39
uchun ulkan salohiyat mavjud. Jamiyatimiz siyosiy madaniyatining shakllanishida
mamlakatimizning milliy istiqlol g’oyasi bugungi kunda muhim o’rin
egallamoqda.
Ma’lumki, istiqlolimiz sharofati bilan shakl-lanayotgan mamlakatimizning
milliy istiqlol g’oyasi har bir insonga erkin fikrlash, o’z baxt-saodati, farovon
kelajagi uchun erkin ijtimoiy faoliyat qilish imkoniyatlarini ochib bermoqda.
Prezidentimizning bevosita sa’y-harakatlari bilan o’zining nazariy asosini topgan
O’zbekiston jamiyatining g’oyasi xalqimizning manfaatlarini to’liq ravishda o’zida
mujassamlashtirgan hayotiy manbadir.
"Milliy siyosiy madaniyat, o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash
tuyg’ularini, xalqimiz-ning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzula-rini,
jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maq-sad va vazifalarni qamrab oladi.
Jamiyatimizning milliy siyosiy madaniyati o’zining mana shu xislatlari bilan
odamlarimiz siyosiy madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida asosiy ma’naviy
oziq bo’lib xizmat qiladi. Chunki siyosiy madaniyat ayni paytda aniq maslak
asosida, inson o’zi tayanib yashaydigan qadriyatlar asosida shakllanadi.
Siyosiy jamiyatning siyosiy hayoti, siyosiy tizim tuzulishi, turli ijtimoiy
kuchlar va guruxlarning o’rni va roli to’g’risidagi g’oyalar, uning hokimiyatga ega
bo’lishi, undan foydalanish yo’llari, mexanizmlari to’g’risidagi qarashlarni amalga
oshirishga bo’lgan ishonch, maqsadlar yo’lidagi faoliyatdir.
Dostları ilə paylaş: