1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish

Ommaviy siyosii ong 
jamiyat ehtiyojlarining darajasi va mazmunini 
bevosita ifoda etadi. U siyosiy voqyelik haqidagi jamiyat bilimlarining xarakterini 
ham aks ettiradi. Bunday bilimlar, bir tomondan, turli mafkuralar tomonidan ishlab 
chiqiladi va siyosiy ongda mustahkamlanadi. 
Ikkinchi tomondan esa ushbu bilimlar ijtimoiy guruhlarning amaliy faoliyati 
tomonidan qo’lga kiritiladi. 
Ommaviy siyosiy ong aniq-tarixiy va o’zgaruvchan xarakterga ega. U tez-
tez qo’tarilish va pasayish davrlarini o’z boshidan kechiradi. Unga ko’plab omillar: 
mamlakatdagi siyosiy holatlar, siyosiy tizim, rejim, u yoki bu partiyalarning 


31 
siyosiy yo’li va taktik-strategik faoliyati, turli 
ijtimoiy 
alg’ov-dalg’ovlar, muayyan 
tarixiy 
vaziyatning mazmuni va boshqalar ta’sir o’tkazib turadi. 
Maxsus siyosiy ong va ommaviy siyosiy ong o’zaro chambarchas 
bog’langandir. Real hayotda ular o’rtasidagi aloqalariing turli variantlari bo’lishi 
mumkin. 
Ayrim vaqtlarda muayyan siyosiy partiya tomonidan nazariy va amaliy 
hayotga singdirilgan qoidalar, urf-odatlar jamiyatning siyosiy ongida uzoq 
vaqtgacha asorat sifatida saqlanib qolishi mumkin. Bu xolni ko’plab siyosiy 
arboblar, donishmandlar ta’kidlaganlar. 
Teskari vaziyat ham bo’lishi mumkin: ommaviy siyosiy ongda u yoki bu 
siyosiy harakatning, qandaydir siyosiy qarorni qabul qilishning zarurligi e’tirof 
etiladi, maxsus ong esa bunga tayyor emas. Masalan, mamlakatda ko’p 
partiyaviylikning zarurligi haqidagi g’oya jamiyatda oddiydek o’z tasdig’ini 
topgan bo’lsa ham, kerak bo’lgan tashabbus hukmron partiya, davlat tomonidan 
ancha kechikib qabul qilinishi mumkin. 
O’z-o’zidan yaqqol ko’rinib turibdiki, jamiyatning konstruktiv va barqaror 
ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uchun maxsus va ommaviy siyosiy ongning o’zaro 
harakati juda muhim. Ularning kishilar va jamiyatning, uni tashkil etuvchi ijtimoiy 
guruhlarning ichki dunyosidagi, kayfiyatidagi o’zgartirishlarga birgalikdagi aniq 
va o’z vaqtidagi reaksiyasi, javobi bundan ham muhimroq. 
Siyosiy ong nazariy va empirik daraja va shakl-larga ajraladi. 
Nazariy siyosiy ong — bu siyosiy xarakterga ega bo’lgan turli turdagi 
g’oyalar, konsepsiyalar, qarashlardir. Uning belgilari: 

yaxlitlik; 

sistemalanganlik; 
bashorat qilishga qobiliyati bilan bog’liq. 
Nazariy siyosiy ongning hususiyati — uning iqgisodiy, huquqiy, harbiy-
strategik va boshqa reallik bilan chambarchas bog’liqligidir. Siyosiy ongning 
ushbu shakli siyosiy nazariyalarning kerakli siyosiy dasturlar, deklarasiyalar va 
doktrinalar bo’lib shakllanganligi bilan ham farq qiladi. 


32 
Amaliyotda joriy etiladigan ushbu dasturlar, dek-larasiyalar va doktrinalar 
siyosiy ongni siyosatning yetakchi elementi sifatida mustahkamlab qo’yadilar. 
Siyosiy munosabatlar va siyosiy institutlar, tash-kilotlar va muassasalarning 
xarakteri o’z navbatida bu elementga bog’liq bo’ladi. 
Nazariy ong darajasi va shaklida siyosatni anglash quyidagilarni: 
a) 
uning muhim maqsadlari va ham fundamental (strategik), ham
kundalik (taktik) vazifalarni qo’yish va hal etishga; 
b) 
ularga erishishning vositalari va usullarini aniklashga; 
v) 
dolzarb muammolarni hal qilishda tashkiliy-siyosiy jihatdan ta’min 
etishning yo’nalishlari va yo’llarini aniklab olishga; 
g) 
siyosiy qarorlar va maqsadli dasturlarning bajarilishi ustidan sosial 
nazoratga konseptual yondashuvlarni ishlab chiqishga; 
d) 
amaliy tajribani hisobga olgan holda siyosatga tuzatishlar kiritishga 
imkon beradi. 
Empirik siyosiy ong — bu bevosita amaliyotga, siyosiy jarayonda aloxida 
kishilarning, mayda va yirik sosial birliklarning faol ishtirok etishlariga 
asoslangan siyosiy ong darajasi va shaklidir. U nazariy siyosiy ongning zamini 
bo’lib xizmat qiladi. 
Empirik siyosiy ong- siyosiy voqyelikni hissiyotlar, tasavvurlar,
illyuziyalar, kechinmalar shaklida aks ettiradi. U, birinchidan, ommada siyosat 
va siyosiy arboblarga nisbatan jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun ozuqa
bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, jamiyat siyosiy madaniyatining ma’naviy
negizi bo’lib xizmat qiladi. 
Siyosiy ong «ijtimoiy-siyosiy ong» va oddiy (kundalik) ong daraja va 
shakliga ham ajraladi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin