1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети


 Avtoritar yo’nalishdagi muloqot



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish

 
1. Avtoritar yo’nalishdagi muloqot. 
Bu jarayonda liderning roli, mohiyati 
nihoyatda kuchaytirilgan bo’ladi. Hamma muammolarni u o’zi yakka yechishga 
harakat qiladi. Boshqalar fikri uni qiziqtirmaydi. U juda talabchan, bu esa 
hamkasblarning mustaqilligi va ijodiy yondashuviga xalal beradi. Avtoritar ta’sir 
natijasida lider ishchini doim qo’rqitadi,unga nisbatan dag’al munosabatda bo’ladi. 
Bu tipdagi lider hech qachon tushuntirish va ishontirish vositalaridan 
foydalanmaydi. 
 
2. Liberal ta’sir uslublari. 
Bu tipdagi lider hamkasblarning ishi bilan 
qiziqmaydi. Ishchilar qanday hohlasa shunday ishlaydi. Tashkilotchi - liberal 


58 
ishchilarning ma’suliyatini susaytiradi hamda ish tartibini bo’shatib yuboradi, 
natijada mahsulot sifati va samarasi zarar ko’radi. 
3. Demokratik muloqot.
Bu jarayonda tashkilotchi asosiy muammolarni 
yechishda hamkasblarni bor kuchi, aqli, idroki va irodasini ishga soladi. U qaror 
qabul qilishda ham boshqalar fikrini, maslahatini ishlatadi. Bu tipdagi boshqaruvda 
o’zaro hurmat -izzat, mustaqil fikrlash, maqsadga erishish uchun bir yoqadan 
yondoshish, bir - biriga yordam, tanqid va o’z - o’zini tanqid hukmron bo’ladi. 
Demokratik liderlik uslubi mustaqillik talablariga to’la javob bera oladi. U butun 
jamoaning ishlab chiqarishni boshqarishda keng ishtirok etishni ta’minlaydi. 
Bunda eng muhim qarorlar jamoaviy holatda qabul qilinadi. Jamoaviy muhokama 
qilish va muvofiqlashtirish shakllaridan, jamoaviy tekshiruv uslubidan keng 
foydalaniladi. Ish uslubida liderning o’z qo’l ostida ishlovchi xodimlar bilan o’zaro 
munosabati, insonlar bilan ishlash layoqati muhim rol o’ynaydi. Uning hurmati, 
obro’si, rahbarligining ta’sirchanligi ko’p jihatdan uning o’z xodimlari bilan 
qanday munosabatlarda bo’lishiga, o’zini qanday tutishiga, ko’rsatmalarni qanday 
formada berishiga bog’liq. 
 Siyosiy psixologiyada lider imiji. 
Lider haqidagi guruhiy, ommaviy tasavvur,fikr,obrazni boshqarish 
psixologiyada
imij
tushunchasiga shunday ta’rif beriladi. “ Biron bir konkret
shaxsga nisbatan jamoa , guruxning fikri, guruh va jamoa tomonidan bu shaxsning 
baholanishi, qadrlanishi ularning bu shaxsga bo’lgan munosabatlari shu shaxsning 
imijini kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Konkret inson haqidagi boshqa insonlar fikri 
asosida imij shakllanadi. Biron bir rahbar yoki oddiy inson haqidagi gurux va 
jamoaning shakllangan fikri uning imijini vujudga keltiradi. 
Shaxs imijiga uning bilimliligi, malaka, ko’nikmalari, ijtimoiy, siyosiy 
yo’nalganligi, ishbilarmonligi, insonparvarligi, mehnatsevarligi, haqiqatgo’yligi, 
prinsipialligi, pok vijdonligi kabi sifat xislatlari kuchli ta’sir etadi . Ota - ona, 
hokim, sud, prokuror, harbiy xizmatchi, milisiya xodimi, maktab direktori va 
boshqalar ham o’z imijiga ega.


59 
Psixologik qonuniyatlarga asosan firma, tashkilot, muassasaning imiji lider 
shaxsining imiji bilan bog’liq. Liderning imiji esa firma va tashkilotlarning imiji 
bilan chambarchas bog’langan. Lider imijini ilmiy, amaliy o’rganib, bu sifatni lider 
individualligida shakllantiradigan mutaxassis - imijmeykerni shakllantiradi. 
Psixologik qonuniyatlarga ko’ra lider haqidagi ijobiy sifat, xislat, bilim, malakalar 
ishchi - xodim, jamoa va guruh ongida ijobiy ta’sir o’tkazadi. Ijobiy ta’sir kuchli 
emosianal holatda o’tadi. Ijobiy emosiyalar qoniqish va ishonch his - tuyg’usi bilan 
sug’orilib, jamoani liderga nisbatan hatti - harakati, munosabatini vujudga keltirib, 
liderga, rahbarga yaqinlashishiga sabab bo’ladi. Agarda jamoa liderning faoliyati, 
harakati, bilimlari, malakalaridan salbiy emosianal holatga tushsa, bu paytda u
liderdan o’zini olib qochishga, undan uzoqlashishga harakat etadi. Bu psixologik 
qonuniyatlar asosida guruh, jamoaning liderga nisbatan ustanovkasi shakllanadi. 
Ularning ustanovkalari asosida sizga nisbatan bo’ladigan munosabati va fikri 
vujudga keladi. Kerakli ustanovkani xodimlarga, jamoaga rahbar berishi maqsadga 
muvofiqdir. Jamoa esa ustanovka zamirida lider haqida fikr yuritib u bilan 
muayyan munosabatda bo’ladi. 
Bu maqsadni hayotga tatbiq etish uchun hozirgi zamon lideriga psixologik
mutaxassis, imijmeyker lozimligini hayot tamoyili taqazo etadi. Imijmeyker 
liderning mijozini muayan, ilmiy asoslangan testlar asosida obyektiv holatda 
aniqlab beradi, undagi ekstrovertlik (ichidagini tashqariga chiqara olish qobiliyati), 
introvertlikni (ichidagini tashqariga chiqara olmaslik qobiliyati), undagi verbal 
(nutqiy) iqtidorlik koefsentini rivojlanganligi darajasini, frustasion xolatlarda 
uning reaksiyasini, xarakteriologik sifatlari, irodaviy xislatlarini aniqlaydi va 
kerakli ko’rsatmalar beradi. Mutaxassis liderning ongsiz xolatda bo’lib o’tadigan 
jarayonlarini va uning odatlari, malaka, ko’nikmalarini ham psixologik jihatdan har 
tomonlama tahlil etib kerakli xulosalar chiqaradi.
Mustaqillik sharofati tufayli jamiyatimizda yangi tipdagi muomala tamoyili 
- demokratik munosabatlar barqaror bo’ldi va har bir inson haqidagi boshqa 
insonning obyektiv, mustaqil fikr yurita olishiga imkon yaratildi, mustaqil fikr 


60 
yuritadigan odamlarning taqibiga chek qo’yildi. Bu jamiyatimizning qadriyatini 
rivoj topishidan darak beradi.
Tadqiqotlarga ko’ra bizlar o’zimizning xatti- harakatlarimizning 80% ni 
ongsiz holatda bajaramiz. Masalan: velosiped, mashinani haydagan, telefon qilgan 
paytlarida. Velosiped haydashda muvozanatni saqlash, diqqatni bo’linishi va 
barqarorligi, mashina haydayotganda, qo’l, oyoqlar xarakatining avtomatlashib 
malakaga aylanganligi va hokazolar. Insonning bu holati “avtopilot” ishiga 
o’xshaydi. Bu jarayonda ong dam oladi, yo boshqa muammolar bilan band bo’ladi. 
Shuning uchun ayrim vaqtlarda ongdan tashqari xolatlarda qaror qabul etamiz va 
uni bajaramiz. Bu holatdagi biologik instinktiv faktor sifatida “xavfsirash 
xususiyoti va himoyalanish xususiyati” ishga kirishadi. 
Liderning umumiy imiji, uning kichik imijlari negizida o’sadi. Ularni 
quyigicha tasniflash mumkin: 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin