61
1. O’z-o’zi bilan muloqotda bo’lish (o’zini konkret tarbiya obyekti sifatida
idrok etish va o’zi bilan muloqotni tashkil etish cifatida);
2. O’z-o’zini ishontirishlar (o’z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish
orqali, ijobiy xulq normalariga buysindirish);
3. O’z-o’ziga buyruq berish (tig’iz va ekstremal holatlarda o’zini qo’lga
olish va maqbul yo’lga o’zini chorlay olish sifatida);
4. O’z-o’ziga ta’sir yoki autosuggestiya (ijtimoiy normalardan kelib
chiqqan holda o’zida ma’qul, qadriyatli ustanovkalarni shakllantira olish
sifatida);
5. Ichki intizom - o’z-o’zining boshqarishning muhim mezoni har doim har
yerda o’zining barcha harakatlarini muntazam ravishda korreksiya qilish va
boshqarish uchun zarur sifatdir.
Aytib o’tilgan o’z-o’zini boshqarish mexanizmlari orasida psixologik
nuqtai nazaridan o’z-o’zi bilan amalga oshiriladigan
ichki dialog
alohida o’rin
tutadi. Bu oddiy qilib aytganda, insonning o’zi bilan gaplashishdir.
Aslida bu qobiliyat bizning boshqalar bilan amalga oshiradigan tashqi
dialoglarimiz asosida rivojlanadi, lekin aynan ichki dialog regulyativ rol o’ynaydi.
Faqatgina o’z-o’ziga obyektiv baho bera oladigan shaxs, o’zining
individualligini to’g’ri tushunadi, o’z-o’zini to’g’ri nazorat etadi, ijobiy munosabat
o’rnatib, muloqotga intiladi va o’z-o’zini to’g’ri maqsadga muvofiq tarbiyalay
oladi. Bunda bo’lajak rahbarga uning psixologik bilimlari (psixika va ong haqida,
psixik holatlar va jarayonlar haqida, shaxsning individual - tipologik sifatlari
haqida va boshqalar), malaka va ko’nikmalari vosita sifatida yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: