1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish

liberalizmdir. 
Bu atama lotincha «liberalis» so’zidan olingan bo’lib «erkin» degan 
ma’noni anglatadi. 
Liberalizm XVII-XVIII asrda ma’rifatparvarlik davri g’oyalari negizida 
tarix saxnasiga chiqib kelayotgan burjuaziya sinfining mafkurasi sifatida 
shakllandi. Bu mafkuraning asosiy qoidalari J. Lokk, T.Gobbs, Sh.Monteske, 
A.Smit, T.Jefferson, D.Mill va boshkalarning asarlarida asoslab beriladi. 
Liberalizmning poydevorini shaxs erkinligi, uning barcha jamiyat 
institutlariga nisbatan eng oliy qadriyat ekanligi, shaxsning ham o’z oldida, ham 
jamiyat oldida mas’ulligi barcha kishilarning o’zini-o’zi ro’yobga chiqarish 
huquqini tan olishligi kabi prinsiplar tashkil etadi. 
Liberalizm hokimiyatning taqsimlanishi, siyosiy plyuralizm, elitalar 
raqobati, qonunning ustuvorligini e’tirof etadi. U fuqarolar huquqlari va 


43 
erkinliklarini ta’minlashni o’zining asosiy maqsadi, deb biladi. Mazkur 
mafkuraning barcha ko’rinishlarida inson shaxsining individual erkinligi, qadr-
qimmati, boshqa kishilarning qarashlari va e’tiqodlariga sabr-chidamli bo’lishlik 
talablari doimo himoya qilinib kelinadi. Shaxs erkinligini hurmat qilish bilan 
bog’lab liberalizm o’zining g’oyaviy ko’rsatmalarida individualizm va 
insonparvarlik prinsiplarini uyg’un ravishda mujassamlashtiradi. 
Erkinlik prinsipi liberalizm tarafdorlari tomonidan davlat cheklashlaridan 
erkin bo’lishlik sifatida talqin etiladi. Bu g’oyani angliyalik mutafakkirlar J.Lokk 
va D.Mill yaxshi ifoda etadilar. Jumladan, D.Milya bu g’oyani quyidagicha 
izohlaydi: «Inson o’ziga nima kerakligini har qyanday hukumatdan ko’ra o’zi 
yaxshi biladi». 
Liberalizm tarafdorlari uchun erkinlik uchun kurash insonning iqtisodiy
jismoniy va intellektual erkinligi yo’lidagi barcha to’siqlarni, cheklashlarni 
tugatish uchun kurashishni anglatadi. Ular hokimiyatni meros qilib qoldirishning 
barcha shakllariga va tabaqaviy imtiyozlarga qarshi chiqadilar. Bu ko’rsatmalar 
negizida «davlat — tunggi qorovul», degan g’oya qaror topadi. Ushbu g’oyaning 
ma’nosi shuki, davlat faqat ijtimoiy tartibni qo’riqlash va mamlakatni tashqaridan 
bo’ladigan taxdiddan himoya qilishni ta’minlaydigan eng kerakli vazifalar bilan 
ta’minlanishi kerak. Shuning uchun aynan liberalizmda fuqarolik jamiyatining 
davlat ustidan ustuvorligi g’oyasi qaror topdi va amalga oshirilmoqda. J. Lokk 
fuqarolik jamiyati bu doimiy kattalik, davlat esa undan kelib chiquvchidir, deb 
e’tirof etgan edi. 
 


44 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin