1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish

Ijtimoiy-siyosiy ong- 
bu rasmiy siyosatda ishlab chiqiladigan,
asoslanadigan, amalga oshiriladigan va siyosiy munosabatlar tartibiga
solinadigan siyosiy ong darajasidir. Uning tashuvchilari davlat, siyosiy
institutlardir. Bu institutlar siyosiy munosabatlarni turli qonun loyixalari,
dasturlar, qarorlar, konstitutsiya va ularning moddalariga tuzatishlar va


33 
boshqalarni ishlab chiqish, qabul qilish, hayotda tadbiq etish yo’li bilan tartibga
soladi. 
Bu ong darajasining eng muhim belgisi- turli siyosiy kuchlarning umumiy 
manfaatlarini ifoda etishga intilishidir. Bu darajada mavjud siyosiy tartiblar va
boshqarish pirinsiplari izchillik, qat’iyatlilik bilan himoya qilinadi, jamoatchilik 
fikrining davlat institutlari olib borayotgan siyosatga moslashtirilishi sodir 
bo’ladi. 
Siyosiy ong uchun siyosiy voqyelikni oqilona pragmatik uslubda idrok 
etish –hokimiyatni idora etish, ushlab turish jarayonida muvaffaqqiyatga
erishishni mo’ljallash ham xarakterli xususiyatdir. 
Kundalik siyosiy ong-
bu ijtimoiy qatlam yoki kishilar guruxlarning
kundalik hayotida bevosita paydo bo’ladigan siyosiy hayot to’g’risidagi ilk, 
sodda tassavurlar yig’indisi. U mazmuniga ko’ra ko’p jixatdan emprik ongga
o’xshashdir. Lekin, kundalik ong empirik ongdan farq qiladi. U muayyan
g’oyaviy va nazariy elementlarga ega. 
Kundalik ongga ravshan ko’zga tashlanadigan sosial- ruxiy belgilar:
ziddiyatlikka, o’zgaruvchanlik, tizimga ko’rmaganlik, hissiyot, kayfiyat, 
ehtiroslar xosdir. Bu unga o’ziga xos dinamiklik (tez o’zgaruvchanlik) siyosiy
vaziyatning o’zgarishini aniq his etishni baxshida etadi. 
Siyosiy ongning oddiy darajasi rasionallik va emosionallikning, jonli hayot
tajribasi va an’analarining, daqiqalik kayfiyat va barqaror stereotiplarining
o’zaro bog’liqligi bilan farqlanadi. Shuning uchun ham u beqaror, hissiyot va
bevosita tajribaning o’zgarishiga bog’liq tebranishlar mahkum etildi. 
Shunday qilib, siyosiy ong murakkab va ko’p qirrali hodisa. U nafaqat 
siyosiy voqyelikni aks ettiradi, balki uni ijod qiladi, o’zgartiradi. 
Siyosiy ong insonda muayyan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-
ma’rifiy shart-sharoitlar, tarixiy tajriba, milliy qadiriyatlar, siyosiy hayotni idrok 
etishga qaratilgan urf-odat, an’analar negizida shakllanadi. Bunday shart-
sharoitlar mavjud bo’lmas ekan, insonda siyosiy ong shakllanmaydi. U 
siyosatning obyektligicha qolaveradi. Siyosiy ongning shakllanishi- murakkab 


34 
jarayon. Bu avvalo, ijtimoiy-siyosiy shart-sharoit demokratik siyosiy tartibotning
mavjudligiga bog’liq. Jamiyatda bunday munosabatlar mavjud bo’lmasa, 
mustaxkamlanib borilmasa insonda demokratik, yuksak siyosiy ong 
shakllanmaydi. Jamiyatda mavjud bo’lgan avtoritar, ma’muriy-buyruqbozlik 
siyosiy tizimi esa inson siyosiy ongining shakllanishiga imkon bermaydi. 
Aksincha bu tizim insonni kullikka maxkum etadi, uni hokimiyatdan
begonalashtiradi, biqiqlik, befarqligini tug’diradi, boshqaruv apparatlarini
xalqdan uzoqlashtiradi. 
Jamiyatda demokratik siyosiy tizimning mavjudligi va uning 
mustaxkamlanib borishi-insonda siyosiy ong shakllanishining hal qiluvchi 
shartidir. Bunday siyosiy tizim inson siyosiy ongi va faoliyatining rivojlanishiga
keng imkoniyatlar yaratadi, uni rag’barlantiradi. Jamiyat siyosiy tizimi qanchalik 
demokratik bo’lsa, inson siyosiy hayotda shunchalik faol ishtirok etadi. 
Siyosiy ongning shakllanishi jamiyatda faqat demokratik siyosiy tizimning
mavjudligi bilan belgilanib qolmaydi. U jamiyat iqtisodiyotining taraqqiy etib 
borishi darajasiga, xalqning moddiy farovonligiga ko’p jixatdan bog’liqdir. 
Jamiyat iqtisodiyotning yuqori darajada taraqqiy etishi fuqarolik 
jamiyatining bilimdon, malakali, kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan boshqaruv 
kadrlari korpusining shakllanishi uchun zarur baza bo’lib xizmat qiladi. 
Demokratiya negizida samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan umumta’lim va 
kasb tayyorgarligining yuqori darajasiga erishish mumkin. Davlat xizmati, siyosiy 
faoliyatga tezda boy bo’lib ketish maqsadida shaxsiy manfaatlarini qondirishning 
vositasi sifatida qarash boshqarish tizimi uchun og’ir oqibatlar keltirib chiqaradi. 
Iqtisodiyotning taraqqiy etishi, xalqning farovonligiga erishuvi-siyosiy ong 
shakllanishining asosiy shartlaridan biridir. Jamiyat qanchalik iqtisodiy jixatdan 
taraqqiy etib borsa, u idora qilishning demokratik shakllariga shunchalik ochiq 
bo’ladi. Xalq qanchalik boy va badavlat, farovon yashasa, u shunchalik 
demokratiyani qo’llab quvvatlaydi va ximoya qiladi. 
Siyosiy ongning shakllanishi jamiyatning ma’naviy, ma’rifiy rivojlanishiga 
ko’p jixatdan bog’liqdir.


35 
Sababi, ma’naviy, ma’rifiy taraqqiy etmagan jamiyat xech qachon insonni 
siyosat subyekti sifatida shakllantira olmaydi. Bunday jamiyat va uning fuqarolari 
siyosiy manipulyasiya-firibgarlikning obyekti bo’lib qolaveradi. Ma’naviy 
qashshoq, savodsiz bo’lgan inson jamiyat anglagan siyosatdan tashqarida bo’ladi. 
U siyosiy xarakatlarning subyekti emas, balki obyekti bo’lib qoladi. Tarixiy tajriba 
shuni ko’rsatadiki, jamiyatning ma’naviy, ma’rifiy soxasi insonning ma’lumotlilik 
darajasi qanchalik yuqori bo’lsa u shunchalik siyosiy bilimdon bo’ladi. Eng 
asosiysi, demokratik yo’l, ko’rsatmalar, xatti-xarakatlarga moyillik bo’ladi. 
Xususan, mukammal ta’lim insonning siyosiy dunyoqarashini kengaytiradi, sabr 
toqatli, mexr oqibatli bo’lishiga yordam beradi, ekstremistik g’oyalarga aloqador 
bo’lishdan saqlaydi, saylov kompaniyalari davrida uning odil va oqilona yo’lini 
tanlash qobiliyatini oshiradi.
Yuqori 
ma’lumotga ega bo’lgan shaxs xukumatning qarorlarini, 
ko’rsatmalarini yaxshi anglaydi, siyosiy xabarlarni chuqur biladi, keng doiradagi 
masalalar bo’yicha o’zining mustaqil fikriga ega bo’ladi. Inson qanchalik 
ma’lumotli bo’lsa uning siyosiy baxs-munozaralarida ishtirok etish extimoli 
shunchalik yuqori bo’ladi. U o’zini kichik bir muruvvat emas, balki xukumatning 
faol subyekti va unga ta’sir ko’rsatishiga qodir inson, deb xisoblaydi. Individ 
qanchalik ma’lumotli bo’lsa, u muayyan jamiyat tashkilotlarining faol a’zosi 
bo’lishi, o’zini o’rab turgan ijtimoiy-siyosiy muxitga ishonch bildirishi extimoli 
shunchalik yuqori bo’ladi. 
Shunday qilib, siyosiy ong muayyan ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy, ma’naviy-
ma’rifiy omillar, shart-sharoitlar negizida shakllanadi. Bu omillar inson siyosiy 
faoliyatining rivojlanishiga, uning siyosiy subyekti sifatidagi potensial 
fazilatlarining ochilishiga yordam beradi. 
Siyosiy madaniyat - jamiyat siyosiy tizimining eng muxim elementlaridan 
biri sifatida muxim o’ringa ega. 
Jamiyatda siyosiy madaniyatning nechog’lik rivojlanganlik darajasiga qarab 
uning siyosiy tizimi qanchalik mukammal tashkil qilinganligiga baxo berishi 
mumkin.


36 
Siyosiy madaniyat fuqarolarning siyosiy jixatdan layoqatlilik darajasini 
ifoda etib, jamiyatda siyosiy va davlat institutlarining shakllanishi, faoliyat 
ko’rsatishiga, shuningdek, davlat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning tashkil 
qilinishi jarayoniga xal qiluvchi, ta’sir o’tkazuvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. 
Siyosiy madaniyat o’zining mazkur jixatlari bilan mamlakatda siyosiy 
barqarorlikni saqlash, mustaxkamlash, jamiyatni demokratiyalashtirish, siyosiy, 
ijtimoiy va iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish jarayonida, axolini ma’naviy 
jixatdan yuksaltirishda muxim vosita bo’lib xizmat qiladi. 
Siyosiy madaniyat umummilliy madaniyatning o’ziga xos, shu bilan 
birgalikda ajralmas qismi xisoblanadi. Siyosiy madaniyat, avvalam bor, katta va 
kichik ijtimoiy guruxlarning, umuman insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida 
olgan siyosiy tajribasidir. Siyosiy madaniyat bir joyda qotib turmaydi, u doimo 
o’sishda, o’zgarishda bo’ladi. Ayni bir paytda siyosiy madaniyat bo’sh joyda o’z-
o’zidan paydo bo’lib xam qolmaydi. Siyosiy madaniyatning shakllanishiga ta’sir 
qiluvchi ko’plab omillar bor. 
Siyosiy madaniyat tushunchasi qachon paydo bo’lgan, uning moxiyati 
nimalarda o’zining aniqroq ifodasini topadi? 
Insonlarning bevosita ma’naviy xayoti, qadriyatlari, dunyoqarashi, urf-
odatlari bilan bog’liq xolda namoyon bo’luvchi siyosiy xodisa bo’lgan siyosiy 
madaniyat siyosatning o’zi kabi uzoq tarixga egadir. Siyosiy madaniyat 
tushunchasi u yoki bu tarzda qadimgi mutafakkirlar tomonidan xam ma’lum 
darajada talqin qilingan. Siyosat olamining buyuk donishmandlari bo’lmish 
Konfusiy, Arastu, Aflotun, Abu Nasr Farobiy, Yusuf Xos Xojib, Makiavelli va 
boshqalarni bunga misol qilib keltirish mumkin. 
«Siyosiy madaniyat» terminining o’zi esa ancha keyinroq paydo bo’ldi. Uni 
ilmiy muomalaga XVIII asrda nemis faylasufi va ma’rifatparvari I.Gerder olib 
kirgan degan qarash mavjud. 
Empirik asosga ega bo’lgan siyosiy madaniyat to’g’risidagi ilmiy 
konsepsiyalar esa g’arbda XX asrning o’rtalariga kelibgina shakllana boshladi. 


37 
Bunda yirik xalqaro tadqiqotchilar bo’lgan G.Almond, X.Fayer, S.Verba, A.Lipset, 
M.Dyuverje, U.Razenbaum, G.Pauyell, L.Pay kabilarning xissalari bor.
Masalan, xozirgi zamon politologiyasida «siyosiy madaniyat» tushunchasini 
ishlatgan Amerikalik nazariyotchi X.Fayerning 1956 yilda bosilib chiqqan 
«Yevropaning buyuk davlatlari boshqaruv tizimi» nomli kitobi siyosiy 
madaniyatning moxiyatini anglash yo’lida qo’yilgan muxim qadamlardan bo’lgan 
bo’lsa, undan sal keyinroq G.Almond va S.Verba besh mamlakat AQSh, Buyuk 
Britaniya, Germaniya, Meksika va Italiya siyosiy jarayonlarini tadqiq qilish 
asosida o’zlarining «Fuqarolik madaniyati» (1963) nomli maktabni e’lon qildi. 
L.Pay bilan S.Verba o’nta mamlakat jamiyati siyosiy madaniyatini o’rganishi 
asosida «Siyosiy madaniyat va siyosiy tadqiqot» (1965) nomli asarini chop 
ettirdilar. 
Bu ilmiy ish siyosiy madaniyatning xozirgi zamon konsepsiyasining 
shakllanishiga muxim turtki bo’ldi xamda siyosiy madaniyat nazariyasining 
kelajakdagi taraqqiyotiga ma’lum darajada zamin tayyorlab berdi. 
Siyosiy madaniyat tushunchasini talqin qilishda turlicha yondoshuvlar 
mavjud. Bu tabiiy xol albatta, lekin ularning barchasini bir-biriga bog’lab turuvchi 
umumiy jixat xam mavjud. Bu siyosiy madaniyatning jamiyat siyosiy-ijtimoiy 
jamiyatlari, siyosiy institutlari bilan bevosita uzviyligi, unga bo’lgan munosabat 
xolatidir. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin