1. Mavzu: Rivojlanish psixologiyasiga kirish Reja Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari 2



Yüklə 92,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix21.12.2023
ölçüsü92,08 Kb.
#188683
1   2   3   4   5   6   7
1. Mavzu Rivojlanish psixologiyasiga kirish Reja Rivojlanish ps (1)

Anketa metodi.
Kishilar psixikasini ommaviy so‟roq asosida о„rganish demakdir. Bu 
metod yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va xodisalarning 
munosabatlari о„rganiladi. Anketa odatda uch turda utkaziladi. 
Ularning birinchi turi anglashilgan motivlarni aniqlashga mо„ljallangan savollardan 
tuziladi.
Ikkinchi turida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi.
Uchinchi turdagi anketada sinaluvchiga yozilgan tо„g„ri javoblarni ballar bilan baholash 
tavsiya etiladi. Anketadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari 
va qobiliyatlarini о„ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash 
maqsadida foydalaniladi. 
Tarqatilgan anketalar yig„ishtiriladi va elektron hisoblash mashinalarida hisoblanadi, 
atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, sо„ngra tadqiqotga yakun yasalib, ilmiy va amaliy yо„sinda 
xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasini о„rganish uchun boy ma‟lumotlar tо„plash 
imkonini beradi. Biroq unda olinadigan ma‟lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega 
bо„lavermaydi. Bunday kamchilikka yо„l qо„ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini 
bajaruvchi savollarni puxta ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. 
5. 
Suxbat metodi
erkin, nutqiy munosabat tufayli olingan kishi psixik faoliyatining 
xulosasini tekshirish demakdir. Bu metod yordamida inson psixikasini о„rganishda suhbatning 
maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning obyekti va subyekti tanlanadi, yakka shaxslar, guruh va 
jamoa bilan о„tkazish rejalashtiriladi, о„rganilayotgan narsa bilan о„zviy bog„liq savol-javob 
tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish 
jarayonida inson psixikasidagi о„zgarishlarni о„rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi 
odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, bilim saviyasi, e‟tiqodi, 
dunyoqarashi, irodasi tо„g„risida ma‟lumotlar olinadi. 
6. 
Test metodi.
Test - inglizcha «sinash», «tekshirish» degan ma‟noni anglatadi. 
Shaxsning aqliy о„sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini 
tekshirishda qо„llaniladigan qisqa standart masala, topshiriq, misol yoki jumboqlar test deb 
ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasb egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki 
yaroqsizligini, iste‟dodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qо„llaniladi. 
Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va 
qiziqishiga, tо„plangan ma‟lumotlarning obyektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishiga 
bog„liqdir. 
1905 yil fransuz psixologlari A.Bine va A.Simonlar insonning aqliy о„sish va iste‟dod 
darajalarini о„lchash imkoniyati borligi g„oyasini olga surganidan keyin psixologiyada test 
metodi qо„llanila boshlandi. 
Hozirgi zamon nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettel, 
Veksler, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng 
keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqka erishish (maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarida 
berilgan bilim va malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish 
darajasini о„lchashga mо„ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqishi, 
motivatsiyasi va xulqini baholashga yо„naltirilgan diagnostik usullardan iboratdir), shaxs 
«loyihasi» (proyektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talab kilinadi, javoblarni tahlil 
qilib, shaxs xususiyatining «loyihasi» ishlab chiqiladi) kiradi. 
7. 

Yüklə 92,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin