esa oraz (aksidensiya), deb hisoblaydi. Roziy inson aql-idrokining
qudratiga yuqori baho berib, insonni tabiatdagi predmet va hodisalarning
mohiyatini bilishda benihoya qudratga ega, deb ta’kidlaydi. Uning falsafiy
ta’limoti bо‘yicha, inson о‘zining aql va tafakkur qobiliyati bilan butun
hayvonot dunyosidan farq qiladi. Inson dunyo hodisalarini bilishda о‘z
sezgi va idrok kо‘rsatmalariga tayanishi va aqliy qobiliyatiga ishonishi
lozim. Shundan kelib chiqqan holda, u har xil payg‘ambarlar va din
mutaassiblari tomonidan qilingan va qilinadigan mо‘jizalarga,
kо‘rsatiladigan karomatlarga ishonmaslikni aytadi. Roziy, inson-
idrokining qudrati va kuchiga, uning bilish qobiliyatiga ishongan holda,
kishilarni ilm-fan va ma’rifatni egallashga chaqiradi, u insonlarning baxtli
hayotga erishishi ularning ilm-fanni egalashi orqali rо‘yobga chiqadi, deb
tushuntiradi. Bizning uchun eng sharafli bо‘lgan narsa, deydi u, - faqat
jismoniy lazzatlarga intilish emas, balki ilm va ma’rifat orttirish va
haqiqatga erishishdir. Uning falsafiy ta’limoticha, inson hayotining
mohiyati baxtli turmushga erishishdir. Shuning uchun har bir kishi baxtli
hayot uchun kurashishi kerak. Bu kurash ikki yо‘ldan iborat. Birinchisi:
hayotning hamma moddiy ne’matlaridan foydalangan holda, ijtimoiy
hayotda faol ishtirok etish: ikkinchisi, eng oliy axloq iqtisodiy yetuklikka
erishishdir. Bunga erishish insonning о‘ziga bog‘liq. Inson о‘z taqdirini,
о‘z hayotini о‘zi yaratadi. Eng baxtli kishi insonlarga eng kо‘p foyda
keltirgan kishidir. U о‘zining “Kitob tibbi ar-ruhoniy” risolasida
insonlarning eng oliy axloqiy-iqtisodiy yetuklikka erishish yо‘llari haqida
fikr yuritib, bu yо‘lda uchraydigan tо‘siqlar, kishidagi bо‘lidigan
kamchiliklar va ularni yengib о‘tish yо‘llarini ham kо‘rsatib beradi.
Uningcha, eng oliy ahloqiy-iqtisoiy yetuklikka erishgan odam, ya’ni
haqiqatdan, eng mu’tabar faylasuflar intilgan hol qisqacha shundan iborat:
kishilar bir-biriga nisbatan adolatli munosabatda bо‘lishi, bir-birini ochiq
kо‘ngillik va xushmuomalalik, rahmdillik bilan qabul qilishi, yordam
qilishi, kishilarga nisbatan yaxshi munosabatda bо‘lish, baxt va saodatga
intilishidir.
Dostları ilə paylaş: