1-mavzu: “sertifikatlashtirish asoslari va sifat menejmenti” faniga kirish


Sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi



Yüklə 22,78 Kb.
səhifə2/3
tarix01.06.2023
ölçüsü22,78 Kb.
#121578
1   2   3
1-ma\'ruza

1.2. Sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi.


Hozirgi vaqtda sertifikat degan atamani tez-tez uchratib turamiz. Bu qanday atama deb so‘rasangiz turlicha talqin olishingiz mumkin: kimdir biror malaka olganlik to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjat desa, yana kimdir, mahsulotni sifati to‘g‘risidagi hujjat, ba’zi birovlar esa mahsulotni hududimizga olib kirish yoki olib ketish uchun bojxonaga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan hujjat deb ta’rif beradi. O‘ylaymizki, darsligimizning ushbu bo‘limlarini o‘qib va o‘rganib chiqib shu bilan birga ma’lum ko‘nikmaga ega bo‘lganingizdan so‘ng ushbu atamaga albatta aniq va mukammal javob topasiz.
Sertifikat so‘zining ma’nosini keltirishdan oldin mavzudan biroz chetga chiqamiz.
Ma’lumki, Sharq, jumladan O‘zbekistonimiz chet ellarda nafaqat go‘zal tabiati va mehnatsevar xalqi bilan, balki o‘zining ko‘zni qamashtiradigan, rang-barang meva, sabzavot va turli mahsulotlarga serob bozorlari bilan ham mashhurdir. Bundan tashqari, bizning bozorlardagi yana bir o‘zgachalik ham bor. Agar rastalar oralab yuradigan bo‘lsangiz, sotuvchilar, dehqonlar meva-chevalardan uzatib, totib ko‘rishni taklif etishlarini guvohi bo‘lasiz (albatta, totib ko‘rganlik uchun haq so‘ralmaydi). Buni tagida bir ma’no yotadiki, u ham bo‘lsa, mahsulotning sifatiga xaridorning o‘zi baho bersin, ya’ni, taklif kilinayotgan mahsulot sifati va unga suralayotgan narx mutanosib ravishda belgilanayotganligiga o‘zi ishonch hosil qilsin.
Qadimdan bizda bir tushuncha bor. Xarid paytida savdo mukammal va to‘liq bo‘lishi uchun uchta tomon ishtirok etishi kerak. Birinchi tomon – oluvchi (xaridor), ikkinchi tomon – sotuvchi (tayyorlovchi) va uchinchi – xolis tomon. Uchinchi tomon sotilayotgan buyum yoki mahsulotga qo‘yilgan narx ushbu mahsulot ega bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlariga mutanosib ekanligi to‘g‘risida kafolat bergan. Bunda uchinchi tomon albatta mahsulot to‘g‘risida o‘zining xolisona fikrini haqqoniy bildira olishi, juda ko‘p vaqtdan buyon shu faoliyat bilan shug‘ullanayotganligi sababli sotilayotgan mahsulotning shu vaqtda va shu bozordagi narxi bir-biriga mos tushushini belgilay oladigan mutaxassis bo‘lishi talab etiladi. Savdoning bu turi asosan katta miqdordagi yoki qimmatbaho xarid paytida qo‘llanilgan bo‘lib, bu holatni hozir ham qoramol, qo‘y yoki ot savdolarida uchratishimiz mumkin. O‘rtada turuvchi xolis tomon (ularni dallollar deb yuritilgan) savdoni bir muqim bo‘lishiga yordam berib, savdo ob’ektiga xos bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlariga tavsif beradi va xolisona baho beradi. Bu shaxsni hozirda ko‘p qo‘llanilayotgan broker bilan tenglashtirish maqsadga muvofiq emas, chunki broker sotilayotgan yoki olinayotgan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida yetarli baho bera oladigan shaxs sifatida emas, balki sotuvchi tomondan belgilangan narxda mahsulotni sotish yoki sotib olish bilan shug‘ullanadi. Biz sertifikatlashtirishni tushuntirish maqsadida tanlagan misolimizda savdo tugagandan so‘ng sotuvchi tomon o‘z savdosidan, oluvchi tomon esa xarididan va savdo ob’ektining mavjud sifat ko‘rsatkichlaridan ishonch hosil qilib, qoniqish hissiga ega bo‘ladi. Bu savdoning yana bir muhim xususiyati – uchinchi xolis tomon sifatida alohida ishonchga va nufuzga ega bo‘lgan, rostgo‘y shaxslargina ishtirok etishi mumkin. Bizdagi mana shu savdo turi bir necha yuz yillardan beri mavjud bo‘lib, chet davlatlarda sertifikatlashtirish deb ataluvchi faoliyatga aynan shu asos solgan bo‘lsa ham ajab emas.

Yüklə 22,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin