marta chо‘milish
mumkin emas, chunki daryoda tinimsiz yangi-yangi
suvlar oqib turadi”. “Dengiz suvi ham toza ham toza emas. U baliqlarga
davo, hayotbaxsh bо‘lsa, insonlarga ichish uchun yaramaydi va
zararlidir”. “Eng kelishgan maymun inson zotiga nisbatan eng xunukdir”.
“Eshakka xashak oltindan a’lo turar”. “Tabiat qarama-qarshilikka intiladi,
lekin bir-biriga о‘xshashlik emas, homoxanglik tug‘diradi”. Masalan,
tabiat inson individlarini
qarama-qarshi jinslardan, erkak va ayollardan
tuzgan, demak, ularni qarama-qarshi jinslardan yaratgan, bir xil jinslardan
emas. San’at ham, xuddi tabiatga о‘xshash qarama-qarshiliklardan, turli
хil ohangliklardan tashkil topadi. Rasm ham qora, qizil, sariq, oq
bо‘yoqlar birligidan paydo bо‘ladi.
Musiqada esa, yuqori, baland, past
turli ovozlardan ohang, kuy, ashula hosil bо‘lib, sо‘zlar tashkil topadi va
h.k.
Miloddan avvalgi asrning ikkinchi yarmida yashab о‘tgan Yunon
faylasufi Kratil shunday degan edi: “Geraklit (Buqrot) aytganidek,
oqayotgan
suvga ikki marta emas, hatto bir marta ham shо‘ng‘ib
bо‘lmaydi. Chunki nima haqda gapirmaylik, biz tugal fikr aytib
ulgurmasdan uzluksiz о‘tkinchilik qonuniga bо‘ysunuvchi
har qanday
voqelikning mohiyati о‘zgarib ketadi”. Lekin uning g‘oyalari psixik
hayotni hamma eshiklarini ochishga kalit bо‘la olmas edi. Geraklit
о‘zidan oldin о‘tgan
milet maktabi, faylasuflari Fales, Anaksimandr,
Anasimenlarning ruh bо‘linmasligi tо‘g‘risidagi fikrlarini izdoshidir.
Dostları ilə paylaş: