1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja



Yüklə 463,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/20
tarix20.07.2023
ölçüsü463,81 Kb.
#136991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi

Geraklit hayoti
: Geraklit Mileyet bilan qо‘shni bо‘lgan dengiz forti 
Efesda tug‘ilib о‘sgan. U miloddan avvalgi 500 yillar atrofida, ya’ni 
Falesdan taxminan 80 yildan sо‘ng yashab о‘tgan. 
U podshoh xonadoniga mansub bо‘lib, akasining foydasiga shohlik 
martabasidan voz kechgan. 
U “kosmos” sо‘zini birinchi bо‘lib qо‘llagan Yunon faylasufi edi. 
(“kosmos” sо‘zi “tartib” degan ma’noni anglatadi. Bu sо‘z dastlab davlat 
tizimi va hatto ayollarni “tartib”ga keltiruvchi pardoz andoz anjomlariga 
nisbatan ham qо‘llanilgan. “Kosmetika” sо‘zi shundan kelib chiqqan). 
Geraklit tо‘g‘risida bir necha tarixlar ma’lum, biroq ularning real 
negizga egaligi ehtimoldan ancha yiroq. Bularning hammasiga 
qaramasdan, saqlanib qolgan parchalar asosida uning obrazini qayta 


tasvirlash imkoniga egamiz. Geraklit har doim ham о‘z zamondoshlari 
tomonidan tushunilmagan, mahdud, achchiq istehzoli faylasuf sifatida 
gavdalanadi, u zamondoshlarining о‘zini anglab yetishmaganligi uchun 
ularning aqliy qobiliyatlarini juda past deb qaragan. Mana shuning uchun 
u odamlarning fikrlari va nuqtai nazarlari “bolalarning о‘yinchoqlariga” 
о‘xshaydi, deb ta’kidlagan. Geraklitga doir yana bir parchaga binoan, 
tushunmaydigan odamlar karlarga, “ishtirok eta turib qatnashmayotgan” 
kishilarga о‘xshaydi. Buning ustiga, Geraklit kо‘pchilik fikrini nazarda 
tutib, uning vakillarini “poxolni oltindan afzal kо‘radigan eshaklarga” 
qiyoslaydi.
Zamondoshlarining Geraklit ta’limotini tushunmaganligi, shubhasiz, 
nafaqat kо‘pchilikni notо‘g‘ri fikrlashi bilan bog‘liq edi. Geraklitga 
faylasuf sifatida “Noma’lum” degan laqab berilgan. U kо‘pincha о‘z 
fikrlarini noaniq va kо‘p ma’noli majozlar yordamida bayon qilardi. 
Afsonaviylikdan qat’iyat bilan yiroqlashishga harakat qilgan miletlik 
naturfaylasuflardan farqli ravishda Geraklit afsonaviylik uslubida bayon 
qilish tarafdori edi. 
U miletliklarda bо‘lgani kabi ilmiylik darajasiga ega bо‘lmagan. U 
Parmenidga о‘xshab mantiqiy, puxta belgilangan tushunchalarni ham 
qо‘llamagan. Geraklit his qilish va kuzatuvga tayangan – uning nutqi 
folbinlarning gap-sо‘zlariga о‘xshab ketardi. 
Bizning bilishimizcha, Geraklit о‘z asarlarini Artemida Efesskaya 
ibodatxonasida saqlagan. Uning kо‘p parchalari saqlanib qolgan. 126 ta 
parcha haqiqatdan ham unga tegishli deb hisoblanadi, 13 ta parchaning 
muallifi kimligi shubhalidir. 
Geraklitning parchalarida boshqa faylasuflar ham esga olinadi. Bu 
shundan dalolat beradiki, faylasuflar nafaqat tashqi hodisalar bilan qiziqa 
boshlagan, shu bilan birga ular falsafiy muammolar xususida boshqa 
faylasuflarning bildirgan fikrlari tо‘g‘risida ham muayyan pozitsiyani 
namoyon etishgan. Natijada, faylasuflar о‘rtasidagi bahs-munozaralar va 
bir faylasuflar asarlarining boshqa faylasuflar asarlarida izohlanishi 
tufayli falsafiy an’ana vujudga keladi va qо‘llab quvvatlanadi.
Qadimgi yunon falsafasining yana bir vakili 

Yüklə 463,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin