1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети


II.2.Siyosiy hokimiyat siyosiy psixologiyaning asosiy obyekti sifatida



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish

II.2.Siyosiy hokimiyat siyosiy psixologiyaning asosiy obyekti sifatida. 
Hokimiyat fenomeni borliqdagi har qanday hodisa kabi biror bir fanning 
predmeti 
bo’la olmaydi. Hokimiyat muammosini politologiya ham, 
yurisprudensiya ham, tarix ham, shu bilan bir qatorda psixologiya ham o’rganadi. 
Hokimiyatni psixologik tahlilida hokimiyatning munosabatlari emas, balki 
hokimiyat institutlarini qabul qilish, hokimiyatga ega bo’lgan figuralarga 
munosabatlar, hokimiyatga ega bo’lganlardan tobelik darajasini anglash va 
boshqalarni ko’rish mumkin. 
Hokimiyatning subyektiv jihati - bu hokimiyat subyektlarining organi va 
darajasining o’z vazifalarini bajarishga tayyorligi va faol qatnashishidir. 
Siyosiy hokimiyat psixologiyasi - bu institut sifatida mexanizm, sharoit va 
ta’lim omillari. Bu va boshqa hokimlik har bir jamiyatga zarur va hokimiyatsiz 
jamiyat etnograflariga noma’lum, xuddi jamiyat oilasiz va xususiy mulksizdek 
hisoblanadi. Davlat (grant) fuqarolariga nisbatan Prezident hokimlik qiladi. 
Jumladan, ota - onalar farzandiga, ish yurituvchi ishchilarga, sevishganlar bir – 
birlariga nisbatan kabilar. 
Dominant intilishlikka birinchi sabablaridan biri, bu taxminan uning tug’ma 
xarakterida.
Aristotel fikri bo’yicha bir xil odamlar tabiatdan hokimlik qiladilar, 
boshqalar ularga bo’ysinadilar. Gobsning fikricha, “Butun ozamzodning suyanishi” 
bu doimiy ehtiyoj, katta - katta lavozimlarni egallashga bo’lgan istak. Bu istak 
odamzodning umrining yakuni bilan, ya’ni o’limi bilan tugallanadi. Fransuz 
filosofi K.A.Gelvesiy hokimlikka intilish manbalarini, rohatni sevishda va bu 
asnoda “odamning tabiatini ildizida” , deb xulosa qilgan.
Hozirgi zamonda keng tarqalgan konsepsiyalardan biri intiqomi ta’rifi 
bo’yicha insonni biologik xususiyatga kiruvchi hukumatga intilishidir. So’zsiz \ar 
bir insonda hayvonlardagidek tug’ma xulqni hamda instinktlarni ham boshqaruvchi 
tug’ma regulyator (boshqarish) bor. Ammo ularni rollari asosli ravishda turlidir.


45 
Biologik tabiatga ega bo’lgan xohish va istaklar odamlarda tabiiylik 
xususiyatiga ega bo’lsa ham ularning hayot faoliyatini asosini tashkil etadi. Ammo 
ular inson motivlarini asosini tashkil etmaydi.
Hokimiyatning kompensatorlik konsepsiyasi boshqa keng tarqalgan 
hukmronlik 
motivasiyasi 
kompensator 
konsepsiyasidir. 
Uning 
asoschisi 
A.Adlerdir. Insonning intilishini dominasiya (ustuvorlik) bilan bog’lagan. Real va 
xayolan o’ylab topilgan kamchiliklarni yechishga urinish, bu asosida G.Lassuel 
tomonidan keng tarqalgan siyosiy faoliyatlar nazariyasi ishlab chiqildi, ya’ni 
odamlar hokimiyatga o’zlaridagi kamchiliklarni o’rnini bosuvchi qadriyat sifatida
intiladilar. Bunda hokimiyat va u bilan bog’liq bo’lgan har qanday vositalar 
odamlarni o’zlarini oldilarida yuqori darajada ko’tarilishiga o’ziga bergan baxosi, 
o’zgarishga yordam beruvchi vosita sifatida amalga oshiriladi. Shunga o’xshash 
fikrlarni psixoanaliz maktabi vakili S.Xorni ham bildirgan. Uning fikricha, ko’p 
odamlar xavotirli, o’zini kichkina, kamsitilgan va xo’rlangan odam sifatida qabul 
qilishlari mansubdir. Hukumatga intilish psixik holatni muvozanatga keltirish yo’li 
bo’lib xizmat qiladi. 
Siyosiy hokimiyatni kompensasiya tamoyili orqali motivasiyani yetarlicha 
asoslab bermasligi bir necha sabablarga ega. Birinchi navbatda kompensasiyaga bir 
qancha yo’llar bilan boyish orqali erishish. Umumiy hollarda bunday 
kompensatorlarni istashda jamiyatda bor bo’lgan qadriyatlar tizimi katta ta’sir 
ko’rsatadi va bu odamlarni o’ziga o’zi bergan bahoni yuqori darajasiga ko’taradi. 
Bir tomondan, inson hokimiyatga intilsa ham bunday intilishni u siyosatda emas, 
boshqa sohalarda yuqori ta’sirchanlikda namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, 
armiyada va b. 
G.Lassuelining fikricha, hokimiyatga intilish faqat siyosiy sohada bo’ladimi, 
yo’qmi, kognitiv (bilish) omillar muhim rol o’ynaydi. 
Kompensasiyani hokimiyat orqali qondirilishi ikki yo’l bilan amalga 
oshiriladi: 
1. Biron bir yo’lni ishlatilishiga nisbatan ko’proq foyda olinsa


46 
2. Hokimiyat orqali o’ziga o’zi baho berishining ko’tarilishi bilan bo’lgan 
ijobiy tajriba. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin