1. Mavzu: Rivojlanish psixologiyasiga kirish Reja Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari 2


Psixologik tadqiqotni o’tkazishga qo’yiladigan talablar



Yüklə 92,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix21.12.2023
ölçüsü92,08 Kb.
#188683
1   2   3   4   5   6   7
1. Mavzu Rivojlanish psixologiyasiga kirish Reja Rivojlanish ps (1)

Psixologik tadqiqotni o’tkazishga qo’yiladigan talablar
Pedagogik-psixologik eksperiment, tadqiqotning ishonchli vositasi bo‟lishi xamda 
natijalarning xaqqoniyligiga ishonch xosil qilish uchun va ushbu natijalar asosida to‟g‟ri xulosa 
chiqarish uchun tadqiqotda qo‟llanilgan psixodiagnostik metodika ilmiy asoslangan bo‟lishi 
kerak, bunda metodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: validlik, ishonchlilik, bir sifatlilik 
va aniqlik. Endi xar bir talabni aloxida ko‟rib chiqamiz.
"Validlik" - atamasi Yevropa tillaridan olingan bo‟lib va u quyidagi ma'noni anglatadi: 
"to‟laqonli", "yaroqli", "mos".
Psixodiagnostik metodikaning validlik sifatidagi tavsifi uning aynan o‟rganilayotgan 
psixologik xususiyatga mo‟ljallanganligi va ushbu psixologik xususiyatni baxolashga mosligi 
xamda yaroqligini ko‟rsatib beradi.
Metodikaning validlik tavsifi o‟ziga ushbu metodika orqali xaqiqatdan xam psixologik 
sifatni o‟lchash mumkin degan xulosadan tashqari uning qo‟llash mumkin bo‟lgan soxasini va 
uning sharoitlari xaqidagi ma'lumotlarni xam o‟ziga qamrab oladi.
Psixodiagnostik metodikaning validligi xaqida muloxaza qilar ekanmiz, validlikning bir 
nechta turlari borligini va ularning xar birini aloxida ko‟rib chiqish xamda baxolash zarurdir. 
Validlik - nazariy, amaliy, empirik, ichki va tashqi bo‟lishi mumkin.
Nazariy validlik - qo‟llanilgan metodika yordamida olingan ko‟rsatkichlarni, boshqa 
metodik vositalardan olingan ko‟rsatkichlar bilan ya'ni ko‟rsatkichlar orasida nazariy asoslangan 
bog‟liqlik borligini va tadqiq qilinayotgan sifat ko‟rsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi.
Nazariy validlikni bitta nazariyaga tayangan xolda, aynan bir xususiyatga tegishli xar xil 
metodikalardan foydalanish natijasida olingan ko‟rsatkichlarni korrelyasiyasi bilan tekshiriladi. 
Empirik validlik - sinaluvchining reaksiyasi va xatti-xarakatini kuzatish orqali, uning 
xaqqoniy xulqidagi diagnostik ko‟rsatkichlarining bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi. Agar 
sinaluvchining xarakterini qo‟llanilgan metodika yordamida baxolasak, ushbu odamning 
xayotdagi xarakter ko‟rinishini qo‟llanilgan metodikadan olingan ko‟rsatkichlar bilan bir xilligini 
aniqlasak, u xolda metodikani empirik va amaliy validli deb xisoblasak bo‟ladi.
Emprik validlik mezonlari bo‟yicha metodika odamlarning amaliy faoliyat natijalari 
xamda xaqqoniy xayotiy xuquqlarining ko‟rsatkichlarini taqqoslash bilan tekshiriladi.


Ichki validlik - metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, muloxazalarning umumiy maqsadga 
mosligini anglatadi. Metodikadagi subtestlar, topshiriqlar va undagi savollar qisman yoki 
butunlay biz o‟rganayotgan xususiyatni o‟lchay olmasa, u xolda ushbu metodika ichki validli 
emas yoki ichki validlik yetarli darajada emas, deb xisoblanadi. 
Tashqi validlik - xam xuddi empirik validlikka o‟xshash, undan farqli tomoni shundaki, 
sinaluvchining xulqiga taaluqli asosiy tashqi ko‟rinishlarning ko‟rsatkichlari bilan metodikadagi 
ko‟rsatkichlarning o‟zaro bog‟liqligiga e'tibor qaratiladi. 
Metodikani tuzish jarayonida darxol uning validligini baxolash juda murakkabdir. Odatda 
metodikaning validligini tekshirish va aniqlashda metodikani uzoq muddat qo‟llanilgandan so‟ng 
u xaqida xulosa chiqarish mumkin, chunki yuqorida ko‟rsatib o‟tilgan validlikning to‟rt turi xam 
tekshirilishi zarurdir. 
Validlikning turlaridan tashqari uning mezonlarini bilish axamiyatga molikdir: 
A) Xulqiy ko‟rsatkichlar - sinaluvchining xar xil xayotiy voqealiklardagi reaksiya va 
xatti- xarakatlari; 
B) Sinaluvchining faoliyatidagi yutuqlari: o‟quv, ish, ijodiy va xokazolar 
V) Xar xil nazorat sinov va topshiriqlarning bajarilganligi xaqida ma'lumotlar. 
G) Boshqa metodikalar yordamida olingan ma'lumotlar - validlik yoki tekshirilayotgan 
metodikani boshqa metodika bilan bog‟likligining yetarli darajadaligi. 
Metodikaning ishonchliligi - metodika yordamida barqaror, qa'tiy ko‟rsatkichlarni olish 
imkoniyatlari bilan tavsiflanadi.
Psixologik test natijalarini nazorat qilish murakkab omillarga tobedir va bu 
quyidagilardir:

asbob uskunalarning o‟lchov sifati 

psixologik testlarning doimiy relevant tavsifi 

sinaluvchining ko‟rsatmalarni to‟g‟ri tushunishi 

sinaluvchining xulqi, xatti-xarakati 

sinaluvchining dolzarb psixologik xolati. 
Psixodiagnostik tadqiqot jarayonida ushbu omillarning o‟zgarishi o‟lchovning 
ishonchlilik darajasini pasaytiradi, chunki bu omillarning doimiyligini saqlab turishning 
imkoniyati yo‟q, shuning uchun xam psixodiagnost metodikaning yuqori darajada 
ishonchliligiga amin bo‟lishi juda qiyin. Ushbu omillarning asosiylaridan biri metodikaning 
o‟zini ishonchligidir, chunki qolgan omillar olingan natijalarning doimiyligiga ta'sir xissasi 
ancha kichikdir.
Psixodiagnostik metodikalarning ishonchligini ikki xil usul bilan tekshirib chiqish 
mumkin:
1. 
Ushbu metodika yordamida xar xil odamlarda olingan natijalarni taqqoslash; 
2. 
Aynan bir xil sharoitda metodikani qo‟llash va undan olingan natijalarni 
taqqoslash;
Metodikaning aniqligi - psixodiagnostik tadqiqot paytida biror bir xususiyatni baxolashda 
ozgina o‟zgartirishga xam javob qaytarish qobiliyatida namoyon bo‟ladi.
Metodikaning aniqligini texnik o‟lchov asbob uskunalarning aniqligi bilan izoxlash 
mumkin. Masalan: santimetrga bo‟lingan metrdan, millimetrga bo‟lingan chizg‟ich bilan o‟lchov 
aniqroqdir.
Psixodiagnostik metodika qanchalik aniq bo‟lsa, o‟lchovning sifati shunchali yuqori 
bo‟ladi. Ammo amaliy psixodiagnostikada xamma vaqt xam o‟lchovning aniqligi baxolashning 
yuqori darajasi talab qilinmaydi. Masalan, butun tadqiqotda tanlama sinaluvchilarni ikkiga 
bo‟lish kerak bo‟lsa, u xolda qo‟llanilayotgan metodika aynan shunchaga mos xolda bo‟linishi 
kerak, undan ko‟pga xam kamga xam emas. Agar sinaluvchilar beshta guruxga bo‟linishi shart 
bo‟lsa, u xolda beshta o‟lchov shkalasi bor metodikani qo‟llash maqsadga muvofiq bo‟ladi va 
ular beshta punktdan iborat bo‟lishi kerak, masalan "xa", "yo‟qdan ko‟ra xa", "yo xa, yo yo‟q", 
"yo‟q xadan ko‟ra", "yo‟q" shaklida. Metodikanig bir sifatligi ushbu metodika yordamida 
olingan natijalar qay darajada, aynan bir xususiyatga taaluqli o‟zgarishni o‟lchashi bilan 


tavsiflanadi. Agar o‟rganilayotgan xususiyatlardan olingan ko‟rsatkichlar, ushbu metodika bilan 
bog‟liq bo‟lmagan boshqa bir xususiyatni ko‟rsatkichlarni namoyon qilsa, u xolda ushbu 
metodika bir sifatlilik mezoniga mos bo‟lmaydi. Masalan, tadqiqotchini shaxsning xulq 
motivlarini baxolash qiziqtirsa, u sinaluvchining xulq motivlariga taaluqli to‟g‟ridan-to‟g‟ri 
savollar berishi mumkin, u xolda olingan javoblar bir xillik mezoniga mos tushishi kamdan-kam 
xollarda ro‟y berishi mumkin, chunki sinaluvchi o‟z xulq motivlarini anglagan xolda 
eksperimentatorga xulq motivlarining ijobiy tomonlarini ko‟rsatishga xarakat qiladi. 
O‟quvchi, talabani faqat bilimlarni o‟zlashtirishini baxolash xam bir sifatlik mezonini 
to‟liq qanoatlantira olmaydi, chunki bilimni o‟zlashtirishiga xamisha xam ob'ektiv baxo 
qo‟yilmaydi, bunda o‟quvchining bilimlaridan tashqari, uning o‟qituvchi bilan munosabati va 
o‟quvchining xulqi ko‟rinishi xam namoyon bo‟ladi. 
Psixodiagnostikada biror bir metodikani qo‟llashdan oldin tadqiqotchi ushbu metodikani 
validli, ishonchli, aniqligi va bir sifatlilik talablariga javob bera olishiga to‟liq ishonch xosil 
qilishi shart. Aytib o‟tilgan mezonlardan asosiylari: validlik va ishonchlilikdir, agar o‟lchov 
uskunalari bu ikkala mezonga mos kelmasa, u xolda psixodiagnostikada bu vositalarni umuman 
qo‟llash mumkin emas. Mabodo metodikaning aniqligi va bir sifatliligi to‟liq bo‟lmasa xam 
metodikani aniq shartlar asosida qo‟llash mumkin. Ammo quyidagilarni unutmaslik zarurdir: 
noaniq metodika, o‟tkazilayotgan eksperiment natijalari biror bir xususiyatdagi kichik
o‟zgarishlarni aniqlash imkonini bermaydi; metodika bir sifatliligining to‟liq emasligi, xamisha 
xam aynan baxolanayotgan xususiyatdagi o‟zgarishlar darajasi bilan olingan ko‟rsatkichlarni 
taqqoslash imkonini bermaydi. 
Psixodiagnostik natijalarga qo‟llanilgan metodikadan tashqari voqea xamda xodisalar 
xam ta'sir qiladi, ya'ni berilgan ko‟rsatmalarni sinaluvchi tomonidan to‟g‟ri tushunmasligi va test 
vaqtida sinovchining xulqi va shaxs xususiyatlari o‟z ta'sirini ko‟rsatishi mumkin. Agar 
voqealikni sinaluvchi imtixon sifatida qabul qilsa, o‟zini shu voqelikka mos tarzda tutadi. Yuqori 
xavotirli odamni xamisha va xamma payt yuqori "xavotirlik" xolati qamrab oladi, xar qanday 
xodisani xavf sifatida qabul qiladi. Kichik darajali xavotirli odam buning aksidir, ya'ni o‟zini 
erkin tutadi.
Sinaluvchilarning xulqi, xatti-xarakati va ularning ko‟rsatgan natijalari, ko‟rsatmalarni 
qanday tushunishi bilan bog‟liqdir. Shuning uchun xam ko‟rsatmalarning aniq tuzilishi va ularni 
tez anglab olinishiga, psixologik tashxisda qat'iy talablar qo‟yiladi: 

ko‟rsatma sodda va tushunarli bo‟lishi; 

bir xil ma'nodagi so‟z va talaffuzlarni o‟ziga qamrab olmasligi

ko‟rsatmani iloji boricha yozma shaklda bo‟lishiga (ko‟rsatma berayotgan shaxs, 
ko‟rsatmani xar xil paralingvistik tarkibiy qismlar orqali ifodalashi mumkin:

mimika, talaffuz, temp, pauza va xatti- xarakatlar). 
Ba'zan tadqiqot natijalariga sinovchining xulqi va xatti-xarakati xam ta'sir qilishi 
mumkin. Masalan, eksperimentator xaqida sinaluvchining fikri ijobiy bo‟lsa, uning xatti-
xarakatida, munosabatida imkoni boricha sinovchiga yaxshi natija berishga xarakat qiladi. 
Buning aksi bo‟lsa, eksperimentatorga nisbatan sinaluvchida antipatiya bo‟ladi.
Asosiy ko‟rsatma: eksperimentator bosiq, muvozanatli, xatti-xarakati sinaluvchilarga nisbatan, 
yaxshi va do‟stona bo‟lishi kerak

Yüklə 92,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin