unga bо‘ysunadilar, aks holda inson eng kichik hayvondan ham ojiz bо‘lar
edi.
Beruniy
fikricha, inson tafakkurining qudrati shundaki, uning
yordamida voqea va hodisalarni bir-biriga solishtirish, tahlil qilish orqali
rostni yolg‘ondan, adolatni adolatsizlikdan, yaxshini yomondan, haqiqatni
esa nohaqlikdan ajratishi mumkin. Bu psixologiya
fanini rivojlanishiga
ijobiy ta’sir kо‘rsatishini isbotlaydi.
Beruniy inson xotirasini “tangrining tuhfasi” deb ta’kidlagan.
Xotirasi kuchsiz kishilarda, uni tirishqoqlik va kо‘p shug‘ullanish bilan
mustahkamlash mumkin degan g‘oyani ilgari suradi.
Beruniy inson ruhiyati haqida sо‘z yuritar ekan, uning bir-biriga aks
ta’sir kо‘rsatadigan qismlardan
iborat tanaga ega ekanini, bu qismlar
bо‘ysunuvchi kuch sifatida birlashganini, ruh esa kо‘p
hollarda tana
haroratiga tobe bо‘lishini va shu sababli unda xilma-xil holat vujudga
kelishini aytadi.
Dostları ilə paylaş: