5
4. Siyosiy psixologiya dasturi yordamida psixologik trening tashkil etish va
natijalarni tahlil qilish
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi.
Siyosiy psixologiyaning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari fakultetimiz
psixologiya yo’nalishida birinchi marta bitiruv malakaviy ish darajasida o’rganildi.
Talaba shaxsning ijtimoiy zarur fazilatlaridan; siyosiy ong, muloqotmandlik va
boshqa xususiyatlarning shakllanganlik darajasi diagnostika qilindi va ularni
rivojlantirishga mo’ljallangan siyosiy qarashlar tizimi yaratildi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati.
Tadqiqot ishida siyosiy psixologiya va uning ijtimoiy psixologik
xususiyatlari muammosining nazariy tahlilida keltirilgan ijtimoiy-psixologik fikrlar
yuzasidan to’plangan materiallar umumiy psixologiya, itimoiy psixologiya,
psixodiagnostik, psixokorreksiya, sosial trening va amaliyot sohalarini nazariy
jihatdan boyitishga va talaba-yoshlarning siyosiy ongini o’stirishga xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati.
Ishda qo’llanilgan
diagnostik metodikalar siyosiy psixologiyaning o’ziga xos tizimi amaliy
psixologlarning shaxsda zarur ijtimoiy fazilatlarni, siyosiy ongni zudlik bilan
shakllantirish bo’yicha faoliyatlariga tatbiq etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: