25
II-BOB. TALABALARGA JAMIYATDAGI SIYOSIY XULQ-ATVORNING
O’ZIGA XOSLIGI ANGLATISH.
II.1.Ommaviy tusdagi xulq-atvor.
Vahima inson psixikasiga xos ommaviy tusdagi xodidir. Vaxima
qo’rqishning namoyon bo’lishidan iborat bo’lib, odatda uyushmagan guruhni
qamrab olib, o’zaro tahdid qilish natijasida kuchayib boraveradi. Guruh-ichki
jixatdan qanchalik mustaxkam uyushgan bo’lsa, bu guruxda ayni bir xil sharoitda
vahima shunchalik kuchsiz yuz beradi.
Ijtimoy kayfiyat ommaviy tusdagi, istagan bir guruhga xos xodisadir. Xuddi
mana shu ijtimoiy kayfiyatning o’zginasi guruxdagi “psixologik iqlimni” yuzaga
keltiradi. Kayfiyatni yuzaga keltiruvchi asosiy omil- mazkur guruhdagi
shaxslararo munosabatlardir. Ma’lumki obyektiv qiyinchiliklarni “yaxshi
psixologik iqlimga” ega bo’lgan jamoa ancha yengillik bilan xal qiladi. Shuning
bilan birga guruxda bitta fitnachi paydo bo’lsa butun jamoaning mexnat samarasi
uzoq davrlargacha pasayib ketadi.
Jamoa kayfiyati keskin yomonlashuvining juz’iy sababalaridan biri biz
ba’zan ayrim pedogog va raxbarlar tomonidan ishontirish xarakterida qilinadigan
salbiy psixologik ta’sirlardir. Vrachning extiyotsizligi beparvolik bilan aytilgan
so’zi natijasida odam kayfiyatida yuz beradigan ba’zan kasallik xolati xarakteriga
ega bo’ladigan o’zgarishlar didaktogen degan nom bilan yuritiladi.
Eng ko’p o’rganilgan ommaviy tusdagi xodisa jamoa tafakkuridir. Jamoa
tafakkuri qo’yidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi: jamoa tafakkuri jarayonida
har bir jamoa a’zosining yuzaga kelgan vazifani hal qilishda bir maqsadga intilib
xarakat qilishi kuchayadi. Jamoa tafakkuri xal qilinishi lozim bo’lgan vazifani
uylab xar tomonlama yoritib olish imkoniyatini beradi.
Siyosiy ong - siyosiy fan tushunchalaridan biri. U o’zining mohiyati,
manbai, funksiyalariga ko’ra iqtisodiy, huquqiy, falsafiy, axloqiy, estetik, diniy
ongdan farq qiladi.
Siyosiy ong — siyosiy borliqning idrok qilini-shidir. Kishilar mavjud
siyosiy voqyelik bilan shunchaki qanoatlanib qolmaydilar.
26
Ular hamisha bu voqyelikni bilishga, anglashga va uni o’zgartirishga
intiladilar. Kishilarning ana shu siyosiy borliq haqidagi bilimlari, qarashlari,
tasavvurlari ularning siyosiy ongini tashkil etadi. Siyosiy ong - muayyan individ,
guruh, qatlamlar tomonidan siyosiy sohani anglashi, tasavvurlari, bilimlari,
baholashi tizimidir. Siyosiy ong - bu kishilarning siyosiy tizim va hayot, siyosiy
munosabatlar to’g’risidagi bilimlar, tasavvurlar, malakalar, e’tiqodlar, o’zlari
yashab turgan siyosiy tuzumga baho berishlari yig’indisidan iboratdir.
Siyosiy ong — siyosiy borliqning subyektiv aks etishidir. U siyosiy
voqyelikni qanday bo’lsa, shunday, xolisona tarzda, bo’yamasdan, bo’rttirmasdan,
mutlaqlashtirmasdan aks ettirishdir, Biroq, siyosiy ong siyosiy voqyelikni oyna
kabi qanday bo’lsa, shunday, mexanik tarzda, jonsiz aks ettirmaydi. U siyosiy
voqyelikning sir-asroriga "kirib" boruvchi,undan ilgarilab ketuvchi, ijtimoiy-
siyosiy jarayon-larning o’zgarishi va rivojlanishini bashorat qiluvchi aks etishdir.
Siyosiy ong — jamiyatning siyosiy hayoti va uning barcha boshqa sohalariga katta
ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan ijtimoiy hodisadir. Bundan tashqari, alohida
olingan kishilarning ham, jamiyat ijtimoiy-siyosiy birlashmalarining ham xulq-
atvori va faoliyatlarining xarakteri ko’p jihatdan siyosiy ongning shakllanish va
rivojlanish darajasiga bog’liqdir. Shuning uchun ham ijtimoiy jarayonlarni siyosiy
boshqarish amaliyotida, ham jamiyatning, ham uni tashkil etuvchi individlar,
ijtimoiy guruhlar, qatlamlarning siyosiy ongi holatini hisobga olish o’ta muhimdir.
Bu o’rinda hokimiyatlar, siyosiy partiyalar ijtimoiy-siyosiy muvozanatni saqlab
turishga imkon beradigan, davlatning ijtimoiy taraqqiyoti ehtiyojlarini to’la ifoda
etadigan siyosiy ongni shakllantirish va rivojlantirishga intilishlari zarur.
Siyosiy ong ko’pincha siyosiy hokimiyat to’g’risidagi tasavvurlar
yigindisidan iborat bo’ladi, ongsiz, tasavvurlarsiz kishilik jamiyati bo’lmaganidek,
siyosiy ongsiz, tasavvurlarsiz hech qanday siyosiy sohaning bo’lishi ham mumkin
emas.
Siyosiy ong — bu guruhiy xarakterga ega bo’lgan ongdir. Har bir kishi
ma’lum ijtimoiy guruh, tabaqaning a’zosi, birorta millatning vakili, biror
davlatning fuqarosi hisoblanadi.
27
Mana shu mansublik kishilar siyosiy ongining mazmunini belgilaydi
.
Boshqacha qilib aytganda, siyosiy ong kishilar tomonidan o’zlarining biron-bir
guruhga mansub ekanliklarini anglash asosida shakllanadi. Guruhga mansublik esa
o’z navbatida kiishlarda muayyan siyosiy pozisiyaga egalik hissini tug’diradi.
Siyosiy ong nafaqat guruhiy, balki individual xarakterga ham egadir. U aniq tarixiy
shart-sharoitning, muayyan omillar ta’sirida ham bo’ladi.
Siyosiy ong — muayyan ijtimoiy guruhlar, qatlamlarning siyosiy
institutlarda ishtiroki, unga munosabatini o’zaro manfaatlar uyg’unligi darajasida
aks ettiruvchi va uni ta’minlab beruvchi omil hamdir.
Siyosiy ongning shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi manbalar asosiy
omil bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |