytaradi:
- Otam mening jismimni tarbiyalab, osmondan yerga olib tushdi.
Ustozim Arastu esa
mening ruhimni tarbiya qilib, yerdan osmon qadar
yuksaltirdi.
Arastu peshonasiga sochini tushirib, kalta soqol qо‘yib yurgan.
zamondoshlarining guvohlik berishicha, lablari chetidagi doimiy kinoyali
tabassum natijasida paydo bо‘lgan ajinlar Arastu о‘zini faylasuf
Aflotunninig shogirdi, deb bilishidan darak berardi. Arastu Yunon ilm fani
qо‘lga kiritgan bilimlarni egallash borasida Aflotunni hatto shoh
Iskandardan ham ustun qо‘ygan.
Miloddan avvalgi 336 yilda Arastu Afina shahrida о‘zining xususiy
maktabini ochdi. Bu ilmgoh kurash maktablari qatorida va Afinaning
shimoliy darvozasidagi Likey maydonlariga tutash yerda joylashgandi.
Arastuni hayajonga soluvchi muammolar favqulodda qiziqarli va
teran edi. Masalan: inson eng avvalo о‘zining
sevishi kerakmi yo
boshqanimi, degan savol uni kо‘p о‘ylantirardi. О‘zini kо‘proq sevgan
odamni xudbinlikda ayblaydilar. Boshqa tomondan olib qaralganda esa,
inson avvalo о‘zining eng yaqin dо‘sti bо‘lgan kimsani kо‘proq qadrlashi
va
sevishi lozim, deyiladi. Vaholanki, har bir odamning о‘zidan о‘zga
sadoqatli dо‘sti bormi dunyoda? Demak inson avvalo о‘zini hurmat qilishi
va sevishi lozim, deb fikr yuritadi Arastu.
Agar faylasuf Zenon Eleyskiy Arastuga zamondosh bо‘lganida shu
sо‘zlari uchun unga ta’zim qilishi turgan gap edi.
Arastu havas qilarli darajada о‘tkir zehn sohibi bо‘lgan.
U 445270 satrdan iborat 28 ta kitob yozgan. Faylasufning
“Metodika”, “Metafizika”, “Jon haqida”, “Poetika”, “Osmon haqida”,
“Fizika”, “Ritorika”, “Sevgi haqida”, “Uyqu va bedorlik haqida” asarlari
shu kitoblar sirasiga kiradi.