1-мавзу: Сиёсий психологиянинг предмети



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/28
tarix17.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#144629
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
siyosiy psixologiyani oqitish orqali talabalar dunyoqarashini ostirish

Siyosat shaxsiga xos kasbiy va individual xususiyatlar 
Siyosatchining professionalligi uning natijasi, siyosiy jarayonlarda 
ko’rinadigan professional madaniyati darajasini ifodalaydi va u siyosat 
subyektining taribiy qismini ifodalaydi. Bu jarayonni axborot ta’minotini L. S. 
Vigotskiy taklif qilgan zonalar qoshidagi nazariya doirasida amalga oshirish 
maqsadga muvofiq bo’lar edi. Siyosiy faoliyatning texnologiyasi, vazifalari va 
butun kerakli axborot 4 zonaga bo’linadi. 
Birinchi zonaga (o’zlashtirilgan bilimlar) siyosatchi ega bo’lgan yoki 
mustaqil ravishda o’zlashtira oladigan axborot oqimi kiritiladi. Ikkinchi zonaga 
esa, shaxsiy professional rivojlinish jarayonida boshqalar bilan birga harakat 
qilishni talab qiladigan vazifalar kiritilgan. Uchinchi zonaga, siyosiy faoliyatning 
real amaliyot bilan olib borilishi kiritilgan. To’rtinchi zonaga esa,(potensial 
rivojlanish) siyosatchi faoliyatini tashkil qilgan informasion faoliyat kiritilgan 
bo’lib, u bajarish jarayonida o’zlashtirilishi mumkin. Shaxsiy professional 
rivojlanish siyosatchini siyosiy faoliyatning subyekti sifatidagi o’zini namoyon 
qilishiga asos bo’ladi. Masalaning murakkabligi shundaki, unga qanday qilib har 
tomonlama va obyektiv baho berish mumkin. 
Buni amalga oshirish uchun mezonlar va ko’rsatkichlarni to’g’ri tanlanishi 
kerak. Mezon shunday belgiki, uning asosida baholash amalga oshiriladi, biror 
narsa aniqlanadi yoki sinflarga bo’linadi. Mezon obyektning rivojlanishdagi 
o’zgarishlarni ifodalaydi va bilan chegarani belgilaydi. Mezon borliqning aks 
ettirishning obektiv usulidir. Uning shakllanishi o’rganilayotgan predmetni tahlil 
qilish natijalari asosida sodir bo’ladi.


52 
Birinchi murakkablik shundaki, predmetni ichki tarkibi bilan birgalikda 
bizning oldimizda tasodifiy elementlar, munosabatlar paydo bo’ladi. Ikkinchi 
murakkablik esa predmetning tadqiq qilinayotgan shakli uning haqiqiy tarkibini 
ifodalamasligidadir. 
Siyosatchining professional faoliyati haqidagi billmlar uning siyosat 
subyekti sifatidagi majburiyat va vazifalarini amalga oshirish jarayonidagi 
maqsadga yo’naltirilgan faolligi haqida xabardor bo’lishlikni ta’minlaydi. 
O’rtaga tashlanayotgan maqsad va vazifalarni uning shaxsiy pozisiyasi va 
sifatlari bilan mos kelishi uning mansab vazifalarini amalga oshirishdagi 
mahsuldorligiga kafolat beradi. Shuni yodda tutish, muvafaqqiyatli faoliyat uchun 
yetarli shakllangan professional bilim, mahorat, psixologik sifatlar, shaxsiy 
pozisiyalar va akmeologik invariantlar lozim bo’ladi. 
Siyosatchining psixologik xususiyatlari uning ruhiyatidagi barcha tarkibiy
qismi ruhiy jarayonlar, xususiyatlar, o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma malakalar
holatlarning shakllanganligini ifodalaydi. 
Siyosatchining psixologik xususiyatlari (sifatlari) shaxsning umumiy 
psixologik xususiyatlari yig’indisidan iborat bo’lib ular: fikr yuritishning tahliliy- 
konstruktivligi; 
Hissiy barqarorligi; stressga chidamli va siyosiy jarayonlardagi ekstremal 
(favqulodda) holatlar va omillarga moslashuvchanligi; empativlik va refleksiya 
qobiliyat; umumiy psixofizik faolligi va boshqalardir. Siyosiy kasblarga aniq 
differensiya shuningdek tor spesifik tabiatdagi talablarni qo’yildi.Ular shaxsga xos 
va umumiy sifatlar bilan birgalikda maxsus sifatlarning ham shakllanishini taqozo 
etadi hamda bu sifatlar siyosat subyektining boshqaruv, kommunikativ, tashkiliy 
va boshqa vazifa va majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarishiga imkon yaratadi. 
Psixologik sifatlar siyosat subyektiga o’ziga xos uslubga ega bo’lish va 
bilim, mahorat, siyosiy jarayonlarda ko’zda tutilgan maqsadlar va vazifalarga 
erishishga xizmat qiladigan irodaviy sifatlarga ega bo’lishga imkon beradi. 
Siyosatchi uchun empativlik, ishontira olish san’ati, muomala va ochiq qayta 


53 
axborot ayirboshlashni amalga oshira olish, obro’ga ega bo’lish, mansab 
mavqeyiga mos bo’lishi katta ahamiyatga ega.
Bu yerda byurokratizm, chiqisha olmaslik, tazyiq o’tkazish, mizantropiya, 
negativ (salbiy) holatlar va stereotiplarga qarshi tura olmaslikga yo’l qo’yib 
bo’lmaydi. 
Insonni mas’uliyatli vazifaga tayyorlash muammosi fan uchun ikkinchi 
darajali emas. Shuni ta’kidlash kerakki, ta’lim muassasalarining asosiy maqsadi
kishini hayotga va tanlagan sohasi bo’yicha mexnatga tayyorlashdan iborat. Biroq
ta’lim muassasalaridan so’ng o’z-o’zini takomillashtirish maqsadidagi harakatlar 
subyektning mustaqil kasbiy shakllanishida o’ziga xos maktab bo’ldi. 
Ko’plab tadqiqotchilarning adolatli ravishda ta’kidlashlaricha, siyosatchi 
shaxsning kasbiy shakllanishi va o’zini namoyon qilish muammosi fanda yaqindan 
o’rganila boshlandi va siyosiy psixologiyada esa ilk marotaba ilgari surilmoqda. 
Zamonaviy siyosatchilarning shaxsiy-professional (kasbiy) rivojlanishi va 
o’zini namoyon qilishining tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, siyosiy sohadagi 
professionalizm muammosi mazkur muammo bilan shug’ullanayotgan fanlarning 
tadqiqot predmetlari sifatida o’rganilmayapti. Unga bo’lgan umumiy qarashlar 
faylasuflar tomonidan ko’rib chiqilmoqda. Bu muammoning alohida tomonlari esa 
psixologiya va akmeologiya tomonidan tahlil qilinmoqda. 
Psixologiyada professionalizm yoki kasbiy yetuklikning shakllanishida 
alohida shartlari sifatida iste’dod, umumiy va maxsus qobiliyatlar, irsiy omillar, 
tarbiyalanish sharoitlari (oila, maktab), kasbga tayinlangan uquv yurtlarida ta’lim 
olganligi, real muhit, siyosiy faoliyatga qo’yilgan talablar va boshqalar 
ko’rsatiladi. 
Bulardan eng kerakli va asosiysi mahsuldor siyosiy faoliyatni ta’minlashdagi 
doimiy hususiyatlar xisoblanadi. 
Siyosatchining o’zini to’la faollik, yuksak va samaradorlik bilan namoyon 
qilishida asosiy ta’sirga ega bo’lgan sifatlar yetarli shartlar hisoblanadi. 
Birinchi navbatda kerakli shartlarni ta’minlash haqida gapirish kerak 
bo’ladi. Siyosiy psixologiya bulardan eng ahamiyatlisi sifatida siyosatchining 


54 
jamiyatdagi o’rni, o’tmishi va uning faoliyati hususiyatlari, uning yuqori 
darajadagi kasbiy tayyorgarligiga etibor berish kerakligini ta’kidlaydi. Rasmiy 
ravishda bu ma’lumotlarni talab qilish va o’z ishining mahoratni ustasi bo’lgan 
iqtidorli siyosatchilarni shakllanishiga turtki bo’ladigan muhit shakllanishi qonun 
va normativ xujjatlar bilan mustaxkamlanishi kerak. 
Har bir siyosatchi o’zining imijini yaratishi va bu imij orqali halqda o’ziga 
nisbatan yaxshi taassurotlarni shakllantirishi kerak. Bu amaliyot g’arb o’lkalarida 
yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, ko’plab siyosatchilar kasbiy imijmeykerlar (imij 
yaratish bo’yicha ekspert) xizmatidan foydalanadilar. 
Psixologik tadqiqotlarda imijning bir qator ahamiyatli xarakteristikalari 
aniqlngandir. Masalan imij progmatik bo’lib, u aniq bir maqsad asosida
shakllantirilishi kerak. U real bo’lishi kerak ya’ni insonlar qabul qila oladigan 
darajada bo’lishi maqsadga muvofiqdir. 
Samarador siyosiy imijni shakllantirish –uzoq vaqt talab qiladigan va oddiy 
bo’lmagan, ko’plab omillarga bog’liq bo’lgan jarayondir. Biroq xar qanday imij 
bir necha umumiy talablarga javob berishi kerak. Ular: 
a) siyosiy imijda yetakchi shaxsning o’ziga xosliklari namoyon bo’lishi 
kerak. 
Bu asosan shaxsni baholashda ko’rinishi kerak. 
b) siyosiy imijda “Ota belgilari” (halqning otasi sifatida) bo’lishi kerak. 
v)imijning stereotip ko’p planliligi. Imijning murakkab bo’lmasligi kerak, 
uning kuchi –stereotiplikdadir. 
g) ochiqlik. Ochiqlik saylovchilarning lider bilan samarador muloqoti
sifatida qabul qilinadi. 
d) samarali muloqot. Imij ko’p minglab siyosiy so’zlashuvlar jarayonida 
shakllanadi. 
ye) atrofdagilar. “Qimolni atrofidagi mulozimlari shakllantiradi” ajoyib 
iborasi mavjud. Bu ibora saylov davri davrida samarador imijni shakllantirish 
holatida to’laligicha uyg’undir. 
i) rasional innovasiya, noodatiy qarorlar qabul qilish. 


55 
Siyosatchining shaxsiy qirralari haqidagi yaxshi tasavvurlar saylovchilarga 
siyosatchining kelgusidagi faoliyatini taxmin qilib fikr yuritishga imkon beradi. 
Ayni vaqtda siyosatchilarda ham barcha insonlarda bo’lgani kabi o’ziga xos 
kamchiliklar mavjud, imij esa ushbu kamchiliklarni yashirishga xizmat qilib, 
saylovchilar e’tiborini siyosatchining kuchli tomonlariga va yutuqlariga qaratadi.
Eng asosiysi esa imij orqali shaxsning hususiyatlarini halqqa tanitishidir. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin