1-mavzu. Pul nazarisining asosiy tushunchalari. Pulning funktsiyalari va turlari



Yüklə 53,56 Kb.
səhifə2/20
tarix02.06.2023
ölçüsü53,56 Kb.
#123281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
1-мавзу лат (3)

Qog'oz pullar - to'laqonli pullarni taqdim etuvchi pul belgilaridir. Tarixiy jihatdan olganda, qog'oz pullar metall pullar muomalasi asosida kelib chiqqan. Ular bundan oldin muomalada bo'lgan kumush yoki oltin tangalarining o'rniga tatbiq etilgan. Pullar tovarlarning ayirboshlanishida vositachi bo'lib hisoblanadigan voqelikning o'zi, pullarning muomala vositasi sifatida faoliyat yuritishi ob'ektiv tarzda to'laqonli pullar o'rniga chiqarilgan pul belgilarining muomalasi mumkin ekanligini tasdiqladi. Kumush va oltin tangalar ishlatib kelingan ko'p asrlik tarix mobaynida siyqasi chiqqan va o'z shaklini yo'qotgan, ya'ni real og'irligi kamroq bo'lgan tangalar muomalada to'laqonli tangalar bilan bir qatorda amal qilishi va xuddi shunday qiymatni ifodalashi qayd qilindi. Bu metall tangalarni amalda hech qanday qiymatga ega bo'lmagan qog'oz pullar bilan almashtirish haqidagi fikrga olib keldi. Ilk qog'oz pullar eramizning XII asrida Xitoyda, Yevropa va Amerikada esa – faqat XvII-XvIII asrlarda paydo bo'ldi.
Rossiyada qog'oz pullar (assignatsiyalar) 1769 yilda joriy etilgan Qog'oz pullarning mohiyati shundan iboratki, ular pul belgilari hisoblanadi va odatda metallga ayirboshlanadi. Shuning uchun qog'oz pullar muomalada vakillik qiymatiga ega bo'ladi va xarid qilish va to'lov vositasi rolini bajaradi.
Qog'oz pullarni kim chiqarish huquqiga ega? Davlatning moliya muassasasi yoki markaziy banklar qog'oz pullarning emitentlari bo'lishadi. Davlatning moliya muassasasi qog'oz pullarni chiqarishdan bevosita o'z xarajatlarini qoplash uchun foydalanadi. Markaziy banklar esa bu ishni bilvosita bajaradi, ya'ni ular almashtirilmaydigan banknotalarni chiqarishadi va ularni davlatga ssudaga taqdim etadi, davlat bunday banknotalarni o'zining byudjet xarajatlari uchun yo'naltiradi.
Shuni qayd qilish zarurki, qog'oz pullarning iqtisodiy tabiatiga ko'ra ularga muomalaning beqarorligi va qadrsizlanish xosdir.
Qog'oz pullar emissiyasi miqdorlari, afsuski, tovar va to'lov aylanishlarining pullarga bo'lgan ehtiyoji bilan bog'liq emas. Ular, odatda, davlat xarajatlarini moliyalashtirish, byudjet taqchilligini qoplash uchun chiqariladi. Bu shuni anglatadiki, pullarning aylanishiga doimiy ehtiyoj bo'lganida yoki hatto u kamayganida ham davlatning pul mablag'lariga bo'lgan ehtiyojlari u yoki boshqa sababga ko'ra o'sishi mumkin.
Bunday holda qog'oz pullar massasining ko'payishi qog'oz pullarning haddan ortiq chiqarilganligini bildiradiki, bu pullarning qadrsizlanishiga olib keladi. Qog'oz pullarning haddan tashqari ko'p emissiyasi bilan bog'liq bo'lgan bunday pullarning inflyatsion qadrsizlanishi buning tipik ko'rinishidir. Qog'oz pullarning qadrsizlanishi, to'lov balansining yaxshi emasligi (mamlakat chet ellardan o'zi amalga oshirgan to'lovlarga nisbatan kamroq to'lovlarni olgan), milliy valyuta kursining pasayishi bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin.
Buning oqibatida qog'oz pullarga ularning tabiatiga ko'ra beqarorlik xos bo'ladi. Bunday sharoitda qog'oz pullar, shubhasiz, g'azna funktsiyasini bajarishga yaroqsiz bo'ladi.
Qog'oz pullarga xos bo'lgan kamchiliklar kredit pullarning qo'llanilishi tufayli birmuncha bartaraf etilishi mumkin.

Yüklə 53,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin