nazariy vazifalari : -
insonning butun hayot yo„li davomida psixik rivojlanishiga ta‟sir etuvchi va
harakatga keltiruvchi kuchlar, mexanizmlarni o„rganish;
-
ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish;
-
psixik rivojlanish davomida yosh xususiyatlari, rivojlanish qonuniyatlari va bilish
jarayonlarini o„rganish;
-
ma‟lum tarixiy davrda shaxs rivojlanishi hamda shaxs sifatida shakllanishini
tadqiq etish.
Rivojlanish psixologiyasining
amaliy vazifalari : -
insonning psixik funksiyalarining yosh davriga mos me‟yorlarni va ijodiy
qobiliyatning mavjudligini aniqlash;
-
psixologik rivojlanishda bolaning rivojlanishi, psixologik salomatligini nazorat
qilish va tizimlashtirish;
-
yosh va tibbiy diagnostika;
-
inson hayotining inqirozli davrlarida yordamni amalga oshirish.
Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi Rivojlanish psixologiyasi boshqa fanlar bilan uzviy aloqador. Jumladan:
Pedagogika va rivojlanish psixologiyasi- pedagogika ta‟lim va tarbiya qonunlari, metod va
usullari haqidagi fan. U ta‟lim va tarbiyaning maqsad va vazifalarini, ularning shaxs taraqqiyoti
va jamiyat hayotidagi o‟rnini ochib beradi. Bolaga ta‟lim va tarbiya berishga oid vazifalarni hal
etishda pedagogika qanday qilib ta‟lim-tarbiya berish kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun
aynan shunday qilish kerakligini aniqlaydi. Masalan, pedagogika maktabgacha yoshdagi bolalar
ta‟limi va tarbiyasida o‟yin usullaridan foydalanish kerakligini ta‟kidlaydi. Psixologiya esa
buning sababi ushbu yosh davrida o‟yin yetakchi faoliyat ekanligini tushuntiradi.
Tibbiyot va rivojlanish psixologiyasi - tibbiyot inson salomatligi va kasalliklarini,
kasalliklarning oldini olish va ularni da‟volash, shuningdek, salomatlikni mustahkamlash
haqidagi fan. Bolalarda uchraydigan ko‟pgina kasalliklarning manbayi psixologik xarakterga
egadir. Masalan, tadqiqotlarning ko‟rsatishicha, bronhial astma bilan og‟rigan kasalliklarning
ko‟pchiligiga bolaligidan ota-onalari emotsiyalarni erkin ifodalash, tashabbus ko‟rsatish
imkoniyatini chegaralaganlar.