1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети


partiyalar, jamoatchilik tizimlari va harakatlari tashkil etadi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish


partiyalar, jamoatchilik tizimlari va harakatlari tashkil etadi. 
Siyosatning yana bir xususiyati siyosiy institutlarining faoliyat ko’rsatish 
dinamikasini aks ettirishdan iborat. Siyosiy jarayon–siyosiy institutlar, siyosat 
subyektlari, siyosiy qadriyatlar, siyosiy aloqa va munosabatlarning genezisi 
(rivojlanish)dir. “Siyosiy jarayon” tushunchasini siyosiy munosabatlar va 
hodisalarning ichki bog’liqlikka ega zanjiri siyosat subyektlarining hokmiyatga 
qaratilgan faoliyatining o’zaro munosabati birligi deb ta’riflash maqsadga muvofiq. 
Siyosiy jarayon hokimiyatni faoliyatda, o’zgarishda o’rganadi. Shu tufayli 
siyosiy jarayon mavjudligining uch tarkibi–turg’unlik, rivojlanish, inqiroz tartiblari 
ajratiladi. L.V.Gozman va Ye.B.Shestopal tomonidan ko’rsatilgan tavsifga ko’ra, – 
siyosat bu siyosiy o’yinlar qoidasi tizimidan iborat. Har qanday tizim kabi siyosat 
ham ma’lum qonunlarga bo’ysunadi. Bu qonun yozilgan (me’yorlar, huquqlar) va 
yozilmagan (an’analar, odatlar, xulq-atvor qoidalari) bo’lishi mumkin. Lekin 
qonun va qoidalarga to’la rioya qilib bo’lmaydi. Sharoit taqozosi bilan ularni 
o’zgartirish yangilash zaruriyati vujudga keladi. 
Siyosatning to’rtinchi tomoni, u qadriyatlar, fikrlar, qarashlar va yo’l-
yo’riqlar yig’indisidan iborat. Har bir shaxsda siyosatni tushunish va baholashning 
o’ziga xos uslubi mavjud. 
Siyosat inson faoliyatining bir turi ekanligi, uning beshinchi tomonini tashkil 
etadi. Bunday fikr insonlar siyosatni yaratadi degan aqidaga asoslanib olingan. O’z 
navbatida insonlar xulq-atvori siyosat fanining o’rganish obyekti hisoblanadi. 
XX asr boshlarida nemis psixologi E.Shpranger insonlar tipini ajratganda – 
alohida siyosiy tip haqida fikr yuritadi.


10 
Hozirda barcha shaxslar - professional siyosatchilardan tortib – oddiy 
fuqarogacha siyosiy jarayonga jalb qilingan. Siyosat bilan shug’ullanish insonning 
tabiiy instinktidir. O’z davrida Aristotel ham odamni – “siyosiy hayvon” – “Zoon 
politikon” deb atagan. Darhaqiqat, inson psixologiyasida hukmronlik qilish va 
bo’ysunish bilan bog’liq ehtiyojlar tizimi mavjud. 
Siyosiy psixologiyada siyosat turli katta guruhlardagi-etnoslar, millatlar
qatlamlar, sinflar, tashkilotlar, davlat tuzilmalari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar 
yig’indisidan iborat. 
 
Siyosiy faollik o’z ichiga yetakchilarga xos individual xususiyatlardan tortib 
jamiyat hayotini davlat tomonidan boshqarishgacha bo’lgan fenomenlarni oladi. 
Insonni siyosiy tizimining tarkibiy qismi sifatida qabul qiladigan 
qarashlardagi eng birinchi siyosiy qo’llab-quvvatlash nazariyasi bo’lib, uning 
asoschisi amerikalik politologlar D.Iston va Dj.Denninglardir. Ular e’tiborni eng 
avvalo ilgari siyosatda ishtirok etmagan aholini siyosiy jarayonga jalb etish 
masalasiga qaratishadi. 
Hozirgi zamon siyosiy psixologiyasida o’rganiladigan yana bir muammo 
siyosatdagi tajovuz va zo’ravonlik bilan bog’liq. Shu asosda bilishning yangi 
tarmog’i – biopolitika va vaylensologiya vujudga keldi. Biopolitika – siyosiy 
psixologiyaning bo’limi hisoblanib, u altruizm, zo’ravonlik, tajovuz, himoya 
reaksiyalari kabi holatlarni o’rganadi. 
Vaylensologiya (inglizcha-violence-zo’rlik) insonning tajovuzkor tabiatini 
umumiy holda o’rganadi. 
Tajovuzkorlik va zo’ravonlik mohiyatini tushuntirishdagi qarashlar rang-
barangdir. Siyosiy jarayonda esa uning bir necha shakllari namoyon bo’ladi. 
Huquqiy me’yorlarga rioya qilmaydigan kishilar uchun joriy etiladigan nazorat 
shaklidagi – davlat tomonidan o’rnatilgan tartib ham uning bir ko’rinishidir. 
Siyosiy jarayon bir tekis kechmasligi tabiiy. Unda ayrim ziddiyatlar
to’qnashuvlar va mojorolar ro’y beradi. Siyosatchi, faylasuf, sosiologlarning 
fikricha, ziddiyatli holatning subyektiv xususiyatga ega ekanligi – uning bosh 
sababchisi ham allaqanday obyekt sabablarini ro’kach qilib, aslida o’z siyosiy 


11 
maqsadlarini qo’lga kiritish bilan bog’liq rejalarni oldinga suruvchi shaxslar, 
guruhlar ekanligi to’g’risida fikrlari aynan haqiqatni aks ettiradi. 
Siyosat borasidagi psixologik masalalarga aralashuvning zarurati har doim 
bo’lmasada, ayrim paytlarda yirik islohotlar boshlanish arafasida, saylov oldi 
kompaniyalarida, yangi siyosiy liderlarning xalq tomonidan qabul qilinish 
jarayonlari, ijtimoiy ustanovkalarni o’zgarishi, siyosiy arboblar imijini omma 
ongiga singdirish paytlarda psixologik ta’sir vositalaridan o’rinli foydalanish, 
maslahatlar berish va ayrim guruhlar e’tiqodiga ta’sir etishda kerak bo’ladi. 
O’zbekiston sharoitida siyosiy psixologiyaning o’zi juda zaif rivojlangan 
tarmoq bo’lgani sababli uni rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangan holda 
rivojlantirish davr talablaridan biridir. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin