1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish

 
 
 
 
 
 
 


62 
 
 
 
 
XULOSA VA TAKLIFLAR. 
Yaqin-yaqinlargacha juda ko’plab olimlar siyosiy psixologiyaning mustaqil 
fan bo’lishiga shubha bilan qarashgan, siyosiy muammolarni tahlil qilishda
psixologiyani “kutilmagan, yoqimsiz” fenomen sifatida qabul qilishgan. 
Psixologlar esa yangi fanning predmetini aniqlashda juda ko’p qiyinchiliklarga 
duch kelishgan. 
Siyosiy psixologiyaning predmetini aniqlash borasidagi bahs-munozaradagi 
muhim xususiyatlar quyidagilardan iborat. 
Birinchidan,
siyosiy jarayonning psixologik tarkibiy qismini nima tashkil 
etishi kerak? 
Ikkinchidan,
siyosiy xulq-atvor, siyosiy tafakkur, siyosiy madaniyatni 
o’rganadigan mutaxassislar tadqiqot vositasi sifatida siyosiy va psixologik 
statistika va sosiologik metodologiyadan foydalanishgan, siyosiy psixologik 
maxsus metodologik asosga ega bo’lmagan. 
Uchinchidan,
siyosiy – psixologik muammo nafaqat bu fanning ichida, 
balki etnografiya, o’lkashunoslik, iqtisod, tarix, sosiologiya va boshqa fanlarga 
aloqador ishlarda ham rivojlana boshladi. So’nggi yillarda fanlararo oraliqdagi 
muammolarga bag’ishlangan ko’plab nashrlar paydo bo’ladi. Ularda shaxsning 
siyosatda rivojlanish qonuniyatlari, siyosiy madaniyatning mamlakat taqdiriga 
ta’siri, shakllangan tarixiy mentalitet (aql-idrok)ning millat taraqqiyotiga ta’siri 
muammolari aks ettirilgan. 
Har qanday fan kabi siyosiy psixologiyaning ham ilmiy tushunchalari 
mavjud. Tadqiqotlar tarmoqlararo tabiatga ega bo’lganligi sababli unda falsafa, 
antropologiya, sosiologiya, psixologiya va siyosatshunoslikka oid tushunchalardan 
foydalaniladi. 
Siyosiy falsafa shaxs va davlatning munosabati fuqaroning siyosatga 
bo’ysunishi muammosini o’rganishidagi nazariy tushunchalari bilan siyosiy 
psixologiyaning rivojlanishiga hissa qo’shgan. 
Siyosatshunoslik mazkur soxani siyosiy tizim, siyosiy ishtirok, mojaro, 
plyuralizm, demokratiya, gegemoniya kabi tushunchalar bilan ta’minladi. 


63 
Sosiologiya va ijtimoiy psixologiya siyosiy psixologiyaga metodik usullar, 
tadqiqot metodologiyasini berdi. Rollar, me’yorlar, qadriyat, qiziqish, yetakchilik, 
konformlilik, ijtimoiylashuv, siyosiy ijtimoiylashuv, kabi tushunchalar siyosiy 
psixologiyada ham muhim ahamiyatga ega. 
Ijtimoiylashuv - (sosializasiya) individning ajdodlar tajribasini o’zlashtirish 
orqali jamiyatga qo’shilish jarayoni. 
Resosializasiya – shaxsning bolalikda, o’smirlikda o’rgangan xususiyatlarini 
qayta o’zlashtirishi. 
Siyosiy ijtimoiylashuv qonunlarni o’zlashtirish, ijtimoiy ko’nikmalarni asta-
sekin o’zlashtirib borish, o’z huquqlarini anglash, insonlar va turli ijtimoiy 
institutlar o’rtasidagi munosabatlarni tushuntirishdan iborat jarayondir. 
Ijtimoiylashuvning siyosiy omillari-davlat tizimi tipi va tabiatini ifodalovchi 
sabablar, siyosiy tartib, institutlar, partiyalar va tuzilmalar tizimi. 
Siyosiy psixologiya uchun bevosita psixologiya fani tomonidan olingan 
tadqiqot natijalari ham muhim ahamiyatga egadir: jumladan shaxs psixologiyasi – 
xulq-atvor motivasiyasi, fikrlash uslubi, qaror qabul qilish uslubi, shaxslararo 
munosabatlar uslubi kabi tushunchalar bilan siyosiy psixologiyani boyitdi. 
O’z navbatida siyosiy psixologiya sosiologiya bilan uzviy bog’liq. Siyosiy 
sosiologiya siyosatning ijtimoiy asoslari, ommaviy ong xususiyati, jamiyatdagi 
qadryatlari, axolining siyosiy axamiyatga ega obyektlarga munosabatiga ta’sir 
etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, ijtimoiy-kasbiy omillarni o’rganadi. 
Yuqoridagi fikr mulohazalarga asoslanib siyosiy psixologiyani ilmiy-amaliy 
integrativ tarmoq deb atash mumkin. 
K.K.Platonov psixologiya tarmoqlarini ajratishning uchta mezonini ko’rsatib 
o’tgan: bular olingan xulosalarning ijtimoiy ahamiyati, o’rganilayotgan psixologik 
hodisalarning namoyon bo’lish sharti va xususiyatlarning maxsusligi, to’plangan 
ma’lumotlarning yetarli ekanligi. K.K. Platonov siyosiy psixologiyani ijtimoiy 
psixologiyaning tarkibiy qismi deb qaraydi. O’z navbatida uning mustaqil fan 
bo’lishi nisbiy tabiatga ega. Insonning siyosatga munosabati muammosini shaxs 
psixologiyasining liderlik, motivasiya, “men” - konsepsiyasi, siyosatchining 


64 
professionalizmi kabi tushunchalarsiz izohlab bo’lmaydi. Agar siyosiy 
psixologiyani ijtimoiy psixologiyaning bir tarmog’i deb qaralsa, u holda siyosiy 
jarayonlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari uning predmetini tashkil etadi. 
Eng keng tarqalgan fikrlarga ko’ra, siyosiy psixologiya inson siyosiy xulq 
atvorining psixologik tomonlarini o’rganadi. Mashhur amerikalik olim 
M.Doychning fikricha, siyosiy psixologiyaning maydoni siyosiy va psixologik 
jarayonlarning o’zaro ta’sirini o’rganishdir. Ko’pgina olimlar o’zaro ta’sirning ikki 
jihatini ochishni taklif etishdi: shaxs va guruh psixologik xususiyatlarining siyosiy 
munosabatlarga ta’siri, siyosatning fuqaro psixologik sifatlarining shakllanishiga 
ta’siri. 
A.I.Donsovning fikricha, siyosiy psixologiya-“Ijtimoiy subyektlarining 
siyosiy faolligi” haqidagi, A.P.Nazaretyan fikricha esa siyosiy faollik 
motivasiyasini o’rganuvchi fandir. A.I.Yuryev siyosiy psixologiyaning obyektiga 
faqat siyosat sohasida namoyon bo’ladigan psixologik xususiyatlarga ega bo’lgan 
“Hukmronlik qiluvchi odamlar”ni kiritadi. “Siyosatdagi odam”-nafaqat siyosiy 
psixologiyaning balki boshqa oraliq sohalarining ham o’rganish obyektidir. 
Baxs-munozara nafaqat siyosiy psixologiyaning predmeti va obyekti 
xususida, balki uning nomlanishi xususida ham mavjuddir. Ba’zi omillar va 
amaliyotchilar “siyosiy psixologiya” bilan “siyosat psixologiyasi”ni sinonim deb 
hisoblashadi. D.V.Olshanskiy bu ikki tushunchani tahlil qilib, siyosiy psixika 
mavjud emas ekan, siyosiy psixologiya uni psixologiyalashtirishga olib boradi. 
“Siyosat psixologiyasi” esa mazkur tarmoq predmetini ochib berish uchun zarur 
tushuncha deb ta’kidlaydi. 
Shunday qilib, siyosiy psixologiya o’zining predmetiga, obyektiga ega 
bo’lgan psixologiya fanining tarmog’idir. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin