1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети


II.2.Siyosiy hokimiyat siyosiy psixologiyaning asosiy obyekti sifatida….. 46-57



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish

II.2.Siyosiy hokimiyat siyosiy psixologiyaning asosiy obyekti sifatida….. 46-57 
II.3. Siyosiy jarayonda ta’sir etishning individual uslublari. …………….58-64 
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
Konstitutsiya qabul qilinganligining 25 yilligiga bag’ishlangan tantanali 
marosimda “Bugun hayotimizning o’zi Konstitusiyamizda ifodasini topgan eng 
asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb 
masala qilib qo’ymoqda. Inson manfaatlarini ta’minlash uchun eng avvalo odamlar 
bilan, xalq bilan muloqat qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy 
muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak” deya ta’kidladilar. Ma’lumki 
mamlakatimiz hayoti, kelajagi uchun ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan 
strategik rejalar belgilab berilgan.
Jumladan, mazkur ma’ruzada siyosiy madaniyat va uni yuksaltirish bilan 
bog’liq bo’lgan asosiy bosh vazifalar ham belgilab berildi va siyosiy madaniyat 
omilini har tomonlama rivojlantirishdan ko’zlangan yangi strategik maqsadlar 
ilmiy jihatdan yanada aniqroq asoslandi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’z 
nutqida “odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi yuksalib 
borgani sari, davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o’zini-o’zi 
boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkazib borish zarurligini ” haqida fikr 
bildirgan.
Shuningdek, Prezidentimiz “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni 
millat qilishga xizmat etsin” nomli asarida “milliy siyosiy madaniyat, o’zligimizni, 
muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida 
shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va 
vazifalarni qamrab olishini” ham alohida ta’kidlab o’tgan. 
Siyosatshunoslik fanida siyosiy psixologiya kelajagi porloq soha sifatida XX 
asr o’rtalarida e’tirof etilgan bo’lsa ham u rasman oradan bir necha o’n yilliklar 
o’tgach tan olina boshlandi. Siyosiy psixologiya turli siyosiy tuzumlarda o’ziga 
xos tarzda paydo bo’lgan va rivojlangan. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin