1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja


Abu Ali Ibn Sinoning psixologik qarashlari



Yüklə 463,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix20.07.2023
ölçüsü463,81 Kb.
#136991
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi

Abu Ali Ibn Sinoning psixologik qarashlari 
IX-XII asrlar musulmon Sharqi, xususan Markaziy Osiyo xalqlari 
tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy fikrlarining rivojiga о‘zining buyuk 
hissasini qо‘shgan qomusiy olimlardan yana biri Abu Ali Husayn Ibn 
Abdulloh Ibn Sino (980-1037)dir.
Abu Ali Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilib, 
sо‘ng Buxoroda о‘qib ulg‘ayadi. Bu yerda u turli ustozlardan ta’lim olib, 
о‘z davri ilmlari: matematika, mantiq, astronomiya, huquqshunoslik
fizika, kimyo, falsafa kabi dunyoviy ilmlarni chuqur о‘rganadi. Ayniqsa, 
u tibbiyot ilmini kuchli va zо‘r qiziqish bilan egallaydi. Tabobat saboqlari 
uning uchun shu qadar kuchli ta’sir qiladiki, u 16 yoshga kirganda bu soha 
ilmlarni nazariy о‘zlashtirish bilan cheklanmay, balki amaliy tibbiyot 
bilan shug‘ullanib, tabiblik ham qila boshlaydi. Abu Ali Ibn Sino 18 
yoshga tо‘lganda juda kо‘p ilm sohalarini egallagan bо‘ladi. U shu 
davrdan boshlab о‘zi ham bu sohalarga oid asarlar yarata boshlaydi. 
Abu Ali Ibn Sino о‘z davrining barcha ilg‘or ta’limotlarini, xususan, 
qadimgi Hind, Yunon, Turon, nihoyat, О‘rta asr arab, Uyg‘onish davri 
Markaziy Osiyo ilmiy merosi bilan chuqur tanishadi, ularni о‘z 
dunyoqarashida umumlashtiradi. U о‘zidan oldin о‘tgan Sharq olimlari, 
vatandoshlari: al-Xorazmiy, al-Kindiy, ar-Roziy, Forobiy asarlari bilan 
birga, yunon olimlari: Galen, Gippokrat, Yevklid, Arximed, Pifagor, 
Porfiriy, Platon, Aristotel asarlarini ham chuqur о‘rganadi. Ayniqsa, 
Forobiyning asarlari uning falsafiy va ijtimoiy qarashlariga katta ta’sir 
kо‘rsatadi. Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan asarlari orasida 5 tomdan 
iborat “Al-Qonun fit tib” (“Tib qonunlari”) asari, 18 tomdan iborat 
mantiq, fizika, matematika va metafizika (Falsafa)ni tо‘liq о‘z ichiga 
olgan “Kitob ash-Shifo”, “Kitob an-najot”, shuningdek 20 tomlik “Kitob 
al-Insof” (“Insof kitobi”), “Donishnoma” asarlarini alohida kо‘rsatib 
о‘tish mumkin. Ibn Sino insonni tana va jondan tashkil topadi, deydi. 
Miya esa jonni boshqaruvchi markazdir. Uning fikricha, hasharotlar, 
о‘simliklar, hayvonlar va insonlar qandaydir ichki kuch - jon (“an-
nafas”)ga egadir. Inson joni bunda eng oliy va yetuk jondir. Shuning 


uchun inson fikrlash hislatiga mavhum tushunchalarni о‘zlashtirish, bilish 
mavjudotning mohiyatini tushunish, maqsadli faoliyatlarni amalga 
oshirish qobiliyatiga egadir. Inson aqli jonning oliy darajadagi ifodasidir. 
Inson mavjudot mohiyatini bilishi uning tafakkurining dunyoviy aql bilan 
qо‘shilishi asosida vujudga keladi. 

Yüklə 463,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin