Demokrit va uning ustozi Levkipp (er.av.500—440) atomik materializm
nazariyasini ilgari surdilar. Unga kо‘ra barcha narsalar 2
ta asosdan -
bо‘linmas xarakatchan, sharsimon yengil atomlardan va bо‘shliqlardan
paydo bо‘ladi. Bu atomning eng harakatchanlari, ya’ni olov atomlari ruhni
hosil qiladi.
Bitta ilmiy isbotu dalilni qо‘lga kiritish men uchun fors saltanatiga
hokimlik qilishdan a’loroqdir,- degandi Demokrit.
ATOMIZM (yunon. atamos — bulinmas) — atomizm,
tabiat
hodisalari haqidagi materialistik ta’limot bо‘lib, birinchi marta eramizdan
avvalgi qadimgi dind faylasuflari, qadimgi yunon faylasuflari Levkipp va
Demokrit, keyinchalik esa Epikur (341—270), shuningdek, Rimlik
faylasuf — materialist Lukretsiy Kar (99— 1155)
tomonidan
rivojlantirilgan. Bu ta’limotga kо‘ra, materiya abadiy, о‘zgarmas hamda
bо‘linmas, harakatlanuvchi zarrachalardan, ya’ni atomlardan iboratdir.
Atomchilar bu ta’limotni ruhiy hayot sohasiga ham tatbiq qilganlar.
Jumladan, Demokrit (460—370)ning ta’biricha, atomlar shakl jihatidan
burchaksimon, ilmoqsimon g‘adir-budur bо‘lib,
harakatlanganda bir-
biriga ilinadi, natijada harakat sekinlashadi, bunday atomlar qattiq
jismlarni tashkil etadi. Atomlar yana dumaloq chuzinchoq shaklda ham
bо‘lib, tez harakatlanadi hamda gazsimon jismlarni tashkil qiladi. Inson
ham, tabiatdagi boshqa jismlar singari, ana shu atomlardan tashkil topadi,
insonning
tanasi sekin harakatlanadigan, ruhi esa tez harakatlanadigan
atomlardan iboratdir. Demokritning fikricha, ruh atomlari bir-birlari bilan
birikib, tananing sezuvchanlik qobiliyatini tashkil qiladi;
ruh atomlari
odamning butun vujudiga tarqalgan bо‘lib, ayniqsa kо‘z, quloq,
barmoqlar, yurak va bosh miyada zich joylashgandir. Sezgilar, his-
tuyg‘ular va fikrlar shu atomlar harakatidan iboratdir. Sezgilarimiz sezgi
a’zolari atomlarining,
tafakkurimiz miya atomlarining, hislarimiz esa
yurak atomlarining harakatidir. Demokritning fikricha,
atomlar odam
tanasida yashar ekan, u ongli hayot kechiradi, ularning bir qismi tanadan
chiqib ketsa, odam uxlaydi, agar yuqoridagi atomlarning barchasi tanadan
chiqib ketsa, odam о‘ladi. Atomizmning psixologiyadagi ahamiyatya
shundan iboratki, u tana о‘lishi bilan ruh ham о‘ladi deb,
uning
abadiyligini inkor qilgan. Demokritning xatosi shundaki, u psixikani,
ruhni moddiy deb hisoblagan.
Yana
bir grek mutafakkiri
Dostları ilə paylaş: