1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish

Birinchi manba
— insonning oilaviy muhitidir. Siyosiy g’oyalar va 
xissiyotlar unga oiladagi tarbiya orqali beriladi. Bunga to’g’ri keluvchi ijtimoiy-
ruhiy qarashlar — siyosiy ongning poydevorini barpo etadi. Uning negizida esa 
fuqaro shaxsi shakllanadi.
Ikkinchi manba
— bu keng ma’nodagi axborotdir. U insonga xam 
muomala orqali, ham ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, matbuot) 
orqali "kirib" boradi. 
Uchinchi manba
— bu individning shaxsiy tajribasidir. Bu shaxsiy tajriba 
olingan bilimni rad qiladi yoki tasdiqlaydi. Biroq u har qanday holatda ham siyosiy 
ongning shakllanishi va rivojlanishi jarayoniga muhim ta’sir ko’rsatadi. 
Yuqorida qayd etilgan manbalar insonga siyosat dunyosini tahlil etishga va 
unga nisbatan munosabatini belgilab olishga imkon beruvchi bilimlar yig’indisini 
tashkil etadi. Bunda oilada olingan bilimlar turli avlodlar tomonidan to’plangan 
siyosiy tajriba, qarashlar, an’analar qadriyatlarni siyosiy hayotda aks etishi, uni 
qo’llash orqali ham namoyon bo’ladi. Axborot xaqiqiy ham, yoki yolg’on ham 
bo’lishi mumkin. Insonning hayotiy tajribasi ham uning boshidan kechirilgan 
boyligi bo’laturib tipik bo’la olmasligi va siyosiy voqyelikni aks ettira olmasligi 
ham mumkin. 


28 
Har qanday sharoitda ham insonning o’zi bu omillarni ko’proq yoki ozroq 
darajada ravshan bo’lgan va ma’naviy jihatdan tuzilgan siyosiy tizim o’zgartiradi. 
Ko’p kishilarda bu jarayon stixiyali tarzda, tasodifan va mavhum ravishda sodir 
bo’ladi. Bundan tashqari ko’p kishilar ularga o’rgatgan, yoki boshqa tashqi 
manbalardan bo’lgan siyosiy mo’ljalga qaratilgan fikr-mulohazalarni qaytarishga 
moyil bo’ladilar. 
Kishilarning siyosiy muammolarni anglashi siyosat dunyosi haqidagi 
tasavvurlari, qiziqishlari bilan chambarchas bog’liqdir. Masalan, og’ir ahvolda 
qolgan korxona ishchisi ishdan bo’shatishni ko’zda tutmaydigan qarorlarni yaxshi 
qarorlardir, deb hisoblaydi. Boshqarayotgan yagona partiyaning faoli, agar 
hokimiyatga muxolifat kelsa, mamlakatda iqtisodiy vaziyat yomonlashadi, deb 
o’ylaydi. Sog’lom amaliy muxolifat bilan nosog’lom muxolifatning farqini hisobga 
ham olmaydi. Agar biror siyosiy arbob korrupsiyada ayblansa, uni o’zining siyosiy 
mavqeyiga bog’langan hodda aybdor, deb hisoblaydi. 
Demak, voqyelik o’zidan-o’zi siyosiy ong orqali baholanmaydi. Uning qabul 
qilinishi kishilarning avvalgi e’tiqodlari va manfaatlariga ham bog’likdir. Siyosiy 
ong yakka xolda emas, balki ijtimoiy ongning boshqa shakllari: iqtisodiy qarashlar, 
falsafiy ta’limotlar, huquqiy nazariyalar va me’yorlar, axloqiy, estetik qadriyatlar 
bilan o’zaro bog’liq va birgalikda harakat qiladi. 
Ko’p siyosiy ta’limotlar va qadriyatlar siyosiy ongiing mahsuli bo’la turib, 
hozirgi jamiyatda g’oyaviy ahamiyatga egadir. Ular faqat kishilarning siyosiy 
madaniyatini yuksaltirish uchungina emas, balki insoniyatning ma’naviy, ma’rifiy, 
madaniy taraqqiyoti uchun ham juda muhimdir. 
Shu bilan birga, ayrim davlatlar va ulardagi birlashmalar, ijtimoiy guruxlar, 
millatlar, partiyalarning siyosiy faoliyati jarayonida siyosiy ongning to’g’ri kelmay 
qolishi, uning tinch, madaniy, murosa xarakterda bo’lishi o’ta muhimdir.Siyosiy 
ong ijtimoiy ongning boshqa shakllari kabi bir qator funksiyalarni bajaradi.
Bu funksiyalarga quyidagilar kiradi: 
1. Siyosiy hayot to’g’risida bilish — axborot berish. Kishilar ertami yoki 
kechmi, xoxlaydimi yoki yo’qmi, ammo muqarrar ravishda siyosat dunyosiga duch 


29 
keladi. Ular bu soha bilan shug’ullanishni xoxlamasalarda siyosat ular bilan baribir 
"shug’ullanadi". U kishilarning hayotiga va taqdiriga davlat, partiyalar va boshqa 
jamoat tashkilotlari orqali ta’sir ko’rsatadi. Siyosat kishilarga siyosiy axborot 
ko’rinishida "kirib" boradi. 
Hozirgi hayotning mexanizmlari shundayki, ki-shilar doimo biror yo’lni, shu 
jumladan, siyosiy yo’lni tanlab olishga ehtiyoj sezadilar. Bu ularni siyosat 
dunyosini bilishga, siyosiy axborotlarni egallashga undaydi. 
Siyosiy ong kishilarga siyosiy bilimlar va axbo-rotlarni o’zlashtirishga, 
ijtimoiy-siyosiy hayotda o’z o’rnini belgilashga va uni to’g’ri mo’ljalni olishga 
yordam beradi. 
2. Siyosiy baholash. Siyosiy ong sosial siyosiy voqyelikni nafaqat biladi, 
izoxlaydi, balki uni baholaydi. Kishilar u yoki bu siyosiy hodisalar, voqyealarni 
anglash jarayonida ularga o’z munosabatlarini bildiradilar. O’zlari uchun muayyan 
xulosalarni chiqaradilar. Aynan siyosiy voqyeliknn baholash asosida kishilar 
o’zlarining siyosiy qarashlarini, e’tiqodlarini, pozisiyalarni, qiziqishlarini 
shakllantiradilar. 
Z.Siyosiy-ijtimoiy yo’naltirish. Siyosiy ong kishilarga o’zlarlarini jamiyat va 
davlat 
oldida 
nafaqat 
burchlarga, 
majburiyatlarga, 
balki 
muayyan 
huquqlar,erkinliklar va siyosiy manfaatlarga ega bo’lgan fuqarolar ekanliklarini 
anglashga yordam beradi. O’z navbatida fuqarolik o’zini-o’zi idrok etish, kishilarni 
sosial voqyelikni bo’sh, bir tomonlama anglashdan ijtimoiy-siyosiy hayotda aniq 
va faol ishtirok etishga undaydi. Bu bilan siyosiy ong o’zining yo’naltiruvchilik 
funksiyasi orqali kishilarning aniq siyosiy xulq-atvorini o’zlarining sosial siyosiy 
manfaatlarini himoya qilishlari uchun ijtimoiy hayotda ishtirok etishlari, siyosiy 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin