1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish

Inson va hokimiyat: psixologik o’lchov. 
Hayotimizda turli hokimiyatlar bilan to’qnashamiz, ular jamiyatni tashkil 
qiluvchi mexanizmda asosiy rolni o’ynaydi. Shuning uchun ingliz faylasufi 
B.Rossal hokimiyat tushunchasini tabiiy fanlarda energiya kategoriyasi bilan 
solishtiradi. Hozirgi zamonda bu tushunchaning bir nechta yondashuvlari mavjud. 
Biz hokimiyat deb turli kuchlarni vositalar yordamida ijtimoiy subyektlarni boshqa 
ijtimoiy subyektlarga ta’sir qilish qobiliyatini tushunamiz. Hokimiyat doimo 
hokimlikka ega bo’lgan va hokimiyat ta’siriga tushuvchilar orasidagi munosabatni 
tushunamiz. Siyosiy hokimiyat munosabatlari jamiyatdagi obyektiv reallikni 
namoyon qiladi. Ular his- tuyg’ularda, qonuniy normalarda, boshqaruv organlarida 
va iqtisodiy - siyosiy omillar orqali namoyon bo’ladi. 
Bu nuqtai nazarni ko’rib chiqilganda, hokimiyat quyidagi terminlarda 
berilishi maqsadga muvofiqdir, siyosiy rejim, hokimiyatning bo’linishi, hokimiyat 
darajasi. Ammo hokimiyatni subyekti bu konkret odamdir va uning hokimiyatga 
bo’lgan munosabati turlichadir. Turli hokimiyatlarga ega bo’lgan odam hokimiyat 
bosimi ostida qolib ketishi yoki yanada ko’proq ta’sir etish kuchini egallashga 
harakat qilishi mumkin. 
Amerikalik siyosatshunos R.Dalling aytishicha, mana shunday psixologik 
xususiyatlar bir xil bo’lgan odamlarning turli hokimiyatdan foydalanish 
resurslarini va imkoniyatlarini belgilaydi. Boshqa tomondan esa inson hokimiyatni 
obyekti bo’lib o’zini subyektliligini yo’qotmasdan avtomatik bo’lmagan holda 
hokimiyatga bo’ysunadi. Hokimiyat nafaqat oilada, balki tashkilotlarda ham bo’lib, 
asosan u siyosiy sohada ko’proq namoyon bo’ladi. Siyosat va hokimiyat qadimdan 
o’ziga yarasha kontinium sifatida ko’rib kelingan. Siyosatni asosiy funksiyasi 
bo’lgan ijtimoiy manfaatlarini moslashtirish hokimiyatsiz amalga oshirilmaydi. 
Shuning uchun siyosiy hokimiyat juda katta sonli fuqarolarni bo’ysundirishni o’z 
ichiga oladi.


47 
Bu bog’liqlikni inobatga olib nemis faylasufi. E. Shpranger siyosat va 
hokimiyatni ma’no jihatdan birlashtirib “Siyosiy tip” degan tushunchani kiritadi. U 
“Odamlar uchun yetakchi qadriyat hokimiyatda bo’lganlarni biz siyosiy tip 
deymiz”-deb ta’kidlaydi. Oddiy fuqarolardan oddiy odamlarning farqi nimada? 
degan savolga javob berishda G. Lassuell shu ta’rifga tayanadi. Amerikalik 
olimning fikricha, “Siyosiy odamning” asosiy xususiyati bu uning hokimiyatni 
diqqatini qaratish, ya’ni boshqa qadriyatlarga nisbatan hokimiyatga e’tiborini 
qaratishdir.
Hokimiyatning boshqa bir qator tahliliga qaratilgan yondoshuvda psixologik 
xususiyatni ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Xususan, hokimiyatni maqsad 
sifatida ko’rib chiqishda asosan uning motivlar mexanizmini yoki shaxsni 
hokimiyat ta’sirida o’zgarishini maqsadga yetkazuvchi instument sifatida, 
hokimlik munosabatlarining tizimi, o’ziga xos fenomeni sifatidagilardir. 
Agar hokimiyat motivlar instrumental vositasi bo’lib xizmat qilsa, unga 
qarama - qarshi bo’lgan hollarda hokimiyat shaxsiy maqsad sifatida ko’rib 
chiqiladi. Bunda yetakchi rolni hokimiyat bilan bog’liq bo’lgan ijobiy emosional 
his - tuyg’ular tashkil qiladi. Veberning aytishicha, hokimiyatga intilish 
hokimiyatga ega bo’lishgina emas, balki u bilan bog’liq bo’lgan obro’- e’tibordan 
zavqlanishdir. 
Uni fikricha, bunday tuyg’u tarixiy muhim jarayonlarni qo’lda ushlab turish, 
muhim qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish bilan bog’liq bo’lgan his- tuyg’ular 
bilan bog’liqdir. Bunda mazmun jihatidan motivlar asosida biror bir darajaga 
mavqega erishish emas, balki siyosat oshkora namoyish qilishni xohlamaydigan 
siyosatchida ham namoyon bo’lishi mumkin. Hokimiyatning xulq - atvor bilan 
bog’liq bo’lgan motivlarini ikki asosiy yo’nalishlarda ko’rib chiqish mumkin: 
1. Hokimiyatga ega bo’lish va uning zahiralarini kengaytirish yoki o’zini 
kuchli his qilish (X.Xekxauzin)
2. Bu zahiralarni amaliyotga tadbiq qilish, xohishi, o’zgaruvchi jihati.


48 
Hokimiyatda qatnashish darajasi quyidagilardir:
Bevosita qatnashuvchilar: Davlat, siyosiy mudirlar, elita, partiyalar, jamoa 
birlashmalari va harakatlar. 
Bilvosita qatnashuvchilar: yirik ijtimoiy guruhlar va uyushmalar, turli 
maqsaddagi guruhlar. Buni quyidagi jadvaldan tushunish mumkin: 
Harakatlantiruvchi kuch 
Hokimiyat motivlari 
Siyosiy vositalar va metodlar imtiyozlarni ishlatgan holda jamiyatning 
faoliyatiga siyosiy ta’sir etish va boshqarishda subyektning ongli burchlari va 
ehtiyojlaridan iborat. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin