40
XX asr boshlaridayoq M.Veber mafkurani va boshqa g’oyaviy, diniy
tuzilmalarni ko’r-ko’rona ishonish sohasiga kiritgan edi. Bu bilan u mafkuraning
ilmiyligi masalasini qo’yishni ham inkor etadi.
Shu sohaning taniqdi mutaxassisi K. Mangeym, M.
Veberdan keyin har
qanday mafkurani voqyelikning neadekvat (noto’g’ri), bir tomonlama aks etishi
sifatida, voqyealarning haqiqiy ahvolini ongli ravishda yashiradigan g’oyalar
yig’indisi sifatida olib qaraydi. Mafkuraning ijtimoiy-tarixiy manbalarini chetga
surib qo’yib, uni jamoani birlashtiruvchi qurol sifatida (O.Lemberg, T.Parsons)
haddan tashqari funksional talqin qilishlar ham keng tarqalgan.
Mafkurani ayrim guruhlar va individlarning psixologiyasidan (R.Payps,
D.Braun) iborat qilib ko’rsatish hollari ham kam emas. Shu bilan birga mafkurani
xalqning, millatning dunyodagi o’rnini, man-faatlarini, orzu-intilishlarini
ifodalaydigan g’oya, o’tmish va kelajakni bog’laydigan ko’prik sifatida
ta’riflashlar ham mavjud.
Siyosiy mafkura — u yoki bu ijtimoiy guruhniig maqsadlari, orzu-intilishlari
va manfaatlarini ifodalovchi va himoya qiluvchi hokimiyatdan foydalanishning
muayyan vazifalariga yo’naltirilgan tizimlashgan g’oyalar, qarashlar yig’indisidir.
Siyosiy mafkura — bu muayyan ijtimoiy guruhning hokimiyatga
intilishini yoki
undan foydalanishini asoslovchi va siyosiy harakatning u yoki bu strategiyasini
ko’zda tutuvchi g’oyaviy tizimdir.
Siyosiy mafkura ijtimoiy hayotda muayyan funksiyalarni bajaradi. Ulardan
quyidagilarni ajratish mumkin:
1)Mo’ljallash. Bu funksiya shunda ifodalanadi-ki, mafkura jamiyat, ijtimoiy
ravnaq, shaxs, hokimiyat haqidagi fundamental tasavvurlarni o’ziga qamrab olib,
u inson faoliyatining ma’no-mazmuni tizimini va mo’ljalini ko’rsatib beradi.
2)Safarbar etish. Fozil jamiyat idealini taklif qila turib siyosiy mafkura siyosiy
faoliyatning bevosita motivi sifatida chiqadi va uni amalga oshirish uchun
jamiyatni, ijtimoiy guruhlarni safarbar qiladi.
3)Birlashtirish.
Taklif
etilayotgan
dunyoning
fundamental
kartinasi
chegarasida siyosiy harakatga ma’no-mazmun
bera turib, siyosiy mafkura unga
41
shunday ahamiyat beradiki, u o’zining miqyosi bilan har qanday individual yoki
guruhiy manfaatdan ustun turadi. Siyosiy mafkura birlashtiruvchi omil bo’lib
yuzaga chiqadi.
4)Amortizasiyalash. Siyosiy mafkura jamiyat, guruhlar, individ ehtiyojlari va
ularni qondirishning real imkoniyatlari o’rtasida
nomuvofiklik vujudga kelgan
vaziyatdagi ijtimoiy keskinlikni yumshatishga xizmat qiladi.
5)Muayyan ijtimoiy guruh manfaatlariki ifoda
etish
va himoyalash. Buning
ma’nosi shuki, siyosiy mafkura u yoki bu ijtimoiy guruh manfaatlari asosida
vujudga keladi va ularni boshqa guruh
u
lar man-faatlari bilan o’zaro munosabatda
sog’lom raqobat murosa yoki kelishuv, ayrim xollarda ixtilofda bo’lishi mumkin.
Mafkuraning funksiyasi - aholining ommaviy siyosiy onggini egallash, unga
jamiyatning bugungi va kelgusidagi taraqqiyotini baholash, o’zining mezonlarini
joriy qilish, siyosiy makonda kishilar mo’ljal qiladigan
maqsad va vazifalarni
belgilashdir. Mafkura amalga oshirmoqchi bo’lgan yo’lning oqilona va xolisona
obrazini yaratishga, uning u yoki bu sinf, millat, davlat manfaatiga mos kelishiga
intiladi. Bu borada mafkura u yoki bu ideallar va qadriyatlarni targ’ibot qilish
bilan chegaralanib qolmay, balki fuqarolar, partiyalar va boshqa siyosiy
tuzilmalarning maqsadga muvofiq faoliyatini rag’batlantirish bilan ham
shug’ullanadi.
Mafkura o’zining siyosiy funksiyalarini bajarishi
bilan jamiyat yo qandaydir
ijtimoiy guruh manfaatlari asosida, yoki aholining muayyan ijtimoiy-iqtisodiy
guruhlariga tayanmaydigan ongli ravishda ishlab chiqilgan maqsadlari negizida
jipslashtirish, birlashtirishga intiladi. Aholini real birlashtirish qobiliyati
mafkuraning g’oyasi va qoidalari kishilarning turmush tarzi haqidagi kundalik
qarashlari va tasavvurlariga, maqsadlariga qanchalik mos kelishga bog’liqdir.
Har qanday mafkura oqilona, nazariy asoslangan qoidalardan tashqari aholiga
faqat ishonish uchun taklif qilinadigan maqsad va ideallarni ham qamrab oladi.
Siyosiy mafkuraning amal qilish darajalari bir xil emas. U nazariy-konseptual,
dasturiy-direktivalik va xulq-atvorlik darajalarida amal qiladi. Nazariy-konsentual
darajada
u yoki bu sinf, ijtimoiy qatlam, millat, davlatning manfaatlari va
42
ideallarini ochib beruvchi asosiy qoidalar qaror toptiriladi; dasturiy-direktivalik
darajada ijtimoiy — falsafiy prinsiplari va ideallar siyosiy elitaning aniq dasturlari,
shoirlari va talablariga aylantiriladi va boshqaruv qarorlarini qabul qilish,
ommaning siyosiy xulq-atvorini rag’batlantirish uchun g’oyaviy asos bo’lib xizmat
qiladi. Mafkura amal qilishning ushbu darajasi «siyosatning yaratuvchi elementi»
deb ham talqin etiladi.
Xulq-atvorlik darajada mazkur mafkura maqsadlari va prinsiplari fuqarolar
tomonidan o’zlashtiriladi hamda ularning jamiyat
siyosiy hayotida ishtirok
etishining u yoki bu shakllarida o’z ifodasini topadi. Bu darajada mafkura
kishilarning xatti-harakatiga aylanib ularni jipslashtiradi, birlashtiradi, muayyan
yo’lga yo’naltiradi, safarbar etadi. Sayosiy mafkuralarning siyosiy mafkura
zamon va ko’rinishlarni makondan tashqarida bo’lgan hodisa emas. U muayyan
tarixiy sharoit bilan bog’liq aniq ijtimoiy mazmunga ega.
Har bir tarixiy davr o’ziga xos va o’ziga mos
mafkuraviy oqimlarni ilgari
suradi. Bundan xozirgi zamon ham mustasno emas. U ham ko’plab mafkuraviy
oqimlarni ilgari suradi. Hozirgi zamonning eng yirik mafkuraviy oqimlari:
liberalizm, konservatizm, sosial-demokratiya va boshqalardir.
Hozirgi davrda eng yirik va ko’p tarqalgan mafkuraviy oqimlardan biri —
Dostları ilə paylaş: