Ibn Rushd Aristotel qarashlarini davom ettirib, о‘z falsafasida
materializm elementlarini rivojlantirgan, shu asosda о‘z shaxsiy falsafiy
sistemasini yaratgan buyuk arab faylasufidir. U о‘z qarashlarida xudoning
mavjudligini e’tirof etsa-da, dunyoni, materiyani xudo yaratmagan, deydi.
Ibn Rushd ta’lim
berib aytadiki, dunyo, materiya boshlanishga ham,
oxiriga ham ega emas. Materiya benihoya, abadiy va azaliy, deydi. Uning
qarashicha, moddiy dunyoda faqat zaruriyat hukm suradi, xudo ham shu
zaruriyatga bо‘ysunadi.
Ibn Rushd ortodoksal islom-kalom ta’limoti ilgari suradigan:
kishining о‘lgandan keyin tirilishi,
oxiratning mavjudligi, «u dunyo»
tо‘g‘risidagi qarashlarni butunlay rad qiladi. U insondagi jonni tana bilan
chambarchas bog‘liq, undan ajralmas, deydi.
Uningcha, jon umuman
olganda о‘lmasdir, bir butun holda olganda, insoniyat ham о‘lmasdir,
uning umumiy aqli, ya’ni umumiy aql ham о‘lmas va adabiydir.
Inson
aqli haqiqatni bilishga qodir.
Ibn Rushd о‘z davri uchun progressiv bо‘lgan «ikki xil haqiqat»
tо‘g‘risidagi ta’limotni yaratadi. Bu ta’limotda aytilishicha, ilmiy-falsafiy
fikr erishgan haqiqat diniy ta’limotlarda mavjud haqiqatlarga mos
kelmasligi mumkin. Uning bu fikri о‘z navbatida fanni va falsafani
dinning, ilohiyotning iskanjasidan, dindorlar
tazyiqidan ozod qilishda
muhim rol о‘ynaydi.
Ibn Rushd о‘zining Abu Hamid Muhammad G‘azzoliy asari-
«Faylasuflarni rad etish» («Taxofut-ul-falosifa»)ga qarshi yozgan
«Faylasuflarni rad etish» («Taxofut-ut-taxofut») asarida G‘azzoliyning
islom ortodoksal kalom ta’limotini qattiq tanqid qiladi.
U kishi oliy
kamolotga faqat zikru sano orqali emas, balki falsafiy bilimlarni egallash
orqali erishadi, deb ta’lim beradi. Ibn Rushdning bu falsafiy ta’limoti
О‘rta asrdagi Yaqin va О‘rta
Sharq mamlakatlarida, keyinchalik esa
uyg‘onish davri Yevropa mamlakatlarida falsafiy qarashlarning
rivojlanishida katta rol о‘ynaydi. U О‘rta asr
hurfikrligining eng yirik
namoyandalaridan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: