Siyosatda shaxsning o’rni
Siyosatda shaxs muammosi abadiy muammolardan biridir. U faylasuflar va
tarixchilar, yozuvchilar va moralistlar, diniy mutafakkirlar va psixologlar
qiziqishini o’ziga jalb qilib kelmoqda. Hozirgi kunda siyosatchilarning ko’pchiligi
siyosiy jarayon davomida shaxs omilini o’rganish lozimligini tan olishadi.
Siyosatchining usuli va ta’bi, oila a’zolari va sport turlariga qiziqishlari, doimo
ko’pchilik diqqat markazida turadi. Siyosatchini shaxs sifatida bilishimiz bilan
birga ko’z o’ngimizda uning siyosiy xarakatlari yashirin zanjiri namoyon bo’ladi.
Yana bir misol Paskal siyosatchi shaxsining siyosatga ta’siri haqida gapirib
shunday deydi: “Kleopatraning burni biroz qisqaroq yoki biroz uzunroq bo’lganda
edi, insoniyatning tarixi umuman boshqacha bo’lgan bo’lar edi”.
Shaxsning tarixdagi roli mavzusidagi baxs munozaralar XIX - asrning oxiri
XX asrning boshlarida qizg’in tus olib, Tolstoy, Karleyl, Djeyms, Plexanov va
Troskiyning qarashlari bilan boyidi. Bu turdagi ko’proq ma’lum bo’lgan
asarlardan biri Sidney Xukning “Tarixdagi qahramon” asaridir.
Siyosiy rol - bu siyosiy tizimdagi shaxsning o’rni bilan bog’liq bo’lgan real
vazifalar, mavqey, majburiyat va haq-huquqlar majmuasidir
Zamonaviy siyosatshunoslar shaxs itoat qilishi kerak bo’lgan holatlarning
mavjudligini, unga yuklatilgan boshqaruv vazifalari (D. Bell, S. Lipset, U, Mur),
49
barqaror demokratiyani ta’minlash (R. Dal, U. Kornxauzer), o’zaro tenglikka
erishish (Dj. Raulz, G. Gens) kabi yangi motivlar bilan bog’lashadi. Biroq bu
modelning hamma tarafdorlari uchun umumiy tushuncha, shaxsning davlatga,
tashkilotlarga, elitaga itoat qilishda oddiy fuqaroning ishtiroki va uning siyosatdagi
roli cheklanganligi haqidagi qarashlar mavjud. Ushbu holatda shaxsning o’zi-
o’zining pishib yetilmagan tabiatini jilovlay oladigan, shaxs usti mexanizmlarga
ehtiyoji mavjud, boshqaruvning passiv obyektiga aylanadi. Boshqacha aytganda,
shaxsning o’zaro munosabatlar tabiati, shaxsiy qiziqishlarda siyosatni harakatga
keltiruvchi mexanizm turadi. A. Smit, G. Spenser, U. Godvinning izdoshlari,
siyosiy psixologik tizimni harakatga keltiradigan kuch qiziqishlarda deb qarashadi.
“Qiziqish” moduli ijtimoiy va siyosiy tartib turli hil insonlar qiziqishlari
uyg’unlashuvining tabiiy natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Shuning uchun shaxs
bostirish kuchi bilan emas, balki umumiy harakatlar orqali o’z foydasiga erishish
mumkinligini anglab yetadi.
Bu an’anadagi ahamiyatli postulat, shaxsning siyosiy faoliyatning faol
subyekti sifatida ko’rib chiqishi hisoblanadi. Bu modeldan foydalanadigan liberal
va neokonservativ nazariyotchilar jamoatchilikni, xokimiyatni markazlashtirish
va unga individning itoat qilishining xar qanday shakliga qarshidirlar. Siyosiy
tuzum, hokimiyat va ozodlik muammosini ular individual instik kelajakda deb
tushunishadi.
“Xatti-xarakat revolyusiyasi” siyosatdagi shaxs muammosini siyosiy
psixologiyaning alohida sohasiga aylantirdi. Bu sohani tasvirlaydigan bir necha
turdagi tadqiqotlar mavjud bo’lib, ulardan birinchi bu keys-stadiz (case studies)
yoki fokusida oddiy fuqaro yoki siyosatchi bo’lgan o’ziga xos individuallar
bo’lgan, alohida aniq holatlarni tadqiq qiluvchi sifat tadqiqotlaridir. Individual
siyosiy portretlarni yaratishda ishlatiladigan usullar, ularning shaxs sifatidagi
ulkan sifatlarini ochishga qaratilgan bo’lib, u ilmiy talablarga javob beradi.
Buning uchun ma’lumotlarni tahlil qilishning usullaridan foydalaniladi.
Bu
tipdagi
tadqiqotning
bir
nechtasi
siyosiy
yetakchilarning
psixobiografiyasini yaratishga yordam beradi.
50
Psixobiografiya yo’nalishidagi ishlardan biri E. Eriksonning Lyuter, Gitler
va Eleonara Ruzvelt, A. Djordjning amerika prezidenti Vudro Vilson, Ye.
Volfensteynning Gandi, Lenin va Troskiy haqidagi asarlaridir. Orasida barchaga
ma’lum bo’lgan dunyo siyosatchilarini topsa bo’ladigan portretlar galereyasi
tashkil qilingan. Ularning ichida Yelsin, Saddam Husayn va Klinton ham bor.
Keys stadizni asosiy maqsadi shaxsning ilk ijtimoiylashuv tajribasidan kelib chiqib
va uning siyosiy harakatlaridagi ichki motivlarni ajratib olish orqali siyosatchi
shaxsiyati haqida ma’lumot berishdir.
Bu holatda ular siyosatchining hayotiy tajribasini tasvirlash bilan umumiy
siyosiy holatdan chetga chiqishadi.
Shaxsning siyosatdagi o’rnini o’rganadigan yo’nalishlardan yana biri
agregativ tadqiqot bo’lib, u siyosatchining shaxsiy biografiya faktlarini siyosiy
jarayonning tarixiy kontekstida o’rganadi. Mualliflar D. Koks, S. Xyuz, B. Brodi
va boshqa tarixchi va siyosatchilar siyosiy voqyealarni alohida shaxslarning
harakatlariga emas, shaxsning siyosatdagi tarixiy hodisalaridan kelib chiqqanligiga
bog’lashadi. Bu yo’nalish shaxs omilining urush, inqilob, milliy harakter, siyosiy
madaniyatga ta’sirini o’rganadi.
Uchinchi yirik yo’nalish esa tipologik tadqiqotlar. Unda siyosiy arboblarni
psixologik tushunchalar orqali eng oddiyidan tortib, murakkabigacha tasniflashga
harakat qilingan. Tasnif uchun, siyosatchilarning alohida xususiyatlari, hatti-
harakatlaridagi farqlar, fikr yuritishi shaxslararo munosabatlardagi usullari, qaror
qabul qilishdagi o’ziga xosliklar asos bo’lib xizmat qiladi. Eng mashxur
tasniflardan biri T. Adornoning avtoritarlik tushunchasiga loyihasidir. M.Rokich
siyosatchilarni turlarga ajratishdagi belgilardan biri sifatida dogmatizmni hisobga
olish kerakligini ta’kidlaydi. D. Trisman ikki asosiy shaxsiy yo’nalganlikni ya’ni:
an’analarga va ichki maqsadlarga intilishini asos qilib olgan G. Lassuel va D. J.
Barberlar esa siyosiy rolni tasnifning asosi qilib olishgan.
Lassuel
“agitator”, “administrator” va “nazariyotchi” Barber esa
“tomoshabin”, “reklama qiluvchi”, “qarshilik qiluvchi” va “qonun chiqaruvchi”
rollarini ajratuvchi tipologiyalarni taklif qilishadi.
51
Siyosatdagi shaxs muammosi haqida fikr yuritganda, amerikalik siyosiy
psixolog Fred, Grinstaynlar siyosiy jarayonda shaxs omilining yetakchi rolini
belgilovchi nazariyani taklif qilishdi. Birinchidan, oldin sodir bo’lmagan mutlaqo
yangi siyosiy holatlarda, ikkinchidan, ko’plab noaniqliklar bo’lgan murakkab va
bir-biriga zid holatlarda, uchinchidan, turli xil siyosiy qarorlarni taklif qilayotgan
turli kuchlar orasida tanlash imkoniyati bo’lganda uning roli ayniqsa ahamiyatli
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |