Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob olti paragraf, xulosa va
tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilova qismlardan tuzilgan.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi, ilgari
surilgan ilmiy faraz, vazifalari, tadqiqotda qo’llanilgan metodikalar, yangiligi,
ishning nazariy va amaliy ahamiyati haqida qisqachi ma’lumotlar berilgan.
6
I-BOB.SIYOSIY PSIXOLOGIYANING METODOLOGIK VA
AMALIY ASOSLARI.
I.1.Siyosiy psixologiyaning nazariy metodologik asoslari
Siyosiy psixologiyaning nazariy-metodologik va amaliy asoslarining
shakllanishiga jamiyatshunoslik fanlari sohasiga kiradigan –tarix, falsafa,
sosiologiya, siyosatshunoslik (politologiya), psixologiya fanlarida ishlab chiqilgan
g’oyalar, ilmiy mulohaza va xulosalar juda katta ta’sir ko’rsatgan.
Bunda eng avvalo tarixiy mazmundagi ishlar muhim ahamiyatga ega bo’lib,
ularda mashhur shaxslarning tarixiy-siyosiy jarayondagi xulq- atvori o’rni tahlil
qilib berilgan. So’ngra Platon, Aristotel, Makiavelli, Gobbs, Kant, Gegel va
boshqalarning siyosiy-falsafiy asarlari ta’sir ko’rsatgan.
Shu bilan birga sosiologiya va psixologiyadagi N.A.Berdyayev,
A.A.Bodalev, M.Veber, M.M.Kovalevskiy, A.N.Leontyev, S.L.Rubinshteyn,
G.Tard, E.Fromm, Z.Freyd va boshqalarning yetakchilikning psixologik tavsifi,
siyosiy faollik haqidagi ishlari alohida o’rin tutadi.
Siyosiy psixologiyaning nazariy metodologik tamoyillarini yaratishda
S.L.Rubinshteyn va A.N. Leontyev tomonidan ishlab chiqarilgan faoliyatli
yondoshuv, S.A.Klimovning “Kasblar dunyosi” haqidagi qarashi, A.A.Bodalev va
A.A.Derkachning subyektning kasbiy mahoratga erishishdagi ijobiy va salbiy ta’sir
etuvchi subyektiv omillarning roli haqidagi mulohazalarni, muloqot va ijtimoiy
idrok haqidagi A.G.M.Andreyeva, A.A.Bodalev qarashlari muhim ahamiyat kasb
etgan.
Zamonaviy siyosiy psixologiya uchun XX – asrning 60-80- yillarida
yaratilgan siyosatning roli nazariyasi nihoyatda dolzarbdir. Bu nazariyaning asosiy
tushunchasi rollardir. Psixologiyadagi “rol” shaxsning jamiyatdagi egallab turgan
mavqeyi taqozo etadigan hatta-harakatlar yig’indisidan iborat.
Siyosiy psixologiyadagi kognitiv yo’nalish eng avvalo siyosiy tafakkurni
tadqiq etadi. Asosiy e’tibor siyosiy ongning shakllanish jarayoniga qaratiladi.
Gumanistik psixologiya namoyondalari fikricha, siyosatni tahlil qilishda shaxsning
xissiy - motivatsiyasini hisobga olish kerak. Ayniqsa A.Maslouning extiyojlar
7
iyerarxiyasi
va
K.Rodjersning
yo’naltirilmagan psixoterapiya haqidagi
mulohazalari muhim o’rin tutadi. Amerikalik siyosiy psixolog S.Renshon
demokratiya mohiyatini tushuntirishda A.Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasidan
ustalik bilan foydalandi.
Siyosiy psixologiya bilan bog’liq muammolarni hal qilishda yangi
psixologik yo’nalish akmeologiyadagi ma’lumotlardan ham foydalanish mumkin.
Akmeologiya – ilm- fanning shunday yangi tarmog’iki, u insonni o’z taraqqiyoti
dinamikasida, takomili hamda hayot faoliyatining turli bosqichlarida o’zidagi eng
kuchli qobiliyatlarni namoyon qilishning kompleks masalalarini o’rganadi. Ya’ni u
shaxsning takomili jarayoni ana shu taraqqiyot va yuksalishning obyektiv hamda
subyektiv omillari doirasida tadqiq etadi. “Akmeologiya” tushunchasini birinchi
marta fanga rus olimi N.A.Ribnikov tomonidan 1928 yilda kiritilgan bo’lib, uning
o’zi bu fan predmetini yetuk insonlarning shakllanishi jarayonidir deb ta’riflagan
edi. Lekin tom ma’noda jiddiy fan sifatida uning shakllanishiga yana bir rus
psixologi B.G.Ananyev va uning izdoshlari bo’lgan peterburglik olimlar alohida
ulush qo’shishgan. Ularning ta’kidlashicha, akmeologiyaning predmeti-odamning
ijodiy salohiyati bo’lib, bu inson tomonidan o’ziga inoyat etilgan barcha
imkoniyatlar va iqtidorlarini qanday qilib, qanday shart-sharoitda, qaysi
qonuniyatlar ta’sirida ro’yobga chiqarishni kompleks tarzda o’rganadi.
Akmeologiya fanining asosiy vazifasi ongli faoliyat subyekti bo’lmish
shaxsni turli faoliyat jarayonlarida, xususan tanlangan-kasbkori, ihtisosligi
doirasida o’z ijodiy salohiyatini to’la ochish va amalda namoyish etishga bog’liq
bo’lgan bilimlar, amaliy ko’nikmalar, malakalar, texnologiyalar bilan ta’minlash,
tanishtirishdir. V.Zazo’kin va A.Chernishovlarning yozishicha “Mohiyatan bu
yetuk, barkamol insonlarning rivojlanishi to’g’risidagi fandir”. Shuning uchun
ham bu fan bugun biz uchun juda muhim va uning imkoniyatlari deyarli
ochilmagan
Siyosiy psixologiyada uning predmeti mohiyatini ochib berish uchun
ko’plab metodlardan foydalaniladi. Ommaviy, siyosiy xulq-atvor fenomenini
o’rganish uchun: statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, ommaviy so’rovnomalar
8
o’tkazish va ularning matematik tahlil qilish, intervyu o’tkazish metodlari ham
qo’llaniladi.
Siyosiy psixologiyada juda ko’plab maxsus metodikalar paydo bo’lmoqda.
Siyosiy tafakkur va siyosiy ongni o’rganish maqsadida ijtimoiy psixologiyaning
kontent-analiz metodidan ham keng foydalaniladi. Kontent - analiz metodi – turli
axborot manbalari va testlarning ma’nosini tahlil qilishdan iborat.
Shu bilan birga siyosiy psixologiyada psixologik testlar: G.Ayzenk,
Yu.Kettel, MMPI testlaridan, masofali tahlil, siyosatchi shaxsini o’rganishda
ekspertlar bahosi metodikalaridan foydalaniladi.
Tajriba metodi va uning laboratoriya hamda tabiiy shaklidagi ko’rinishidan
shaxsning siyosatdagi o’rnini aniqlash maqsadida foydalanib kelinmoqda.
Siyosiy psixologiyada tadqiqotchilik tabiatiga ega bo’lgan metodlardan
tashqari rivojlantiruvchi–korreksion ta’sir etish, maslahat berish metodlari to’plami
ham keng o’rin tutadi. Ular birgalikda siyosiy psixologiyaning tadqiqiy-
rivojlantiruvchi psixotexnologiyasini tashkil etadi. Siyosiy maslahat jarayoni
siyosiy arbob shaxsini diagnostika qilish, uning imijini tuzatish, keng jamoatchilik
bilan o’zaro munosabatlardagi uslubini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Buning
uchun trening, ish o’yinlaridan foydalanish mumkin.
Siyosiy psixologiya–umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, tarixiy
psixologiya,
etnopsixologiya,
iqtisod
psixologiyasi,
politologiya
(siyosatshunoslik), siyosiy iqtisod, siyosiy sosiologiya va boshqa fanlar bilan yaxlit
tadqiqotchilik maydoniga ega. Uning o’ziga xos predmetini aniqlash uchun
“Siyosat”, “Siyosiy faollik”, “Siyosiy munosabatlar” tushunchalarini tahlil qilish
kerak. Ba’zi mualliflar siyosat tushunchasini tahlil qilishda uning boshqaruvchilik
vazifasiga urg’u berib, uni jamiyatni boshqarish san’ati deb baholaydilar.
Boshqalari hokimiyat munosabatlari bilan bog’lab, xukmronlikka kuch ishlatish
orqali erishish deb ko’rsatishadi. Uchinchilari esa siyosatni huquq bilan bog’laydi.
L.N.Gozman, Ye.B.Shestopal tomonidan siyosat bir necha aspektlarda
ko’rib chiqilgan. Eng avvalo siyosat tizim sifatida ya’ni davlat institutlari tizimi
sifatida qaraladi.
9
Haqiqatan ham, siyosat tarkibiga turli siyosiy institutlar tizimi sifatida
prezident va parlament, armiya va xavfsizlik xizmati, ichki va tashqi ishlar
vazirligi, moliya va ijtimoiy ta’minot hamda boshqa sohalar kiradi. Hokimiyatni
boshqarishda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sudlov hokimiyati mavjud bo’lib,
hozirda unga to’rtinchi hokimiyat sifatida ommaviy axborot vositalari ham
kiritilgan bo’lib, ularning asosiy vazifasi jamiyat hayotini aks ettirishdan iborat.
Siyosiy tizimning eng muhim tarkibiy qismini – siyosiy tashkilotlar,
Dostları ilə paylaş: |