1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja



Yüklə 463,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/20
tarix20.07.2023
ölçüsü463,81 Kb.
#136991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi

Empedokl
(mil. 
avv.490-430y.y.) о‘z falsafiy qarashida narsalarni tashkil etgan 


elementlar va ulardan hosil bо‘lgan narsalarni harakatda, deb qaragan. U 
bu harkatlarning sababi, 6 deb “dushmanlik” va “dо‘stlik”, ishq-muhabbat 
va rashk, raqiblik kabi qarama-qarshi kuchlardir, deydi. Empedokl о‘z 
mushohada va kuzatishlaridan kelib chiqib, chindan ham qarama-qarshi 
kuchlar tortish, birikish, qо‘shilish dо‘stlik, muhabbat, sevgi tufayli sodir 
bо‘lsa; itarilish, ajralish, raqiblik, yomon kо‘rish, nifoqlik, dushmanlik 
tufayli vujudga keladi, deb xulosa chiqaradi. 
Fales hayoti:
Bizning eng qadimgi grek faylasuflari va ularning 
ta’limotlari tо‘g‘risidagi bilimimiz g‘oyat kam. Bizda ular haqidagi 
ishonchli axborotlar kо‘p emas, ularning о‘z asarlari bizga kо‘proq 
parchalar holida yetib kelgan. Shuning uchun, ular tо‘g‘risida aytiladigan 
ma’lumotlar taxminlar va ularning ta’limotlari haqida boshqa faylasuflar 
hikoya qilib ketgan xotiralarga asoslanadi. 
Fales miloddan avvalgi 624 yil bilan 546 yil oralig‘ida yashab о‘tgan, 
deb hisoblanadi. Bunday taxmin qisman Falesning miloddan ilgarigi 585 
yildagi quyosh tutilishini oldindan aytib berganligi haqida yozgan 
Gerodot (miloddan avvalgi 484-430/420 yillar atrofida yashagan) fikriga 
asoslanadi. 
Boshqa
 
manbalar Falesning Misr bо‘ylab sayohati tо‘g‘risida 
ma’lumot beradi, bunday sayohat о‘sha paytdagi greklar uchun ayniqsa 
noodatiy hol bо‘lgan. Yana shunday ma’lumotlar borki, Fales 
ehromlarning balandligini hisoblash masalasini uning о‘z soyasi о‘zining 
bо‘yi о‘lchamiga tenglashgan paytda ehromdan tushgan soyaning 
uzunligini о‘lchash yо‘li bilan hal qilgan. 
Miletlik Fales о‘z zamonasidagi yetti donishmandning biri bо‘lgan. 
Aytishlaricha, Fales shu yetti donishmandning ichida yetakchilik qilgan. 
U birinchilardan bо‘lib tabiat haqida fikr yuritgan. Quyosh tutilishi uning 
oy bilan tо‘silishi tufayli yuz berishini birinchi bо‘lib Fales anglagan, 
diametr aylanani teng ikkiga bо‘lishini isbotlab bergan. 
Fales falakiyotshunoslik bilan ham shug‘ullanib, quyosh tutilishini 
oldindan aytib bergan. 
Fales Misr ehromlarining balandligini ularning soyasiga qarab 
о‘lchagan. U yolg‘izlikda hayot kechirib, davlat ishlariga aralashmagan. 


Falesning quyosh tutilishini oldindan aytib berganligi haqidagi 
hikoya uning ehtimol, Bobildan о‘tib kelgan astronomiyaga oid bilimlarni 
bilganligini kо‘rsatadi. U shuningdek, matematikaning greklar tomonidan 
rivojlantirilgan sohasi geometriyaga doir bilimlarni ham egallagan. 
(Arifmetika va nol bizga arablardan yetib kelgan. Bizning raqamlarimiz 
greklar yoki rimliklarniki emas, balki arablarnikidir). Matematik 
fikrlarning universalligi greklarda nazariya va nazariy tekshirish haqidagi 
tasavvurlarning shakllanishiga yordam bergan. Darhaqiqat, matematik 
fikrlar alohida xususiy voqea-hodisalar haqidagi fikrlarga nisbatan 
boshqacha ma’noda haqiqiy bо‘lib hisoblanadi. Shuning uchun 
matematikaga doir universal fikrlar nomatematik fikrlarga nisbatan 
qо‘llananiladiganidan boshqacha usulda tanqid qilinishi kerak. Bularning 
hammasi 
dallillash 
uslublari 
va 
idrok 
etiladigan 
haqiqatga 
asoslanmaydigan fikrlarning rivojlanishini zarur qilib qо‘ydi. 
Ta’kidlanishicha, Fales Miletning siyosiy hayotida ishtirok etgan. U 
navigatsiya uskunalarini yaxshilash uchun о‘zining matematik bilimlarini 
qо‘llagan. U birinchi bо‘lib, quyosh soati bо‘yicha vaqtni aniq belgilab 
bergan edi. Va nihoyat, Fales qurg‘oqchilik tufayli hosil bо‘lmaydigan 
yilni oldindan aytib berib, uning arafasida zaytun moyini shaylab qо‘yish 
va keyinchalik uni foydasiga sotish yо‘li bilan boyib ketgan. 
Uning asarlari haqida kо‘p ma’lumot berish qiyin, chunki bunday 
asarlar bizga faqat boshqa kishilarning takroriy bayonlari orqali kelgan. 
Shuning uchun biz ularni bayon qilishda boshqa mualliflarning bu asarlar 
tо‘g‘risida bildirgan ma’lumotlariga tayanib ish kо‘rishga majburmiz. 
Arastu Metafizika asarida Fales jami mavjudot, ya’ni mavjud bо‘ladigan 
narsalar kelib chiqadigan va yana qaytib borib joylashadigan ibtido 
haqidagi masalalarni qо‘yadigan falsafa turini asoschisi bо‘lgan, deydi. 
Arastu yana shuningdek, Fales bunday ibtido suvdan (yoki suyuqlikdan) 
iboratdir deb faraz qilgan deydi. Biroq, agar hatto Fales haqiqatan ham 
shunday deb ta’kidlagan bо‘lsada uning bunda nimani nazarda tutganligi
aniq ma’lum emas. Bunday izohni hisobga olgan holda biz “Fales 
falsafasi”ni rekonstruktiv tarzda talqin etishga harakat qilamiz. 
Faylasuf Anaksimandr shogirdi Pifagor: “Donishmandlik ibtidosi: 
fikrlashni о‘rganish, vaysaqilikka barham berish” deya ta’kidlab ilk bora 


tafakkur operatsiyalariga e’tibor qaratish kerakligi haqidagi fikrlarni ilgari 
suradi.
Quyida Pifagorni bir qancha aforizmlarini keltirib о‘tamiz, ularni 
psixologik tahlil qilishga harakat qilib kо‘ring. 
- Tinglash va sukut saqlash seni donolikka yetaklaydi. Sukut-donolikning 
boshlanishi. 
- Bilimlilik va donishmandlikni ayni bir narsa deb hisoblamang. 
- Jonzotlarni о‘ldirishdan saqlaning, chunki odam о‘ldirish jonivorlarni 
о‘ldirishdan boshlangan. 
- О‘tgan kun haqidagi: “Men uni qanday о‘tkazdim, nimalar qildim-u
nimalarga ulgurolmadim?” - degan savollarga javob topilmaguncha 
kо‘zlaring uyquga ketmasin. 

Yüklə 463,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin