1. Mavzu: Rivojlanish psixologiyasiga kirish Reja Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari 2



Yüklə 92,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix21.12.2023
ölçüsü92,08 Kb.
#188683
  1   2   3   4   5   6   7
1. Mavzu Rivojlanish psixologiyasiga kirish Reja Rivojlanish ps (1)



1.Mavzu: Rivojlanish psixologiyasiga kirish 
Reja
1.
 
Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari
2.
 
 Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
3.
 
 Rivojlanish psixologiyasining tadqiqot metodlari
4.
 
 Psixologik tadqiqotni o’tkazishga qo’yiladigan talablar
 
 
Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari
Rivojlanish psixologiyasi
– psixologiya fanlarining bir tarmog„i bo„lib, shaxs rivojlanish 
jarayonining qonuniyatlari va aniq dallillari, yosh xususiyatlari va turli yosh davrlaridagi psixik 
o„zgarishlar dinamikasini o„rganadi. 
Rivojlanish psixologiyasining o„rganish 
ob’ekti
– ontogenez jarayonida shakllanuvchi, 
rivojlanuvchi va o„zgaruvchi sog„lom inson. Rivojlanish psixologiyasi turli yosh davrlarida inson 
hulq - atvorida yuzaga keluvchi o„zgarishlarni kelib chiqish sabablarini aniqlaydi va ularni 
tavsiflaydi, insonlardagi ko„nikma va malakalarni hosil bo„lish qonuniyatlarini o„rganadi. E‟tibor 
markazida esa – 
“inson hayot yo„lining turli yosh davrlari uchun xos bo„lgan psixologik 
xususiyatlar shakllari” 
turadi. Yosh davrlar psixologiyasi o„zining 
tadqiqot vazifasi
sifatida 
“insonning tug„ilganidan boshlab to o„limigacha bo„lgan davrni o„z ichiga oluvchi to„liq psixik 
rivojlanishni” hamda 
oliy vazifasi sifatida
“doimiy o„zgarib boruvchi tashqi muhitda – 
o„zgaruvchi va rivojlanuvchi individni o„rganish” deb qaraydi.
Rivojlanish psixologiyasi 
predmeti
 
– ontogenezda psixik rivojlanishning yosh davrlari, bir 
yosh davridan boshqasiga o„tish bosqichlari va mexanizmlari, umumiy qonuniyatlar
tendensiyalar va yo„nalganlikni aniqlash.
Rivojlanish psixologiyasini quyidagi bo„limlari ajratib ko„rsatilgan:

chaqaloqlik davri psixologiyasi; 

ilk bolalik davri psixologiyasi; 

maktabgacha yosh davri psixologiyasi; 

kichik maktab yoshi psixologiyasi

o„smirlik davri psixologiyasi; 

o„spirinlik davri psixologiyasi; 

yoshlik davri psixologiyasi; 

yetuklik davri psixologiyasi 

keksalik davri psixologiyasi (gerontopsixologiya). 
Rivojlanish psixologiyasining eng muhim qismlaridan biri – bolalar psixologiyasi. 
D.B.Elkonin, o„zining “Bolalar psixologiyasiga kirish” asarida, uning predmetini “inson shaxsini 
himoyasiz go„dakdan turli faoliyatlarni amalga oshiruvchi shaxsga aylanish jarayoni” deb 
ko„rsatgan.
XIX – XX asrlarda yosh davrlar psixologiyasi bolalar psixologiyasi fani ko„rinishida 
mustaqil fan sohasi sifatida ajralib chiqdi. Nemis biologi V. Preyerning 1882 – yil nashr etilgan 
“Bola ruhiyati” kitobi bolalar psixikasini o„rganishga turki bo„ldi.
XIX – asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlariga kelib, bola shaxsining 
shakllanishida psixik rivojlanish jarayonida empirik va aniq dalillar yig„ish asosiy vazifa 
bo„lgan. Bu izlanishlar asosida psixik shakllanish davomida bolada paydo bo„luvchi 
yangilanishlar, o„zgarishlar haqida ma‟lumotlar beriladi. Bu ma‟lumotlar Ch. Darvin, V. Preyer, 
A. Gezell o„tkazgan metodikalari asosida olingan. Keyinchalik, psixik rivojlanish borasidagi 
ma‟lumotlarni tizimlashtirishga ehtiyoj paydo bo„ldi. Bu qaror S. Xoll (Rekapitulyatsiya 
nazariyasi), A. Gezell (Ulg„ayish nazariyasi), L. Termen (Bolalarni o„rganishning an‟anaviy 
shakli) nomlari bilan bog„liq. 


1920 – 1930 yillarda bola hulq – atvorini tashqi kuzatish klassik bixevioristlarning 
o„rganish ob‟ektiga aylandi. Tashqi muhit ta‟siriga turli yoshdagi bolalarning javob reaksiyasi 
o„rganish asosiy vazifa hisoblandi.
Rus psixologiyasida L.S. Vigotskiy (1896 – 1934) “Yosh muammolari” nomli ishida 
shaxs rivojlanishida har bir davrning alohida ahamiyati borligi haqida aytib o„tgan.
Rivojlanish psixologiyasining 

Yüklə 92,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin